Kontent qismiga oʻtish

Poltava

Koordinatalari: 49°35′22″N 34°33′5″E / 49.58944°N 34.55139°E / 49.58944; 34.55139
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Poltava
49°35′22″N 34°33′5″E / 49.58944°N 34.55139°E / 49.58944; 34.55139
Mamlakat Ukraina
Poltava xaritada

PoltavaUkrainaning Poltava viloyatidagi shahar. Viloyat markazi. Vorskla daryosi (Dneprning chap irmogʻi) boʻyida. Temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 287 ming kishi (2024). Poltova Ukrainaning yirik sanoat markazlaridan biri. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatlari (avtoagregat, kimyo sanoati uchun mashinalar, gazchiroq lampalari, turbomexanika ishlab chiqariladi), shahar yalpi sanoat mahsulotining 41,2%ni beradi. Sunʼiy olmos va olmos asboblari, tibbiy shisha, chinni va boshqa zavodlar bor. Yengil (ip-yigi-ruv, koʻnchilik, tikuvchilik, trikotaj, poyabzal va boshqa korxonalar), oziq-ovqat (goʻsht, yogʻmoy kombinatlari) va qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Yogochsozlik, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Oynashisha va badiiy buyumlar ishlab chiqariladi, musiqa asboblari fabikasi mavjud. 5 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, 6 muzey (shu jumladan, muzey-qoʻriqxona, "Poltava jangi maydoni", badiiy muzey, V. G. Korolenkoning adabiy-memorial muzeyi, ukrain yozuvchisi I. P. Kotlyarevskiy muzeyi) bor. Shahar qadimgi solnomalarda, 1174-yildan, "Ltava" nomi bilan maʼlum (1430-yilgacha shu nomda). 1569-yildan Polsha, 1654-yildan Rossiya davlati tarkibida. Poltovada tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan: Krestovozdvijensk monastiri sobori (17—18-asrlar), markazdagi klassitsizm uslubida qurilgan ansambl (19-asrdan boshlab), Poltava jangiga bagishlangan monumentlar (19—20-asrlar boshlari) saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil