Kontent qismiga oʻtish

Qorakoʻl (shahar)

Koordinatalari: 40°16′16″N 63°01′16″E / 40.27111°N 63.02111°E / 40.27111; 63.02111
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorakoʻl
shahar
40°16′16″N 63°01′16″E / 40.27111°N 63.02111°E / 40.27111; 63.02111
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Buxoro viloyati
tuman Qorakoʻl tumani
Aholisi
 (2005)
20 900
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qorakoʻl xaritada
Qorakoʻl
Qorakoʻl

Qorakoʻl — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi shahar (1980-yildan), tuman markazi. Transport yoʻli stansiyasi. Qorakoʻldan viloyat markazigacha (Buxoro shahrigacha) 61 km. Aholisi 20,9 ming kishi (2005). Qorakoʻlda paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyati, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, neft bazasi bor. Kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, shuningdek, Qorakoʻlteks qoʻshma korxonasi ishlab turibdi.[1]

Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, gimnaziya, litsey, 2 kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, Xotira yodgorligi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, ambulatoriya, dorixonalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Shahar yonidan xalqaro yoʻnalishlarda temir yoʻl oʻtgan. Tuman markazi bilan qishloqlar oʻrtasida va Qorakoʻl — Buxoro oraligʻida avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.[1]

  1. 1,0 1,1 "Qorakoʻl (shahar)" OʻzME. Q-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil