Guliston
Guliston | |
---|---|
shahar | |
40°30′55.1″N 68°46′59.9″E / 40.515306°N 68.783306°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Sirdaryo viloyati | Sirdaryo viloyati |
Maydon | 36 km2 (14 kv mi) |
Aholisi | 92 700 (2 021-yil)[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 67 |
Pochta indeks(lar)i | 120100 |
Avtomobil kodi | 20 |
|
Guliston — Sirdaryo viloyatining markazi. Guliston shahri 1961-yil 5-avgustda tashkil etilgan. Maydoni 36,2 km.kv. Mahalla fuqarolar yig'inlari soni 24 ta. Aholisi 99 300 kishi (2023 y.). Milliy tarkibi asosan oʻzbeklar (77,5%), shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys, tojik, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1895 yilda qurilishi boshlangan Samarqand-Toshkent temir yo‘li yoqasida (hozirgi Guliston shahri o‘rnida) dastlabki uylar qad ko‘targan. Keyinchalik bu yerda 2 ta qo‘rg‘on – Duxovskiy (1895 yil) va Krivosheino (1897 yil) barpo etilgan. Mazkur qo‘rg‘onlar o‘zagida “Golodnaya step” posyolkasi vujudga kelib, 1922 yilda uning nomi “Mirzacho‘l” deb o‘zgartirilgan. 1952 yilda qo‘rg‘on shaharcha maqomini olib, 1961 yil 5 avgustda esa Guliston shahri deb atalgan.
Guliston atamasi forscha so‘z bo‘lib, “gullar makoni”, “obod o‘lka” kabi maʼnolarni anglatadi.
Shaharning qadimgi tarixi eramizning VII asriga borib taqaladi. Shu davrdan boshlab bu hudud “Ulkan soylik”, XVI asrdan eʼtiboran esa “Achchiqko‘l” nomi bilan maʼlum.
“Ulkan soylik” – Sirdaryoning qadimgi o‘zanida qad ko‘targan turkiy o‘g‘uz qabilasi sardori dafn etilgan ehrom bo‘lib, hozirgi Guliston shahrining Mirzo Ulug‘bek nomli mahallasi hududida joylashgan. “Achchiqko‘l” esa daryo o‘zanini o‘zgartirganda hosil bo‘lgan ko‘llardan biri.
Arxeologlar “Ulkan soylik” tepaligida qidiruv ishlarini olib borib, unga dafn etilgan turkiy o‘g‘uz qabilasi sardorining dubulg‘asi, egar-jabduq, qilich va kamon o‘qlarining paykonlarini topishgan (X-XII asrlarga mansub). Yodgorlikning diametri 90 metr, balandligi 12 metr.
Shuningdek, Guliston shahrida Chor Rossiyasi hukmronligi davriga mansub bir qator madaniy meros obyektlari (General Alekseyevskiyning sobiq mehmonxonasi, General Alekseyevskiyning sobiq yashash joyi, Maʼmuriy bino, General Chernyayevning sobiq uyi, General Alekseyevskiyning sobiq cherkovi va boshqalar) mavjud1.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yiliga oʻrtacha 295-300 mm yogʻin yogʻadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 2,5°, minimum temperatura — 35°, iyulning oʻrtacha temperaturasi — 28°, maksimum temperatura — 45°.
Ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar iqtisodiyoti ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashgan. 26 ta maktab, 96 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti, 2 ta oliy ta'lim muassasasi, 5 ta kutubxona, 89 ta sog‘liqni saqlash muassasasi, 4 ta masjid, 3 ta cherkov, musiqali drama teatri, muzey mavjud. Yirik sanoat korxonalar 9 ta, qo‘shma korxonalar 58 ta, kichik sanoat korxonalar 600 ta.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1"Sirdaryo kecha va bugun" risolasi. Pirimqul Do‘st Muhammad.
- ↑ „Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni ma'lum qilindi“ (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.