Etil spirti
Etil spirti (vino spirti, etanol), C2H5OH — bir atomli alifatik spirtlarning muhim vakili. Mol.m. 46,069. Rangsiz, oʻtkir taʼmli, spirtlarga xos hidli suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 114,5°, qaynash temperaturasi 78,39°, zichligi 789,27° kg/m3(20°da). Suv bilan cheksiz aralashadi va tarkibida 95,57% spirt, 4,43% suv boʻlgan azeotrop aralashma hosil qiladi. Absolyut sof spirt olishda 2 usuldan foydalaniladi. 1usulda suvli spirtga ozroq benzol qoʻshiladi va hosil boʻlgan aralashma fraksiyalab haydaladi. Bunda avval suv, spirt va benzol aralashmasi, keyin spirtning benzol bilan aralashmasi va nihoyat, oxirida sof spirt haydaladi. 2usulda 96% li spirtni kaltsiy (P)oksid yoki qizdirilgan mis (P)sulfat bilan isitiladi. Bunda suvning asosiy massasi chiqib ketadi, spirt tarkibida ushlanib qolgan 0,2— 0,3% suvni spirtga metall holdagi kaltsiy yoki magniy qoʻshib haydash yoʻli bilan ajratiladi.
Etil spirti sanoatda tarkibida qand (shakar) boʻlgan moddalardan enzimlar va achitqilar taʼsirida quyidagi reaksiya orqali olinadi:S6N1206>2S2N5ON+2S02Xom ashyo sifatida glyukoza yoki uzum sharbatidan foydalanilganda tarkibida 8 dan 16% gacha Etil spirti boʻlgan uzum vinosi hosil boʻladi. Koʻpincha polisaxaridlar (kraxmal yoki sellyuloza) xom ashyo sifatida qoʻllanadi. Etil spirtini umumiy formulasi (S6N10O5)pboʻlgan polisaxaridlardan ham olish mumkin. Bunda ular toʻla gidrolizga uchratilib glyukozaga, soʻngra spirtga aylantiriladi. Kraxmalli xom ashyolar sifatida boshokli oʻsimliklar — bugʻdoy, arpa, sholi, joʻxoridan, shuningdek, kartoshkadan foydalaniladi.
Etil spirti sanoatda bir necha yoʻllar bilan sintez qilinadi. Yogʻoch gidrolizatini achitish yoʻli bilan gidroliz spirt i olinadi. Uning tarkibida 2% gacha zaharli modda — metil spirti (metanol) boʻladi. Sulfat kislota ishtirokida etilenni gidratatsiya qilish reaksiyasidan ham Etil spirti olishda keng foydalaniladi.
Baʼzi mamlakatlarda Etil spirti atsetilendan olinadi. Bu usulda Kucherov reaksiyasi asosida atsetilen avval sirka aldegidga oʻtkaziladi, keyin uni gidrogenlab Etil spirtiga aylantiriladi. Mazkur reaksiya mis yoki palladiy katalizatori ishtirokida yuqori trada olib boriladi:ns=ns+n2o > sn3sno > sn3sn2onE.s. dunyoda eng koʻp sintez qilinadigan va qoʻllanadigan mahsulotlardan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarilgan Etil spirtining asosiy qismi divinil olishda, etil efir, xloroform, xloral, oʻta sof etilen, etilatsetat, murakkab efirlar va erituvchilar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Etil spirti tibbiyotda, farmatsevtikada, atirupa sanoatida, boʻyoqchiliqda, antiseptik vositalar tayyorlashda ishlatiladi. Etil spirti — muhim antifrizlardan biri. Undan oziq-ovqat sanoatida, turli spirtli ichimliklar va dorivor damlamalar tayyorlashda ham foydalaniladi.
E. narkotik modda. Uzoq vaqt isteʼmol qilinsa, nerv, meʼdaichak, yuraktomir sistemalari, jigar qattiq zararlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |