Kontent qismiga oʻtish

Forslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Forslar فارسی‌زبان‎
Umumiy aholi soni

67 million

Katta aholiga ega mintaqalar
 Eron 47,513,000-50,629,000 [1][2]
 Iroq 455 000 [1][2]
 Qatar 73 000 [1][2]
 Fransiya 3 000 [1][2]
 Quvayt 60 000 [1][2]
 Afgʻoniston 60 000 [1][2]
 Birlashgan Arab Amirliklari 238,250 [3]
 Bahrayn 48 000 [1][2]
 Isroil 40 000 [1][2]
 Turkiya 31 000 [1][2]
Tillar
Fors tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
Tojiklar, Tatlar, Farsivanlar,Iroqliklar
A.
Forslar.

Forslar (oʻzlarini eroniy deb atashadi) — Eronning tub xalqi. AQSH, Iroq, Afgʻoniston, GFR, Avstriya, Fransiya, Buyukbritaniya, MDH davlatlari va boshqa davlatlarda yashashadi. Umumiy soni 67-million kishi. Antropologik tarafidan evropoid irqining hind-oʻrtayerdengiz guruhiga kiradi. Fors tilida gaplashadi. Islom dinining shiyit tarmogʻiga mansubdir. Qadimgi Eron qabilalari Markaziy Osiyodan miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida janubi-gʻarbiy tomonlariga joylashgan. Ular Midiya davlatida, Axemen avlodi qurgan davlatda asosiy roʻl oʻynadi. 7-asrlardagi arab bosqinchiligidan keyіn forslar orasida islom dini keng etak yoya boshladi. Forslarning etnik tarixida arablardan soʻng turklar (11 — 12 asrlar, saljuqlar), turk-moʻgullar (13 −14 asrlar, Xulagʻu sulolasi) oʻz izlarini qoldirdi. 16-asrning boshlanishida forslar eronlik Sefevi sulolasiga tobe boʻlsa, 19 — asrning oʻrtalarida ularga qadjarlar oʻz hukmdorligini oʻrnatdi. 19-asrning oʻrtasida millat boʻlib shakllanishi nihoyasiga etdi. Forslar qadimdan dehqonchilik bilan shugʻullanishadi; bugʻdoy, tariq, guruch, pahta, arpa, choy, v.b. sholi oʻsimliklar ekai, qoʻy boqdi. Shaharlarida kulolchilik bilan savdo-sottiq rivojlandi. Fors ustalari toʻqigan gilamlari, keramik. idishlar, zargarlik buyumlar koʻp davlatlarda mashhur boʻldi. Uylari soz bolchiqdan, gʻishtdan qurilib, tomi qamish bilan bekitildi. Zadagon forslar hovlisiga hovuz (basseyn) qurdirdi. Milliy kiyimlari: erkaklari matodan tikilgen koʻylak, shim, qoʻy terіsіdan tіkіlgen kurtkacha, boshiga salla oʻraydi. Ayollarining asosiy kiyimi — koʻylak, kofta, dambal, butkul gavdasini yopib turadigan chadra boʻldi. Milliy taomlari guruchdan, goʻshtdan va sutdan tayyorlanadi.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Leeuw
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ethnologue
  3. „United Arab Emirates: Demography“. Encyclopædia Britannica World Data. Encyclopædia Britannica Online. Qaraldi: 2008-yil 15-mart.