Ohangaron
Ohangaron | |
---|---|
shahar | |
40°54′22″N 69°38′40″E / 40.90611°N 69.64444°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Toshkent viloyati |
Hukumat | |
• Hokim | Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich |
Asos solingan | 1960 |
Qachondan beri shahar | 1966 |
Maydon | 1,784 km2 (689 kv mi) |
Iqlim turi | mo'tadil |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2024) |
50 000 kishi (2 024)[1] |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, tojiklar, quramalar, ruslar, tatarlar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 70 |
Pochta indeks(lar)i | 110300 |
Avtomobil kodi | 10 |
|
Ohangaron (oʻzbekcha: Ohangaron/Оҳaнгарон, ruscha: Ахангаран, forscha: آهنگران) Oʻzbekiston, Toshkent viloyatidagi shahar. Ohangaron — Ohangaron tumanining maʼmuriy markazi hisoblanadi[2].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ohangaron shahri Ohangaron qishlogʻi oʻrnida paydo boʻlgan, hududda asosan oʻzbeklar va tojiklar yashagan. (tojikcha. „Oxangaron“ — „Temirchilar“ deb tarjima qilingan)[3].
Rasmiy ravishda Ohangaron aholi punkti 1960-yilda sement zavodi qurilishi boshlanishi munosabati bilan aholi punkti maqomini olgan. Shahar maqomini esa 1966-yilda berilgan. 2010-yildan viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomiga ega boʻlib, Ohangaron tumanining markazi hisoblanadi[4].
Geografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ohangaron daryosi boʻyida Qurama togʻ tizmasining etaklarida joylashgan (daryoning boshqa nomi Angren). Dengiz sathidan balandligi — 567 metr.
Infratuzilma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ohangaron Oʻzbekiston uchun katta sanoat ahamiyatiga ega. Toshkent-Angren temir yoʻl yoʻnalishida joylashgan.
Shaharda yirik korxonalar sement (1966-yil ochilgan), shifer zavodlari, temir-beton buyumlar zavodi, „Santexlit“ zavodi (1996-yilda yopilgan), asbest-sement va issiqlik izolyatsion mahsulotlar, qurilish materiallari va plastmassa buyumlari zavodlari, gʻisht ishlab chiqarish, rezina buyumlar, paxta iplari va kalava ishlab chiqarish kabi korxona va zavodlar bor
Shuningdek, yashash va obodonlashtirish infratuzilmasi — uylar, bolalar bogʻchalari, maktablar, bank muassasalari va aviakassalar mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Статистический буклет “О населении языком цифр”
- ↑ „Classification system of territorial units of the Republic of Uzbekistan“ (uz, ru). The State Committee of the Republic of Uzbekistan on statistics (2020-yil iyul).
- ↑ °C. Bobomulloev: M. Andreev o tadjikax (k voprosu ob etnogeneze)[sayt ishlamaydi].
- ↑ Postanovlenie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistanot 30 noyabrya 2010 goda № 219-II „Ob obʼedinenii territoriy goroda Oxangaron i Oxangaronskogo rayona Tashkentskoy oblasti i otnesenii goroda Oxangaron k kategorii gorodov rayonnogo podchineniya“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ohangaron — Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
- Ohangaron — Katta sovet ensiklopediyasi
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |