Kontent qismiga oʻtish

Izboskan tumani

Koordinatalari: 40°54′0″N 72°15′0″E / 40.90000°N 72.25000°E / 40.90000; 72.25000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Izboskan (tuman)dan yoʻnaltirildi)
Izboskan tumani
Избасканский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Poytugʻ
Hokim Xojiakbar Umarov [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 71
Avtomobil raqami kodi Andijon viloyati 60
Xaritada
Izboskan tumani xaritada
40°54′0″N 72°15′0″E / 40.90000°N 72.25000°E / 40.90000; 72.25000

Izboskan tumani — Andijon viloyatidagi tuman; viloyatning shimolida joylashgan. 1926-yilning 29-sentabrida tashkil etilgan. Maʼmuriy markazi — Poytugʻ shahri.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Temur oʻz sarkardalari IV asrlarning soʻnggi yarimida bu joylar toʻqay boʻlgani bois aksariyat janglar shu joyda boʻlgan va askarlar gʻalaba qozonib Tugʻ koʻtarib yurishgan va qadam bosgan joylarida iz qolgan, keyinchalik Iz bosgan Izboskan terminiga aylanib mahalliylashdi.


Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon viloyatining Paxtaobod, Andijon, Baliqchi, Oltinkoʻl tumanlari, Naman­gan viloyati, Qirgʻiziston Respubli­kasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,28 ming kvadrat kilometr.

Izboskan tumanida 1ta shahar (Poytug) 1ta shaharcha (To'rtko'l) va 12ta qishloq fuqarolari yigʻini bor.

Izboskan tumani relyefi asosan pasttekislik boʻlib, janubi-gʻarbga tomon pasayib boradi. Shimoliy qismi Maylisoy adirlaridan iborat. Iqlimi — moʻtadil. Iyulning oʻrtacha harorati — 27 daraja, yanvarniki — minus 3 daraja. Vegetatsiya davri — 240-255 kun. Yiliga oʻrtacha 300-500 mm yogʻin tushadi.

Tuman hududidan Katta Fargʻona kanali, Qoradaryo, Maylisoy, Tеntaksoy oqib oʻtadi. Aso­san, boʻz tuproq, toʻq va och tusli oʻtloqi, botqoq-oʻtloqi tuproqlar tarqalgan.

Yovvoyi oʻsimliklardan yulgʻun, qamish, yantoq, shoʻra va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, boʻri, toʻngʻiz, yovvoyi echki, kemiruvchilardan suv kalamushi, qushlardan kabutar, tustovuq, oʻrdak, gʻoz, laylak, kaklik, bеdana, qorabovur, burgut, boyoʻgʻli, qaldirgʻoch, chumchuq, bulbul, zogʻcha, qargʻa, hakka va boshqalar yashaydi.

Tuman aholisi — 258,2 ming kishi. Aholisining aksar qismi — oʻzbеklar (99,7%). 1 kilometr kvadratga oʻrtacha 670 kishi toʻgʻri keladi[2].

50 ga yaqin umumiy taʼlim maktabida qariyb 40 ming oʻquvchi, kasb-hunar va biznes maktabida 670 oʻquvchi, 2 ta litsey-internatda 236 oʻquvchi, tasviriy sanʼat litsey-internatida 312 oʻquvchi, 1 gimnaziyada 300 dan ziyod oʻquvchi taʼlim olmoqda. Tumanda bank boʻlimi, markaziy kutubxona, 35 dona jamoat kutubxonasi, musiqa maktabi, markaziy madaniyat uyi, 2 dona avtoklub, «Oltin soz» xalq ansambli, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi.

Tibbiyot sohasidagi statistika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

4 ta 620 oʻrinli shifoxona 20 oʻrinli xususiy shifoxona, 8 ta qishloq vrachlik shoxobchasi, 8 ta vrachlik ambulatoriyasi, 38 ta feldsher-akusherlik shoxobchasi va b. faoliyat koʻrsatmoqda. Jami 275 nafar vrach va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1929-yildan «Paxtakor» nashr etiladi (adadi 2150 dona)[3].

Tadbirkorlik subektlari, Shahar statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. shu oy mobaynida (Mart 2024): 2
  2. o'tgan oy mobaynida (Fevral 2024): 19
  3. 3 oy mobaynida (Dekabr 2023 - Fevral 2024): 58
  4. yarim yil mobaynida (Sentabr 2023 - Fevral 2024): 138 ta kompaniyalar davlat akkreditatsiya sidan oʻtkazildi.

1 yil mobaynida (Mart 2023 - Fevral 2024): 332 Izboskan tumanida Poytugʻ ip yigiruv va toʻquv fabrikasi, chuvama ip yigiruv fabrikasi, Izboskan shoyi toʻqish fabrikasi (kimyoviy xom ashyo asosida), Toʻrtkoʻl poyabzal fabrikasi, gaz toʻldirish stansiyasi ishlab turibdi. 450 dan ziyod kichik va xususiy korxona, shuningdek, qoʻshma korxonalar tashkil etilgan [

Qishloq xo'jaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilik va gʻallachilik. Sabzavotchilik, poliz ekinlari yetishtirish, bogʻdorchilik ham rivojlangan. Umumiy ekin maydoni 16,3 ming gektar, shundan 8,8 ming gektarga paxta, 5,9 ming gektarga donli ekinlar ekiladi. 585 ga yer bogʻ, 64 ga tokzor. Tumanda 15 shirkat xoʻjaligi, aksiyadorlik jamiyati, xujaliklararo chorvachilik korxonasi, «Istiqbol» chorvachilik korxonasi, meva-koʻchatchilik tajriba xoʻjaligi, urugʻchilik tajriba xoʻjaligi, oʻrmonchilik xoʻjaligi (Qoradaryo oʻrmon xoʻjaligi: 161 gektar; Qorakoʻl oʻrmon xoʻjaligi: 22 gektar; Lugʻumbek oʻrmon xoʻjaligi: 87 gektar) mavjud. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 32,3 ming qoramol, shundan 14,5 ming sigir, 27,8 ming qoʻy va echki, 622 ot boqiladi. Tuman hududidan avtomobil yoʻllari, Andijon — Uchqoʻrgʻon (15 km) temir yo'li oʻtgan.