Kontent qismiga oʻtish

Chimboy tumani

Koordinatalari: 42°55′48″N 59°46′12″E / 42.93000°N 59.77000°E / 42.93000; 59.77000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chimboy tumani
Чимбайский район
tuman
Tarkibida Qoraqalpogʻiston
Maʼmuriy markazi Chimboy
Hokim Aybek Tajetdinov [1]
Rasmiy tillar Qoraqalpoq
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Chimboy tumani xaritada
42°55′48″N 59°46′12″E / 42.93000°N 59.77000°E / 42.93000; 59.77000

Chimboy tumani - Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1927-yil 3-iyulda tashkil etilgan. Shim, gʻarbdan Moʻynoq, gʻarbdan Boʻzatov va jan.dan Kegeyli, sharq va shim.sharqdan Qoraoʻzak, tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3 ming km². Aholisi 92,8 ming kishi (2004). Tumanda 8 ovul fuqarolari yigʻini (Baxtli, Kenes, May, Mayjap, Tagjap, Tozajoʻl, Qiziloʻzek, Qoʻsterek) bor. Markazi — Chimboy shahri

Tabiati. Tuman hududi Amudaryo quyi oqimining oʻng sohilidagi tekislikda, Kegeyli kanali sohilida joylashgan. Balandligi 60–70 m. Gʻarbiy va shim. qismlari botqoklashgan toʻqaylardan iborat. Shim.gʻarbidagi qum tepalari uncha baland boʻlmagan (250 m) Qoʻshxona togʻlariga tutashadi.

Iklimi keskin kontinental. Yer osti suvlari yaqin. Yozi issiq, quruq. Kishi sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura 11°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6,9°. Eng past temperatura —32°. Amudaryo sohilida koʻlmak koʻp. Tuman hududida Qozoqdaryo va uning irmogʻi Erkindaryo oqadi. Ulardan Tasjarma, Qiziloʻzak, Qoʻshqarjiqqan kanallari chiqarilgan. 1939—1940-yillarda qurilgan Mayjap va Obodjap kanallaridan ham ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Tuman hududi orqali Kegeyli kanali oʻtadi (tuman hududidagi uz. 70 km). Kizketgan, Oʻrjap va boshqa kanallar, Qorakoʻl, Maqpalkoʻl, Shardaryo, Tobonkoʻl kabi koʻllar bor. Ulardan ham ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Tuproqlari, asosan, och boʻz, koʻngʻir, oʻtloqi, botqoqoʻtloqi tuproq; baʼzi joylarda shoʻr tuproklar va takirlar ham bor. Tabiiy oʻsimliklardan qamish, qoʻgʻa, yulgʻun va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, boʻrsiq, tulki, qobon, chiyaboʻri, boʻri, tipratikan, koʻrsichqon, har xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan oʻrdak, gʻoz, birqozon, qoʻton, qiziloyoq, yilqichi, qirgʻovul, toʻrgʻay, kaptar, qirgʻiy, musicha va boshqa yashaydi.

Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar; oʻzbek, rus, qozoq, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 31 kishi. Shahar aholisi 46,2 ming kishi, qishloq aholisi 46,6 ming kishi (2004).

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi asosiy oʻrinni egallaydi. Paxtachilik va sholikorlik, chorvachilik va polizchilik yaxshi rivojlangan. Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi.

Tumanda maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, paxta tozalash, yogʻmoy, gʻisht, qurilish materiallari, keramika, asfaltbeton zdlari va boshqa bor.

Chimboy tumanida 9 shirkat, 570 dan ziyod fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Chimboy tumanida foydalaniladigan yerlarga paxta, sholi, sabzavot va poliz, yemxashak ekinlari ekiladi.

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi.

Chimboy tumanida pedagogika kasbhunar kolleji, umumiy taʼlim maktablari, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti, naslchilik styasi faoliyat koʻrsatadi. 6 kutubxona, bolalar madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, 5 kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, 11 qishloq vrachlik punkti aqoliga xizmat koʻrsatadi.[2]

  1. Шымбай районы ҳәкимлиги
  2. "Chimboy tumani" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil