Kontent qismiga oʻtish

Akkreditlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Akkreditatsiyadan yoʻnaltirildi)

Akkreditlash — xalqaro huquqda davlatning diplomatik vakolatxona boshligʻi yoki biron-bir xalqaro tashkilotda doimiy vakili lavozimiga tayinlanish va lavozimni bajarishga kirishishi bilan bogʻliq xatti-harakatlar majmui. Akkreditlash jarayoni quyidagilardan iborat: davlat vakolatli organi tomonidan muayyan shaxsni oʻz diplomatik vakili vakili etib tayinlash toʻgʻrisidagi ichki hujjatni eʼlon qilish, uning xorijiy davlat tomonidan qabul qilinishiga rozilik olish (agreman) hamda yangi ishga tayinlangan vakilning xizmat qiladigan davlat vakolatli organiga ishonch yorliqlarini topshirish. Biron-bir davlatda mavjud tajribaga asosan diplomatik vakolatxona boshligʻi ishonch yorliqlarini topshirgan paytdan yoxud oʻz tashrifi haqida xabar bergan va xizmat qiladigan davlat tashqi ishlar vazirligiga tasdiqlangan ishonch yerliqlarining nusxalarini taqdim etgan vaqtdan eʼtiboran oʻz vazifalarini bajarishga kirishgan hisoblanadi. Davlatning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili xalqaro tashkilotning vakolatli organiga vakolat yorligʻini topshirgan paytdan boshlab oʻz vazifalarini bajarishga kirishgan hisoblanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil