Ellikqalʼa tumani
tuman | |
---|---|
Tegishli | Qoraqalpogʻiston |
Maʼmuriy markazi | Boʻston |
Asos solingan sanasi | 1977 |
Rahbari | Seydamat Avezov[1] |
Xaritada | |
41°50′37″N 60°54′33″E / 41.84361°N 60.90917°E |
Ellikqalʼa tumani — Qoraqalpogʻistondagi tuman. 1977-yil 23-martda tashkil etilgan. Shim.dan Qozogʻiston Respublikasining Qiziloʻrda viloyati, gʻarbdan Beruniy, Taxtakoʻpir, jan. dan Toʻrtkoʻl tumani, sharqdan Navoiy viloyati, janubi-gʻarbdan Xorazm viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 5,4 ming km². Aholisi 119,1 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Boʻston), 12 qishloqfuqarolari yigʻini (Amirobod, Guldursun, Guliston, Navoiy, Oqchakoʻl, Saribiy, Tozabogʻ, Sharq Yulduzi, Ellikqalʼa, Qizilqum, Qilchinoq, Qirqqiz) bor. Markazi — Boʻston shahriTabiati. Tuman relyefi jan.dan shim.ga pasayib yassi tekislikdan iborat boʻlib, boʻr va paleogen davrlarida paydo boʻlgan allyuvial dengiz yotqiziqlarilan tuzilgan. Sayoz chuqurliklar, quruq uzanlar, kichik tepalar ham uchrab turadi. Iqlimi keskin kontinental. Shimoli-sharqdan Sibir sovuq havo massalari yetib keladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 20°, —30°. Yozda eng yuqori temperatura 42°—45°. Yillik yogʻin 100– 200 mm. Vegetatsiya davri 200—220 kun. Tumanning eng katta koʻllari — Oqchakoʻl, Dumanqalʼa. Tumandagi Amirobod, Qirqqiz, Ellikqalʼa, Qozoqcha kanallari Toʻrtkoʻl hududidan oʻtgan Bogʻyop kanalidan suv oladi. Amudaryoda qurilgan nasos stansiyasi Amirobod va Qalʼacha ariqlariga suv yetkazib beradi. Ellikqalʼa tumani va qoʻshni tumanlardagi zax suvlari Qizilqum kollektoridagi Ayozqalʼa nasos stansiyasi yordamida Qizilqum yaylovlariga chiqarib tashlanadi. Tuproqlari shoʻrxok, qumloq, boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan quyonsuyak, selin, yulgʻun, yantoq, qirqboʻgʻin, shoʻra, qamish oʻsadi. Saksovul ham bor. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, boʻrsiq, chiyaboʻri, tulki, quyon, qobon; sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilon uchraydi. Koʻllar chetidagi qamishzorlarda qirgʻovul, oʻrdak, gʻozlarning bir necha xili bor.
Aholisi, asosan, oʻzbek va qoraqalpoqlar, shuningdek, qozoq, turkman, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 20 kishi. Qishloq aholisi 105,4 ming kishi, shahar aholisi 13,7 ming kishi (2004).
Xoʻjaligi. Paxtachiliktuman qishloq xoʻjaligi dagi yetakchi tarmoq. Chorvachilik, ipakchilik, bogʻdorchilik, polizchilik ham rivojlangan. Ellikqalʼa tumanida shirkat, dehqon, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Sugʻoriladigan yerlarga paxta, don, kartoshka, poliz, sabzavot, ozuqa ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 44,9 ming qoramol, 67,2 ming qoʻy va echki, 2 mingga yaqin yilqi, shuninglek, tuya bor. Tumanda 1,1 ming kichik ia urta biznes subyekti faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston — Avstraliya — Bangladesh „YUNIVER“ (jinsi matosidan kiyimkechak tikiladi), Oʻzbekiston — Lixtenshteyn „Medikal kotton interneyshnl“ (tibbiyot momigʻi ishlab chiqariladi), Oʻzbekiston — Rossiya „ElRosles“ qoʻshma korxonalari, araqvino zavodi (Boʻston) va sutni qayta ishlash sexi mahsulot bera boshladi. „Ellikqalʼa oltin tola“, „Elnur“, „Elteks“ aksiyadorlik jamiyatlari ham faoliyat koʻrsatadi. „Ellikqalʼa“ neft bazasi, moliyabiznes markazi, supermarket, 2 minimarket, „Otalar choyxonasi“, gʻisht zavodlari va boshqalar qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.
Tumanda 66 umumiy taʼlim maktabi (30 mingdan ziyod oʻquvchi), akademik litsey (500 ga yaqin oʻquvchi), 4 kasb-hunar kolleji (2500 dan ortiq talaba), 7 isteʼdodli bolalar maktabi (1 mingga yaqin oʻquvchi) ishlab turibdi (2004). Markaziy kutubxona va uning 31 ta tarmogʻi, alXorazmiy, Yoshlar xiyobonlari, madaniyat va istirohat bogʻi, 12 klub muassasasi, sanʼat saroyi, „Ayozqalʼa —Tur“ sayyohlik firmasi bor. Ellikqalʼa tumanida har yili Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bagʻishlangan yosh qoʻshiqchilar respublika koʻriktanlovi oʻtkaziladi. Markaziy stadion (20 ming oʻrin), 3 tennis korti, 19 futbol maydonchasi, 28 sport zali, 35 kichik futbol, 68 voleybol, 43 basketbol, 22 qoʻl toʻpi maydonchalari, sogʻlomlashtirish sport markazi, 3 bolalar sport majmuasi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona, qishloq vrachlik punktlari, poliklinika, „Javhar“ xususiy tibbiy markazi va boshqalar tibbiy muassasalar ishlab turibdi. „Gulshan“ bolalar oromgohi, 3 sovyumlashtirish sanatoriysi, „Orol bolalari“ xalqaro oʻquv sogʻlomlashtirish markazi faoliyat koʻrsatadi. „Ustozga ehtirom“ meʼmorlikhaykaltaroshlik majmuasi bor. Tuman hududidan Uchquduq — Nukus temir yoʻl oʻtadi (Ellikqalʼa stansiyasi). Boʻston — Beruniy, Ellikqalʼa — Saribiy, Ellikqalʼa — Qirqqiz, Ellikqalʼa — BuxanMerey yoʻnalishlari boʻyicha asfalt yoʻllar yetkizilgan. Ellikqalʼa tumani hududida qadimiy Tuproqqalʼa, Qavatqalʼa, Ellikqalʼa, Qirqqizqalʼa, Qoʻrgʻoshinqalʼa, Guldursun qalʼasi va boshqalar bor. 1978-yil 1-apreldan „Davr koʻzgusi“ tuman gaz. nashr etiladi.
Ellikqalʼa tumani (qoraqalpoqcha: Ellikqala rayonı, Элликқала районы) — Qoraqalpogʻiston (Oʻzbekiston) tarkibidagi maʼmuriy birlik. Maʼmuriy markazi — Boʻston shahri.
2011-yil 1-yanvar holatiga tuman tarkibiga quyidagilar kiradi[2]:
- tumanga boʻysunuvchi shahar
- Qishloq fuqarolar yigʻinlari
- Aqchakoʻl
- Amirobod
- Guliston
- Guldirsin
- Doʻstlik
- Navoiy
- Kilchinak
- Qizilqum
- Qirqqiz
- Soribiy
- Tozabogʻ
- Sharq-yulduzi
- Ellikqalʼa
Ellikqalʼa tumani 1977-yil tashkil topgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ЭЛЛИКҚАЛЪА ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ“. 2023-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
- ↑ SOATO Maʼmuriy-hududiy birliklarni belgilash tizimi, 28-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 4-yanvar 2013-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Butundunyo tarixiy loyihasi“. 2010-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |