Kontent qismiga oʻtish

Chumchuqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chumchuqdan yoʻnaltirildi)
Chumchuqlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Chumchuqlar (Passer) – toʻqimachilar oilasiga mansub qushlar urugʻiga mansub[1]. 17 turi bor. Rangi har xil: qora, oq, jigarrang va sariq tusi koʻproq. Narining tomogʻi qora. Oʻtroq, koʻchib yuruvchi va mavsumiy qushlar. Daraxt, bino va boshqa joylarga uya quradi. 3–6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 11–12 kun bosadi. Oʻsimlik urugʻlari va mevalari bilan oziqlanadi; odatda, joʻjalarini hasharotlar bilan boqadi. Afrika, Yevropa, Osiyoda topilgan. Oʻzbekistonda hind chumchugʻi, dala chumchuq, qora tomoq chumchuq, saksovul chumchugʻi uchraydi. Chumchuqlar – donli ekinlarning xavfli zararkunandalari. Chumchuqlarga qarshi kurashda kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi.

  1. „Tawny Eagle - Aquila rapax“ (deadlink). The Eagle Directory. 2016-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.