Kontent qismiga oʻtish

Paxtaobod

Koordinatalari: 40°55′30″N 72°29′30″E / 40.92500°N 72.49167°E / 40.92500; 72.49167
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paxtaobod
shahar
40°55′30″N 72°29′30″E / 40.92500°N 72.49167°E / 40.92500; 72.49167
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Andijon viloyati
tuman Paxtaobod tumani
Aholisi
 (2010)
27 062[1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Paxtaobod xaritada

Paxtaobod — Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi shahar (1975 yil gacha Qoʻqon qishloq shaharchasi). Tuman markazi. Viloyat markazi (Andijon shahri)dan 44 km, yaqin temir yoʻl stansiyasiTentaksoy (1 km). Aholisi 23,2 ming kishi (2003).

Paxtaobodda tuman hokimiyati binosi, davlat, maʼmuriy, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi, 5 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, musiqa, sport maktablari, stadion, kutubxona, klublar, madaniyat va istiroxat bogʻi, muzey, kasalxona, poliklinika, dorixo-na, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.

Paxtaobod — Andijon yoʻnalishida avtobuslar qatnaydi.[2]

Paxtaobod hududi viloyatning shimolda, Norin va Qoradaryo vohasidagi yassi tekislikda joylashgan. Relyefi gʻarbdan sharqqa balandlasha boradi. Oʻrtacha balandlik 260 m. Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq. Daryo boʻylarida oʻtloqi boʻz tuproq, botqoq-oʻtloqi va botqoq tuproqlar tarqalgan. Adirlar efemer va efemeroidlar, zaxkash yerlarda qamish, qoʻgʻa, qiyoq oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qizilquyruq, qumsichqon, jayra, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, quyon, boʻri, tulki, qobon, boʻrsiq, kaltakesak, ilon va boshqalarni, qushlardan esa chumchuq, chugʻurchiq, soʻfitoʻrgʻaylarni uchratish mumkin. Hudud orqali Qoradaryo, Tentaksoy, Moylisoy oqib oʻtadi. Daryo va soy qirgʻoqlarining ayrim joylari harsang toshlar bilan mustahkamlangan. Qishloq xo'jaligi ekinlari Qoradaryo, Moylisoydan sugʻoriladi. «Doʻstlik» va «Olmaydon» nasos stansiyalari qurilgandan keyin Norin daryosidan ham suv olinadigan boʻldi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3,5°, iyulniki 26,7°. Eng past temperatura —26°, eng yuqori temperatura 42°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin 300—400 mm. Yogʻin, asosan, qishda va bahorda yogʻadi.

Paxtaobodda yetakchi tarmoq qishloq xo'jaligi hisoblanadi. Paxtachilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Paxtaobod tumanida paxta tozalash zavodi, «Interneyshnl» korxonasi, poyabzal fabrikasi, temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi, 20 aksiyadorlik jamiyati, 14 jamoa, 71 kichik, 1099 xususiy korxona, 4 qurilish tashkiloti, avtokorxona, 953 savdo, 561 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Paxtaobod tumanida 13 ta shirkat, 406 ta fermer xoʻjaligi bor. Paxtaoboddagi jami ekin maydoni 17,4 ming ga, shu jumladan, 8,2 ming ga yerga paxta, 6,8 ming ga yerga don, 280 ga yerga kartoshka, 820 ga yerga sabzavot ekiladi. 996 ga yer mevazor, 92 ga yer tokzor bilan band[3].

  1. World Gazetteer.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. ''Paxtaobod''[1]