Marhamat
Marhamat | |
---|---|
shahar | |
40°30′0″N 72°20′0″E / 40.50000°N 72.33333°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Andijon viloyati |
tuman | Marhamat tumani |
Aholisi (2010) |
15 810[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Marhamat — Andijon viloyatidagi shahar (1974 yilgacha Russkoye selo deb atalgan posyolka). Marhamat tumanining maʼmuriy markazi. Viloyat markazi (Andijon shahri)dan 40 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Asaka (25 km). Aholisi 11,7 ming kishi (2000). Shahar chekkasidan Jan. Fargʻona kanali oʻtadi. M.da qad. Davan podsholigining Ershi shahri (keyingi nomi Mingtepa) ning harobalari saqlangan. Xitoyliklar miloddan avvalgi 101 yilda 60 ming kishilik qoʻshin bilan Fargʻona vodiysiga bostirib kelib Ershi shahrini qamal qilganlar (qarang Ershi mudofaasi). Tarixiy manbalarda yozilishicha, shahar strategi k jihatdan qulay yerda joylashgan, uning atrofi 6 m balandlikdagi qalʼa devori bilan oʻralgan. Shaharning 2 ta darvozasi boʻlib, ular sharq va gʻarb tomonga qaragan. Qalʼa atrofida minorali bir qancha tepaliklar (Alitepa, Oqtepa, Jingʻirtepa va boshqalar) boʻlgan. Tarixda Andijon qoʻzgʻoloni (1898) nomini olgan Dukchi eshon qoʻzgʻoloni hozirgi M. oʻrnidagi Mingtepa qishlogʻi va uning atrofida boshlangan. Qoʻzgʻolon shafqatsiz bostirilgach, rus mustamlakachilari mahalliy aholidan ayovsiz oʻch olgan. Mingtepa qishlogʻi yer bilan yakson qilinib, unin4.oʻrnida rus selosi qurilgan.
M.da elektrotexnika zavodi, ip yigiruv va toʻquv f-kasi, „Dilshod“, „Mingtepa“ non zavodi, „UzRospodshipnik“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Milliy, Xalq banklarining tuman boʻlimlari, avtostansiya binolari, dehqon bozori, savdo markazi bor. M. shahrida melioratsiya va suv xoʻjaligi, agrobiznes kollejlari, 2 litsey, gimnaziya, 5 umumiy taʼlim maktabi, markaziy, bolalar, koʻzi ojizlar kutubxonalari, Ikkinchi jahon urushi qahramoni T. Mirzayev nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hamda xiyoboni, bay nalminalchijangchilar xiyoboni mavjud. M. bilan viloyat markazi, Fargʻona viloyati shaharlari hamda Oʻsh viloyatidagi Qizilqiya shahri orasida avtomobil transporti qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.[2]
Geografik joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Marhamat Andijon viloyatining januniy qismida joylashgan va 1926-yil. 29-sentabrda tashkil etilgan. 1963-yilda Marhamat yondosh tuman bilan birlashtirilib tuman markazi Marhamat tumani dagi Rus — skoye selo posyolkasiga koʻchirilgan. 1965-yil 15-fevalda tuman nomi oʻzgartirilib tuman markazi hozirgi Asakaga koʻchirilgan. 1970-yil 7-dekabrda Marhamat tumani nomi bilan qayta tashkil etilgan. Marhamat shimolda viloyatning Asaka, Xoʻjaobod, Buloqboshi tumanlari, sharq va janubda Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumani, gʻarbda Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Marhamatda 1 shahar (Marhamat), 1 shaharcha (Polvontosh), 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Marhamat, Qorabagʻish, Shukurmergan, Qoraqoʻrgʻon, Koʻtarma) bor.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharning shimoliy va shimoliy-sharqi tekislik, qolgan qismi togʻ etaklari va yon bagʻirlaridan iborat. Olay tizmasining etaklaridagi togʻlar, Ulugʻtogʻ (bal. 1500 m), Tuyamoʻyin adirlari (bal. 920 m) birgalikda Oyim— Marhamat—Xoʻjaobod botigʻini tashkil etadi. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha temperatura 26,1°, yanvarniki — 2,9°. Yiliga oʻrtacha 218—320 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Koʻproq sharqiy shamollar esadi. Vaqtincha shamollar janubiy-gʻarbdan esadi. Marhamat hududidan Qoradaryoning quyi irmoqlari: Shahrixonsoy, Janubiy Fargʻona va Karkidon kanallari oqib oʻtadi. Shahar yerlari Janubiy Fargʻona kanali va Aravonsoydan sugʻoriladi. Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq, adirlar etaklari oʻtloqi boʻz, oʻtloqi, botqoq-oʻtloqi tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, shoʻra va boshoqlilar, efemer va efemeroidlar, soy boʻylarida va yer osti suvlari yuzaroq joylarda tol, terak, turli xil butalar usadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, chiyaboʻri, kuyon yashaydi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ World Gazetteer.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 'Marhamat'[1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |