Dehqonobod tumani
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Qashqadaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Qorashina |
Hokim | Akrom Sulaymonov |
Aholi (2022-yil 1-yanvar) | 153,1 ming kishi |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Rasmiy sayti | http://dehqonobod.uz/ |
Xaritada | |
38°20′23.3″N 66°33′44.3″E / 38.339806°N 66.562306°E |
Dehqonobod tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan boʻlib, 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Gʻuzor tumani bilan birlashtirilgan. 1971-yil 31-avgustda qayta tuzilgan). Dehqonobod tumani viloyatning janubi-sharqida joylashgan. Shimoli-gʻarbda Gʻuzor tumani, shimoli-sharqda Qamashi tumani, janubi-sharqda Surxondaryo viloyati, gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 4,0 ming km2. Aholisi 153,1 ming kishi (2022). Dehqonobod tumanida 1 ta shaharcha (Qorashina), 14 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshqoʻton, Bibiqorasoch, Bozortepa, Boshchorboq, Duob, Obiravon, Oqirtma, Oqmachit Oqrabot, Oqtosh, Qizilcha, Qirqquloch, Qorashina, Qoʻrgʻontosh) bor. Markazi — Qorashina shaharchasi.[1]
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Relyefi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (Hisor tizmasining gʻarbiy tarmoqlari — Bobosurxon, Qora sirt), past togʻlar (Oqtosh, Sayfi, Kesik, Usmontov, Tepaqoʻrgʻon) va togʻ oldi qiya tekisliklaridan iborat. Tumanda neft, gaz, osh tuzi (Boybichakon, Govxona), kaliy tuzi (Odamtosh, Tepaqoʻton) va qurilish materiallari (ohaktosh, shagʻal, gips) mavjud. Iqlimi kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 0,6°, iyulniki 28,4°. Yiliga oʻrtacha 277 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Gʻuzor daryosining irmoqlari: Katta Oʻradaryo va Kichik Oʻradaryo oqib oʻtadi. Tumanning janubi-gʻarbiy qismida yozda qurib qoladigan Qizilcha va Gajaksoy kabi soylar bor. Pachkamar, Dehqonobod suv omborlari qurilgan. Dehqonobod tumanining togʻli qismida yupqa togʻ-qoʻngʻir tuproq, togʻ oldi va tekislik qismida och boʻz tuproq (baʼzan shoʻrxok va qumoq tuproqlar) uchraydi. Tuman hududida archa, zarang, uchqat oʻsadi. Past togʻ etaklarida pistazorlar bor. Shuvoq, shoʻra, yantoq, efemerlar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tuman togʻli qismida qoplon, ayiq, qobon, togʻ echkisi, boʻri, tulki, jayra, sugʻur va b. uchraydi. Kemiruvchilardan kalamush, sichqon, qushlardan kaklik va boshqalar yashaydi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi, asosan oʻzbek va tojiklardan iborat. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 38,3 kishi. Shaharliklar 28,8 ming kishi, qishloq aholisi 124,3 ming kishi (2022-yil).
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumandagi eng yirik korxona Dehqonobod kaliy zavodi hisoblanadi. Zavod 2011-yil 6-iyuldan buyon kaliyli tuzlar ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlarning 80 foizi chet elga eksport qilinmoqda. DKZ 2021-yil 1-dekabr holatida 447,85 mlrd. soʻm jami tushum, 7,90 mln. soʻm sof foyda olgan[2]. Tumanda bir qator kichik xususiy sexlar ham mavjud. Dehqonobod tumani xoʻjaligining asosini chorvachilik va dehqonchilik tashkil qiladi. Ekin maydon 47,4 ming ga, koʻp yillik daraxtzorlar 2,1 ming ga, yaylovlar 237,4 ming ga. Yaylovlarda qorakoʻl qoʻylari, hisori qoʻylar, angor zotli echkilar, qoramol, yilqi boqiladi. Dehqonobod tosh kesish karyeri, junni qayta ishlash zavodi, konserva tayyorlash sexi mavjud. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti, Gʻuzor — Qumqoʻrgʻon temir yoʻl oʻtgan.
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000/01 oʻquv yilida 88 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, internat litseyi faoliyat koʻrsatdi. Tumanda „Togʻ goʻzali“ ashula va raqs ansambli, „Qoʻngʻirot“ folklor etnografik ansambli, 27 kutubxona, 11 qishloq klubi bor. Markaziy kasalxona, 6 qishloq uchastka shifoxonasi, 56 qishloq feldsher-akusherlik shoxobchasi, 7 qishloq vrachlik punkti, 7 dorixona mavjud boʻlib, 650 ga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1972-yildan „Dehqonobod ovozi“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 2000).
Moddiy madaniy meros obyektlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dehqonobod tumanida 40 ta obyekt Oʻzbekiston Respublikasining Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[3].
Arxeologiya yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda jami 33 ta arxeologiya yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.
Obyekt toʻliq nomi | Obyekt davri | Obyekt manzili | Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq | |
---|---|---|---|---|
1 | Dunyotepa | XVI asr | Bogʻchorbogʻ MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
2 | Minortepa | XIII asr | Bogʻchorbogʻ MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
3 | Tillatepa | XVI asr | Beliboyli MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
4 | Xumdontepa | XI—XIII asrlar | Paxtachi MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
5 | Chashtepa | XI—XII asrlar | Obirobon MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
6 | Gaburdentepa | XII—XV asrlar | Duob MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
7 | Qoʻrgʻontepa | XI—XIV asrlar | Bogʻchorbogʻ MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
8 | Qoʻrgʻontepa | XI—XVI asrlar | Beliboyli MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
9 | Qoʻrgʻon Toshgʻuzortepa | XIV—XVIII asrlar | Beliboyli MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
10 | Eshonshayittepa | XI—XIV asrlar | Beliboyli MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
11 | Qizlarxon opatepa | XII—XVII asrlar | Oʻzbekiston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
12 | Munchoqtepa | XIII—XIX asrlar | Oʻzbekiston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
13 | Qoʻrgʻontepa | XVI—XVII asrlar | Oʻzbekiston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
14 | Munchoqtepa | IX—XII asrlar | Oʻzbekiston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
15 | Nomsiztepa | IX—XII asrlar | Oʻzbekiston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
16 | Eskiqoʻrgʻontepa | X—XI asrlar | Oʻzbekiston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
17 | Boʻztepa | XII—XVII asrlar | Torqapchiq MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
18 | Xoʻjaipoktepa | IX—XII asrlar | Qoʻrgʻontosh MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
19 | Qoʻrgʻontepa | IX—XII asrlar | Qoʻrgʻontosh MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
20 | Qoʻrgʻonsoyatepa | IX—XIII asrlar | Oʻzbekiston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
21 | Eski-uy qurilish qoldiqlari | XI—XII asrlar | Oʻzbekiston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
22 | Qarashina yodgorligi | IX—XV asrlar | Oʻzbekiston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
23 | Nomsiztepa I | IX—XV asrlar | Oʻzbekiston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
24 | Nomsiztepa II | IX—XIV asrlar | Oʻzbekiston MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
25 | Katta Oʻra yodgorligi | XII—XVII asrlar | Koʻkabuloq QFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
26 | Qoʻrgʻontepa | X—XIII asrlar | Koʻkabuloq QFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
27 | Koʻkabuloq otatepa | XII—XIV asrlar | Koʻkabuloq QFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
28 | Dunyotepa | IX—XIII asrlar | Koʻkabuloq QFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
29 | Qoʻrgʻontepa | X—XVI asrlar | Koʻkabuloq QFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
30 | Choygultepa | XV—XVII asrlar | Obirobon MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
31 | Boyqoʻrgʻontepa | XII—XVII asrlar | Obirobon MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
32 | Sochtepa | XVI—XVIII asrlar | Obirobon MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
33 | Bozortepa | XII—XVII asrlar | Obirobon MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Arxitektura yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda jami 4 ta arxitektura yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.
Obyekt toʻliq nomi | Obyekt davri | Obyekt manzili | Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq | |
---|---|---|---|---|
1 | Oqsaroy qalʼasi[4] | 1890-yil | Oqrabod QFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
2 | Sari qoya togʻ[5] | XVIII asr | Dehqonobod MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
3 | Rabot[6] | 1910-yil | Dehqonobod MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
4 | Kalta minor masjidi | XVIII asr | Obod MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Monumental sanʼat yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda jami 2 ta monumental sanʼat yodgorligi milliy roʻyxatga kiritilgan.
Obyekt toʻliq nomi | Obyekt davri | Obyekt manzili | Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq | |
---|---|---|---|---|
1 | Mirzo Ulugʻbek haykali | 1980-yil | Dehqonobod MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
2 | Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga oʻrnatilgan yodgorlik | 1980-yil | Dehqonobod MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda jami 1 ta diqqatga sazovor joy milliy roʻyxatga kiritilgan.
Obyekt toʻliq nomi | Obyekt davri | Obyekt manzili | Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq | |
---|---|---|---|---|
1 | Xoʻjai pok ota maqbarasi | XVII asr | Qoʻrgʻontosh MFY | Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Dehqonobod tumani" OʻzME. D-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-mart.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz (4-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 16-mart 2023-yil.
- ↑ https://uzheritage.org/uz/objects/19116
- ↑ https://uzheritage.org/uz/objects/19117
- ↑ https://uzheritage.org/uz/objects/19118
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |