Chiyaboʻri
Chiyaboʻri | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Chiyaboʻri, shoqol[1] (Canis aureus) – yirtqichlar turkumining itsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasi 71–85 sm, dumi 20–36 sm, ogʻirligi 7–13 kg. Qishda yungi xira sargʻish, kulrang (yelkasida qora aralash), yozda malla rangda, qorasi kam. Dumi mallaqoʻngʻir, uchi qora. Ch. daryo va koʻl qirgʻoqlaridagi toʻqay, butazorlarda inda yashaydi; boshqa hayvonlar inidan, tabiiy chuqurchalardan foydalanadi (baʼzan oʻzi uya qaziydi). Mart–mayda 4–9 ta bola tugʻadi. Hammaxoʻr, har xil hayvon hamda oʻsimlik mahsulotlari, oʻlimtiklar va boshqa bilan oziqlanadi. Shimoliy Afrika, Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Yevropa, Bolqon yarim orol va Arabistonda tarqalgan. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, baʼzan Moldaviyada ham uchraydi. Aholi yashaydigan punktlarga yaqin joylardagi Ch.lar oʻlimtiklar bilan oziqlanib, baʼzi yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilarini tarqatadi va parrandalarni yeb ziyon keltiradi. Moʻynasi sifatsiz.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kratkiy uzbeksko-russkiy slovar, Tashkent, 1942 g. (str. 375)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |