Kontent qismiga oʻtish

Yashnobod tumani

Koordinatalari: 41°17′10.3″N 69°19′25.0″E / 41.286194°N 69.323611°E / 41.286194; 69.323611
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yashnobod tumani
tuman
41°17′10.3″N 69°19′25.0″E / 41.286194°N 69.323611°E / 41.286194; 69.323611
Mamlakat Oʻzbekiston
{{{mintaqa_turi}}} Toshkent
Hukumat
 • hokim Rahmonqulov Baxtiyor Tugambayevich[1]
Asos solingan 1968-yil
Avvalgi nomlari Hamza
Kuybishev
Maydon 33.70 km2 (13.01 kv mi)
Aholisi
 (2018)
231 900
Yashnobod tumani xaritada
Yashnobod tumani
Yashnobod tumani

Yashnobod tumani (avvalgi nomi Hamza) — Toshkentdagi maʼmuriyhududiy birlik. 1968-yilda tashkil qilingan. Hamza nomiga qoʻyilgan. Gʻarbda Amir Temur xiyoboni va Yoʻldosh Oxunboboyev koʻchasidan boshlab sharqda Ohangaron yoʻligacha davom etadi. Xududi 3,46 ming ga shu jumladan, koʻkalamzorlar — 172 ga. Aholisi 208,7 ming kishi (2004). Kuchalar soni 220 ta. Asosiy magistrallari: Jarqoʻrgʻon, Lisunov, Hamza, Yoʻldosh Oxunboboyev kuchalari va Fargona, Ohangaron yoʻllari. Yashnobod tumanida 50 ta mahalla mavjud.

Korxona va tashkilotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman hududida 2152 ta tashkilot, shu jumladan, 34 sanoat korxonasi (Toshkent aviatsiya ishlab chikarish birlashmasi, „Toshqishloqmash“, „Toshmargyogʻ“, „Toshkentvino“, „Oʻzbek qogʻozi“, „Oʻzbekiston shampani“, „Toshdonmahsulot“, „Toshkentguruch“ aksiyadorlik jamiyatlari korxonalari va boshqalar); 168 kurilish tashkiloti; temir yoʻl transporti korxonalari — teplovoz va vagon depolari, Toshkent yuk ortishtushirish temir yoʻl stansiyasi bor. Shuningdek, tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylashgan.

Keyingi yillarda tashkil qilingan „Farm Glase“ Uzbekistan—Britaniya, „Tufin“ Oʻzbekiston—Isroil, „LokKolorSintez“ Oʻzbekiston — Shveysariya, „XobasTapo“ Oʻzbekiston—Germaniya—Shveysariya, „NWA“ — Oʻzbekiston—Rossiya qoʻshma korxonalarida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Yashnobod tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi, 3 ilmiy tadqiqot instituta, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, 25 umumiy taʼlim maktabi, 50 ta maktabgacha tarbiya muassasasi, 5 musika, maktabi, 4 kasbhunar kolleji, Toshkent birinchi tibbiyot instituti va biznes maktabi bor. 9 kasalxona, 30 poliklinika va ambulatoriya muassasasi, 1 qon kuyish stansiyasi faoliyat koʻrsatadi. Aholiga 359 oziq-ovqat, 595 sanoat mollari doʻkonlari, 197 umumiy ovqatlanish, 324 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat kiladi. 16 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr, 2 madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, „BaxtRohat“ dam olish zonasi bor. Turar joy fondining umumiy maydoni 2,5 mln.m2 ga yaqin.