Kontent qismiga oʻtish

Oqoltin

Koordinatalari: 40°45′0″N 71°42′20″E / 40.75000°N 71.70556°E / 40.75000; 71.70556
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oqoltin
shahar
40°45′0″N 71°42′20″E / 40.75000°N 71.70556°E / 40.75000; 71.70556
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Andijon viloyati
tuman Ulugʻnor (tuman)
Aholisi
 (1989)
6 522[1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Oqoltin xaritada

Oqoltin — Andijon viloyati Ulugʻnor tumanidagi shaharcha. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Margʻilon (35 km). Viloyat markazi (Andijon)gacha 65 km. Oqoltin 1987-yilda Shahriobod va Oqoltin qishloqlarining birlashtirilishidan vujudga kelgan. Maydoni 780 ga, 450 m balandlikda. Aholisi 9 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar (99,8%). Shaharchaning asosiy suv manbasi — Katta Andijon kanali. Oqoltinda tuman hokimiyati binosi, „Oqoltin“ shirkat xoʻjaligi, bir qancha fermer xoʻjaliklari, paxta tozalash zavodi, „Universal“ bozori, Buyuk Britaniyaning Kordes LTD firmasi bilan hamkorlikda ish boshlagan toʻqimachilik va tikuvchilik-ka ixtisoslashgan „Ulkard“ qoʻshma korxonasi, avtokorxona, maishiy xizmat uyi bor. Oqoltin hududidan Margʻilon — Soyboʻyi — Ulugʻnor — Mingbuloq, Shtab — Ulugʻnor magistral yoʻllari oʻtgan. Oqoltin avtomobil yoʻllari orqali Namangan, Margʻilon, Fargʻona, Andijon va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. umumiy taʼlim maktablari, 3 kasb-hunar kolleji, internat litseyi, internat-gimna-ziyasi, bolalar musiqa maktabi, madaniyat uyi, markaziy kutubxona faoliyat koʻrsatadi. „Ulugʻnor“ stadioni, „Ulugʻ-nor“ qishloq sport sogʻlomlashtirish klubi, tennis korti, „Al Majiddin“ sport-ishlab chiqarish firmasi, bolalar sport maktabi ishlab turibdi. Markaziy kasalxona (170 oʻrin), uning bolalar, jar-rohlik, tez tibbiy yordam, ginekologiya, terapiya, tugʻruqxona boʻlimlari mavjud). Poliklinika, 5 dorixona bor.[2]