Oltiariq tumani
shaxarcha | |
---|---|
Tarkibida | Fargʻona viloyati |
Maʼmuriy markazi | Oltiariq |
Yirik shahari | Tinchlik (Xamza) |
Boshqa yirik shaharlari | Oltiariq va Poloson |
Hokim | Shamsiddin Turdaliyev [1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi Oʻrtacha balandligi |
450-500m m 500 metr m |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeksi | 151200 |
Internet domeni | .uz |
Avtomobil raqami kodi | 40 |
Rasmiy sayti | oltiariq.uz |
Xaritada | |
40°23′30.8″N 71°30′7.9″E / 40.391889°N 71.502194°E |
Oltiariq tumani – Fargʻona viloyatidagi eng mashhur va iqtisodiyoti barqaror tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Jan.dan Fargʻona, shim.dan Namangan viloyati, gʻarb va shim.gʻarbdan Rishton, Buvayda hamda Bagʻdod, shim.-sharkdan Oxunboboyev, Yozyovon tumanlari va jan.dan Qirgʻizistonning Qadamjoy tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,63 ming km². Aholisi 266 ming kishi (2023). Oltiariq tumanida 1 shahar:(Tinchlik), 7 ta shaharcha :Oltiariq ,Poloson, qapchugay, zilha, jorak Fayzobod, eskiarab . 6 qishloq : povulgon, oqboyra, yangiqorgon, katput, Qiziltepa, Oxunboboyev
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman hududining jan. adirlar, soylarning yoyilmalari, kumli shoʻrxoklardan iborat. Adirlar va adir etaklarining balandligi 500-700 m. Bu yerlar togʻlardan oqib tushadigan koʻp soylarning qad. konglomeratlaridan – Soʻx svitasi komplekslaridan tarkib topgan (qalinligi 80-200 m). Adirlarning Markaziy Fargʻona tekisliklariga qoʻshilib ketgan qanotlari yoyilma koʻrinishida boʻlib, toshli-shagʻalli, gilli va qumoq jinslardan iborat. Ularning hammasi antropogen davrining turli yoshdagi yotqiziqlaridir. Shim. qismining relyefi keng tekislik boʻlib, yuzasini qum, gil, oʻnlab m chuqurlikda toshli-shagʻalli jinslar qoplab yotadi. Ularning tagida 400 m kalinlikda paleogen davrining karbonatli dengiz choʻkindilari bor. Iklimi quruq, sershamol, bahor va kuzda shamol boʻladi (tezligi sekun-diga 12-15 m). Yillik oʻrtacha temperatura18°, iyulda 31—40°, eng yuqori temperatura 55°, yanvarda oʻrtacha temperatura —2°, eng past temperatura —23°. Vegetatsiya davri 210 kun. Yillik yogin 100-180 mm. Adir va adir etaklarida och boʻz, toʻq boʻz, qoʻngʻir boʻz, markaziy va shim. qismida oʻtloqi, oʻtloqibotqoq shoʻrxok tuproklar tar-qalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan adirlarda shuvoq, bahorda efemer va efemer-oidlar, markaziy va shim. qismidagi qumliklarda shoʻra, yulgʻun, selin, yan-toq va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, quyon, tulki, olmoxon, tipratikan, oʻqilon, chiporilon, burgut, boyoʻgʻli, kalxat, qiygʻir va boshqa bor. Tumanning ekin maydonlari Oltiariqsoy, Jan. Fargʻona, Katta Fargʻona, Katta Andijon, Soʻx-Shohimardon kanallaridan suv oladi. „Qoʻrgʻontepa“, „Keng koʻl“ suv omborlari qurilgan. Choʻl qismida yirik mineral suv havzasi bor.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi, asosan, oʻzbeklar (93,5%), shuningdek, tojik (4, qirgʻiz (1,9%), rus, koreys, arman, yapon, xitoy, nemis, chuvash, qozoq, ozarbayjon, ukrain va boshqa millat vakillari (1,1%) Ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 263 kishi toʻgʻri keladi. Shahar aholisi 168,3 ming, qishloq aholisi 55,4 ming kishi istiqomat qiladi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oltiariq tumani viloyatning markaziy qismida joylashganligi, muhim transport yoʻllarining oʻtganligi, iqlim sharoitining qulayligi tu-manda ishlab chiqarish, dehqonchilik va tadbir-korlik, madaniymaishiy sohalari va savdo-iqtiso-diy munosabatlarining rivojlani-shiga muhim omil boʻlmokda. Oltiariq tumani korxonalari va turli muassasalar Oltiariq shaharchasi, Tinchlik shahri, Qapchigʻay, Fayziobod qishloqlarida joylashgan. Tumanda respublikadagi dastlabki korxonalardan hisoblangan Oltiariq neftni qayta ishlash va Oltiariq paxta tozalash zavodlari, shuningdek, „Qiziltepa“ mineral suv qadoqlash zavodi, , „ Xamza“ mineral suv qadoqlash zavodi, „Spring“ suv qadoqlash zavodi, vagonlarni bugʻlab yuvish korxo-nasi, Qapchigʻay temir-beton buyumlari zavodi, Poʻlatobod gʻisht ishlab chiqarish zavodi, Fayziobod qurilish kombinatlari (2 ta), 2 mexanizatsiyalashgan qurilish tashkiloti, MTP lari, 2 avtokorxo-na, avtomobil yoʻllarini qurish, non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari va boshqa mavjud.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumandagi 1051 xoʻjalik yurituvchi subyektlardan 18 tasi aksiyadorlik jamiyati, 15 shirkat xoʻjaligi, 6 yirik sanoat korxonalari, 145 kichik va oʻrta korxonalar, 326 fermer xoʻjaliklardir. Tuman hududida respublika ahamiyatiga ega boʻlgan Toshkent—Fargʻona hamda mahalliy Margʻilon—Qoʻqon, Vodil—Uchuy avtomagistrallari oʻtgan. Qoplamali asfalt yoʻllarining umumiy uzunligi 392 km.
Qishloq xoʻjal igining yetakchi tarmogʻlari ishlab chiqarish va dehqonchilik Tumandagi 24 ming ga sugʻoriladigan yer maydonidan 20,6 ming ga yerga ekin ekiladi. Oltiariq tumanida 15 shirkat xoʻjaligi, Qiziltepa fermerlar birlashmasi, tuman fermerlar uyushmasi tomonidan 7895 ga yerga paxta, 8520 ga yerga don ekinlari ekiladi (2002). 534 ga oʻrmonzor, 1530 ga koʻp yillik daraxtzor, shundan 1250 ga bogʻ, 21 ga tokzor, 250 ga tutzor bilan band.
Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 29,8 ming qoramol (shu jumladan, 12,8 ming sigir), 13,9 ming qoʻy, 32,6 mingdan ziyod parranda boqiladi (2003). Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oltiariq tumanida 41 umumiy taʼlim maktabi, 9 yillik tayanch maktabi, 4 litsey va gimnaziya, 5 kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. Taʼlim muassasalarida 41 mingdan ziyod oʻquvchiga 3 mingdan ziyod oʻqituvchi taʼlimtarbiya beradi. Tumanda 2 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, futbol maktablari ishlab turibdi. Markaziy madaniyat saroyi, Oltiariq markaziy oʻyingoxi, „Oltiariq“ istiroxat bogʻi „Oltiariq tarixi“ muzeyi, qishloq muzeyi, 5 madaniyat uyi, 26 jamoat kutubxona-si (239838 asar), „Zilola“ ashula va raqs ansambli faoliyat koʻrsatadi. Tuman markazida Xotira maydoni, „Motamsaro ayol“ monumenti mavjud. Oltiariq tumanining Qiziltepa mavzesida Respublika ahamiyatiga molik „Oltiariq“ faxriylar sanatoriysi va 2 ta viloyat ahamiyatidagi hamda Fayziobod bolalar sanatoriylarida tabiiy yer osti mineral suvi bilan davolash yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu mineral suv asosida „Qiziltepa“ qadoqlash korxonasi tashkil etilib, 2002-yilda ushbu korxona mahsuloti Shveysariyada oʻtkazilgan Xalqaro koʻrgazmada Xalqaro „Sifat Oltin yulduzi“ medali bilan taqdirlangan. Bundan tashqari „Xamza“ mineral suv qadoqlash zavodi 2002-yilda Xalqaro „Jeneva“ sovriniga sazovor boʻlgan.
Tumanda 6 kasalxona (830 oʻrin), 7 poliklinika, 15 qishloq vrachlik punkti, 27 feldsher-akusherlik punkti, diagnostika markazlari, salomatlik-shoshilinch tez yordam markazi, silga qarshi kurashish dispanseri va boshqa tibbiy muassasalar „Salomatlik“ dasturi asosida „Abakus“, „Urosan“, „Fillips“, „Shiller“ laboratoriya jihozlari va plazmaforez apparatlari bilan taʼminlangan. Tumanda sportning 22 turi boʻyicha 10 mingdan ziyod sportchi shugʻullanadi. Stol tennisi, qoʻl jangi, futbol, kurash, karate, dzyudo, taekvando, muaytay rivojlangan. Sportning bu turlari boʻyicha Oʻzbekiston, Xalqaro musobaqalar sovrindor va gʻoliblari shu tumandan yetishib chiqqan. Tumanda Qapchigʻay gʻori (miloddan avvalgi 33—12 ming yilliklar), Zu-raymomo tepaligi (miloddan avvalgi 6-a). Kitqonqalʼa (1—4-asrlar); arxeologik man-zilgoxlar; Koʻktillo buva, Muyka Aziz buva, Umoch buva, Sertut buva, Shoh Tolib buva, Xasta xonim, Devona buva, Oqmozor kabi ziyoratgoxlar, Doʻsti Xudo masjidi (Burbaliq, 18—19-asrlar) va boshqa tarixiy-meʼmoriy yodgorliklar mavjud.
1931-yildan „Davr ovozi“ gaz. nashr etiladi (adadi 3000).[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Олтиариқ тумани ҳокими ва ўринбосарлари ҳақида маълумот
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |