Kontent qismiga oʻtish

Hindiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hindiston Respublikasi
भारत गणराज्य
Bhārata Gaṇarājya
Shiorसत्यमेव जयते (Satyameva Jayate)
Sanskritcha: Haqiqat hamisha gʻolib
Madhiya: जन गण मन
(Jana Gana Mana)
Location of Hindiston
Poytaxt Yangi Dehli
Rasmiy til(lar) hind, ingliz
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Ram Nath Kovind
Narendra Modi
Mustaqillik (Birlashgan Qirollikdan)
• Sana
15-avgust 1947
Maydon
• Butun
3,287,590 km2 (7-oʻrin)
• Suv (%)
9.6
Aholi
• 2022-yilgi roʻyxat
1,413,179,280 (2-oʻrin)
• Zichlik 328/km2
YIM (XQT) 2020-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$3,202 milliard. (4-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$2,338
Pul birligi Hind rupiysi (INR)
Vaqt mintaqasi UTC+5:30
• Yoz (DST)
UTC+5:30
Qisqartma IN
Telefon prefiksi +91
Internet domeni .in

Hindiston (rasman: Hindiston Respublikasi (Bhārat Gaṇarājya[1]) – Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3 214 km, gʻarbdan sharqqa 2 933 km choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, gʻarbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni – 3,3 million km2. Aholisi – 1 428 627 663 kishi (2023). Poytaxti не– Nyu-Dehli. Maʼmuriy jihatdan 28 ta shtat va 8 ta ittifoq hududidagi bolinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston – federativ respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1950-yil 26-yanvardan kuchga kirgan; keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2022-yil 25-iyuldan Droupadi Murmu). U parlamentning ikki palatasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari aʼzolaridan iborat saylovchilar hayʼati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident ikki palata – Shtatlar kengashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa) dan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Hindiston qirgʻoqlari kam parchalangan, past, qumli. Asosan, Hindiston yarim orol va Hind gang tekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqurum togʻlarining bir qismini oʻz ichiga olali. Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitogʻlik. Hindiston yarim orolning deyarli hammasini Dekan yassitogʻligi egallagan (sharqqa tomom 900 m dan 300 m gacha pasayib boradi). Hindiston yarim orol shimolda allyuvial Hind gang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland togʻ tizmasi – Himolay (Hindistonda balandligi 8126 m, Nangaparbat togʻi) va Qoraqurum togʻlari Hindistonni shimoldan toʻsib turadi. Hindistonda foydali qazilmalardan toshkoʻmir, temir rudasi, titan, oltin, tabiiy gaz, marganes, xrom, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, neft, slyuda (shaffof tosh), qoʻrgʻoshin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mussonli iqlim. Iyun–oktyabrda issiq va nam, noyabr-fevralda quruq, salqin, mart–mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yogʻinning 70-90%i yogʻadi. Yillik yogʻin Gʻarbiy Gat va Himolay togʻlarining shamolga qarshi yon bagʻirlarida 5000-6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng seryogʻin joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston yarim orolning markaziy qismida 300-500 mm. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 15° (shimolda), 27° (janubda), may oyi hamma joyda 28- 35°, ayrim vaqtlarda 48°. Togʻlarda oʻrtacha temperatura yanvarda n– G, −8°, iyulda 18-23°. Asosiy daryolari: Gang, irmogʻi Jamna, Hind (yuqori oqimi), Braxmaputra (quyi oqimi), Narmada, Godavari, Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson yomgʻirlari davrida toshadi), sugʻorishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi. Tuproqlari Hindiston hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitogʻligida qora, Hindgang tekisligi va dengiz boʻyi past tekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay togʻlari yon bagʻrida togʻ jigarrang, sariq, togʻ qoʻngʻir-oʻrmon. podzol, togʻ-oʻtloqi tuproqlar pastdan yuqoriga almashinib boradi. Oʻsimliklardan akatsiya, bambuk, kakos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25%i oʻrmon. Himolay togʻlarining quyi yon bagʻirlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qora qaragʻay, oq qaragʻay oʻsadi. Gʻarbiy Gat togʻlari yon bagʻri, Gang va Braxmaputra deltalari, Sharqiy Himolay togʻ oldi hududlari doim yashil oʻrmonlardan iborat. Hindistonda oʻsimliklarning 21 ming turi tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud boʻlgan barcha oʻsimlikning yarmidan koʻpini uchratish mumkin.

Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yoʻlbars, mangus va boshqa hayvonlar yashaydi, ilonning deyarli barcha turi mavjud. Mamlakatda 75 ta milliy bogʻ va 420 dan ortiq qoʻriqxona mavjud. Yirik milliy bogʻlari: Kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, „Gullar vodiysi“ (Uttar Pradesh), Sariska va boshqalar.

Hindiston — dunyoda eng koʻp millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda soʻzlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72%i hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida soʻzlashuvchi xalqlar – hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxoniylar, panjobiylar tashkil etadi. Kashmiriylar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubda, asosan, dravid tillarida, shimoliy va Shimoli-sharqida tibetbirma tillarida soʻzlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar – hind va ingliz tillari. Aholining koʻpchiligi (73%) hinduiylik diniga eʼtiqod qiladi; islom (16%), xristian (6%), sikhizm (2,5%) va boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bombay, Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kanpur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau.

Arxeologik topilmalar Hindistonda odamlar tosh davridayoq yashaganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi 2-ming yillikning 1-yarmida Hind daryosi vodiysida yuksak darajada rivojlangan shahar madaniyati vujudga kelgan Xarappi madaniyati. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida shimoli-gʻarbdan Hindistonga oriylar kirib kelib, avval Panjob, keyinchalik Gang daryosi vodiysida joylashishgan. Miloddan avvalgi VI asrda shimoliy Hindistonning sharqiy qismida, Gang va Jamna daryolari havzalarida Magaya davlati boʻlgan. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda iqtisodiy taraqqiyot qadimgi hind jamiyatida turmush sharoitlarini ancha oʻzgartirdi. Kullar va yollanma ishchilarning mehnatidan dehqonchilik, hunarmandchilik va konchilik ishlarida foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi diniy-sektantlik harakatini paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm dinlari vujudga keldi. Miloddan avvalgi IV asr oʻrtalarida Nandalar sulolasi davrida qariyb butun Hind daryosining vodiysi magadha davlati tasarrufida boʻlgan. Magadha davlati ravnaq topgan davrda Hind daryosi havzasining bir qismini Ahamoniylar bosib oldi. Miloddan avvalgi 327—325-yillarda Hindistonga Iskandar Maqduniy bostirib kirdi. Magadha davlatining bosqinchilik urushlari Maorilar imperiyasi davrida ham davom etdi. Podsho Ashoka hukmronligida qariyb butun Hindiston va hozirgi Afgʻonistonning bir qismi Maorilarga qarashli edi. Milodiy I asrda Hindiston shimolining katta qismi kushonlar qoʻl ostiga oʻtdi Kushon podsholigi. Kushonlar davlati yemirilgach, IV asrda Hindiston shimolda yana Magadha dalvati ravnaq topdi. Keyinchalik Guptalar sulolasi davrida shimoliy Hindistonning talaygina qismi – sharqda Bengaliya qoʻltigʻidan gʻarbda Panjob va Katxiyavar yarim orolgacha boʻlgan hudud Magadha davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda Dekapda Vakataka, Pallavlar, Vanga kabi davlatlar mavjud boʻlgan. II-IV asrlarda bu yerda quldorlik tuzumi yemirila boshlagan. VI-XII asrlarda Hindistonda bir necha davlat mavjud boʻlgan. VII asrning 1-yarmida mahalliy podsholardan biri Harsha Hindiston shimoldagi bir necha davlatlarni zabt etib, Harsha imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30 yil hukm surdi. VIII asr boshlarida arablar Sindni bosib oldilar. XI asr boshlarida Mahmud Gʻaznaviy Hindiston shimoliga bir necha marta hujum qilib, Panjobning bir qismini oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. XII asr oxiri XIII asr boshlarida Hindiston shimolini Gʻuriylar davlati hukmdori Muhammad Gʻuriy zabt etdi. Uning oʻlimidan soʻng Gʻuriy noiblaridan biri Qutbiddin Oyboq Dehli sultonligiga asos soldi. XIV-XV asrlarda hind rojalarining hokimiyati saqlangan Rajputana Rojasthondan tashqari Hindiston shimolda mustaqil Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malva hamda Dekanning shimolda Baxmoniy sultonligi paydo boʻldi. Afgʻonlarning Loʻdiylar sulolasi hukmronligi davri (1451—1526)da Gang daryosi vodiysining talaygina qismi sultonlikka qoʻshib olindi. XV asr oxirida Hindistonga dastlabki yevropalik mustamlakachilar — portugallar kirib keldi va XVI asrning 1-yarmida ular dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526-yil aprelda Zahiriddin Muhammad Bobur panipatdagi jangda Ibrohim Loʻdiyni yengib, Dehli sultonligini egalladi va Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi (bu davlat 1858-yilgacha mavjud boʻlgan). XVII asr boshlarida Hindistonga Angliya va Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyalari suqilib kirdi va portugallarni Hindiston bilan olib borayotgan dengiz savdosidan mahrum qilib, mamlakatda qator zavodlar (savdo-sotiq punktlari) ocha boshladi. 1664-yil fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyasi ham tashkil etildi. Boburiylar oʻrtasidagi oʻzaro ichki kurash ingliz va fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyalariga Hindistonda harbiy ekspansiya uyushtirish imkonini berdi. Hindistonda ustunlikka erishish uchun bu ikki kompaniya oʻrtasida Janubiy Hindistonda boʻlib oʻtgan janglar (1756-1763) natijasida Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi gʻolib chiqib, Bengaliyani zabt etdi, Karnatik va Aud xonliklarini oʻz vassallariga aylantirdi. 1803-yil Dehli bosib olingach, boburiy podsholar inglizlar Ost-Indiya kompaniyasiga mutlaq qaram boʻlib qoldi. 1833-yil Ost-Indiya kompaniyasi savdo tashkiloti sifatida tugatilib, unga Hindistonni mustamlakachilik asosida boshqarish vazifasi yuklatildi. Hindiston sekin-asta Buyuk Britaniyaga qishloq xoʻjaligi xom ashyosi yetkazib beradigan bazaga aylanib qoldi. XIX asr oʻrtalarida mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 1857—1859-yillarda boʻlib oʻtgan mashhur sipohiylar qoʻzgʻoloni Hindiston xalq qoʻzgʻoloni Hindistonning keyingi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 1858-yil Ost-Indiya kompani-yasi tugatilib, Hindistonni bevosita Buyuk Britaniya idora qila boshladi. XIX asrning 80-yillaridan mamlakatda xalqning norozilik namoyishlari, mitinglar, ish tashlashlar avj oldi. 1885-yil qator milliy tashkilotlar birlashib, Hindiston milliy kongressi (HMK)ga uyushdi. XX asr boshlari unda B. Tilak boshchiligida soʻl demokratik oqim shakllandi. 1905—1908-yillarda milliy ozodlik harakati yanada avj oldi. Ayniqsa, 1908-yilgi Bombay ish tashlashi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Buyuk Britaniya hukumati milliy ozodlik harakatini diniy jamoa belgilari boʻyicha boʻlib tashlashga harakat qildi va 1906-yil Musulmonlar ligasi partiyasining paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. Unga qarshi hindularning Hindu maxasabxa (hindularning buyuk ittifoqi) siyosiy tashkiloti tuzildi. Birinchi jahon urushi davri (1914—1918)da Hindiston metropoliya tomonida urushda qatnashdi. 1918-yildan mustamlakachilikka qarshi kurash yanada avj oldi. Bu davrda HMK rahbarlaridan biri boʻlgan M.K.Gandi mustamlakachilarga qarshi kurashning satyagraxa (kuch ishlatmasdan qarshilik koʻrsatish) shaklini targʻib qildi. Gandi taʼlimotigandizm HMK partiyasining rasmiy mafkurasiga aylandi. Ingliz mustamlakachilarining Amritsar qirgʻini (1919-yil aprel)dan soʻng dekabrda HMK itoat qilmaslik kompaniyasini avj oldirdi. 1918—1922-yillarda ishchilar harakati kuchaydi. 1920-yilda Hindiston kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1923—1927-yillarda milliy ozodlik harakati vaqtincha susaydi. 1927-yil HMKda anti imperialistik kurashni faollashtirish tarafdorlarini birlashtirgan soʻl qanot vujudga keldi. Unga J.Neru va S.Ch.Bos rahbarlik qildilar. 1929—1930–yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni anti imperialistik harakatni yangi bosqichga koʻtardi. 1930-yil HMK M.Gandi rahbarligida yana boʻysunmaslik kampaniyasini boshlab yubordi. 1931-yil martda HMK rahbarlari mustamlakachi hukmron doiralar bilan muzokara boshladi. Har ikki tomon kelisha olmagach, boʻysunmaslik kampaniyasi davom ettirildi (1934-yilgacha). 1935-yil Angliya parlamenti Hindistonni boshqarish toʻgʻrisida hujjat (qonun) qabul qildi. Bunga koʻra, viloyatlarning muxtor huquqlari bir oz kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat tuzildi, lekin hokimiyat ilgarigidek ingliz mustamlakachilari qoʻlida qolaverdi. Mamlakatda bu reaksion hujjatga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi. 1936-yil HMK imperialistik kuchlarga qarshi yagona front tuzish vazifasini ilgari surdi. Ikkinchi jahon urushi (1939-45) davrida Hindiston antifashistik koalitsiya tomonida boʻldi. Urush soʻnggida Hindiston bilan Angliya imperializmi oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar keskin kuchaydi. 1946-yil boshida armiya, flot va aviatsiyada inglizlarga qarshi ommaviy chiqishlar boʻlib oʻtdi. 1946-yil 18-23-fevralda Bombaydagi harbiy dengizchilar qoʻzgʻoloni inqilobiy harakatning yuqori choʻqqisi boʻldi. Angliya hukumati milliy harakat rahbarlari bilan muzokara boshlab, 1946-yil bahorda Hindistonga dominion maqomini berishga qaror qilganligini eʼlon qildi. 1946-yil avgustda Javaharlal Neru boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. Milliy ozodlik harakatining avj olib ketishi natijasida ingliz mustamlakachilari Hindistondan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1947-yil 15-avgustda Hindiston hududida ikki mustaqil davlat – Hindiston (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan iborat) dominionlari vujudga keldi. Hindistonning birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J. Neru boʻldi. 1950-yil 26-yanvarda Hindiston suveren respublika deb eʼlon qilindi. Mamla-katda agrar islohotlar oʻtkazila boshlandi. Sanoatda davlat sektorini yaratish va uni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligida zamindorlik yer egaligini tugatish yoʻllari bel-gilandi. 1964-yil mayda Neru vafotidan soʻng HMK partiyasining ahvoli ogʻirlashdi. 1965-yil kuzda Hindiston – Pokiston mojarosi yuz berdi. 1966-yil Toshkent uchrashuvitsya imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki mamlakat oʻrtasidagi nizolarni hal qilinishiga asos boʻldi. 1966-yil yanvarda L. B. Shastri vafotidan soʻng J.Neruning qizi – I. Gandi Hindiston Bosh vaziri boʻldi. 1977-yil martda parlamentga oʻtkazilgan saylovda Janata parti (partiyasi) gʻolib chiqdi. Bu HMKning keyingi 30 yil (1947-77) mobaynidagi birinchi yirik magʻ-lubiyati edi. Janata parti yetakchisi M. Desai Hindiston Respublikasining toʻrtinchi Bosh vaziri boʻldi. 1977-yil martdagi magʻlubiyatdan keyin HMK partiyasi inqiroz davrini boshidan kechirdi. Partiyaning bir qancha koʻzga koʻringan rahbarlari Janata partiga oʻtib ketdi. 1978-yil yanvarda sobiq Bosh vazir I. Gandi va uning bir qancha tarafdorlari HMK dan chiqib, yangi partiya – HMK(I)ni tuzdilar. 1980-1989, 1991-1996 yillar va 2004-yildan HMK [1978-yildan HMK (I)] hokimiyat tepasida. Hindiston – 1945-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 26-dekabrda UzR suverenitetini tan olgan va 1992-yil 18-martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 26-yanvar – Respublika kuni (1950) va 15-avgust – Mustaqillik kuni (1947). Arxeologik topilmalar Hindistonda odamlar tosh davridayoq yashaganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi  2-ming yillikning 1-yarmida Hind daryosi vodiysida yuksak darajada rivojlangan shahar madaniyati vujudga kelgan Xarappi madaniyati. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida shimoli-gʻarbdan Hindistonga oriylar kirib kelib, avval Panjob, keyinchalik Gang daryosi vodiysida joylashishgan. Miloddan avvalgi 6-asrda shimoliy Hindistonning sharqiy qismida, Gang va Jamna daryolari havzalarida Magaya davlati boʻlgan. Miloddan avvalgi 6-4-asrlarda iqtisodiy taraqqiyot qadimgi hind jamiyatida turmush sharoitlarini ancha oʻzgartirdi. Kullar va yollanma ishchilarning mehnatidan dehqonchilik, hunarmandchilik va konchilik ishlarida foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi diniy-sektantlik harakatini paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm dinlari vujudga keldi. Miloddan avvalgi 4-asr oʻrtalarida Nandalar sulolasi davrida qariyb butun Hind daryosining vodiysi magadha davlati tasarrufida boʻlgan. Magadha davlati ravnaq topgan davrda Hind daryosi havzasining bir qismini Ahamoniylar bosib oldi. Miloddan avvalgi 327—325-yillarda Hindistonga Iskandar Maqduniy bostirib kirdi. Magadha davlatining bosqinchilik urushlari Maorilar imperiyasi davrida ham davom etdi. Podsho Ashoka hukmronligida qariyb butun Hindiston va hozirgi Afgʻonistonning bir qismi Maorilarga qarashli edi. Milodiy 1-asrda Hindiston shimolining katta qismi kushonlar qoʻl ostiga oʻtdi Kushon podsholigi. Kushonlar davlati yemirilgach, 4-asrda Hindiston shimolda yana Magadha dalvati ravnaq topdi. Keyinchalik Guptalar sulolasi davrida shimoliy Hindistonning talaygina qismi – sharqda Bengaliya qoʻltigʻidan gʻarbda Panjob va Katxiyavar yarim orolgacha boʻlgan hudud Magadha davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda Dekapda Vakataka, Pallavlar, Vanga kabi davlatlar mavjud boʻlgan. 2-4-asrlarda bu yerda quldorlik tuzumi yemirila boshlagan. 6-12-asrlarda Hindistonda bir necha davlat mavjud boʻlgan. 7-asrning 1-yarmida mahalliy podsholardan biri Harsha Hindiston shimoldagi bir necha davlatlarni zabt etib, Harsha imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30 yil hukm surdi. 8-asr boshlarida arablar Sindni bosib oldilar. 11-asr boshlarida Mahmud Gʻaznaviy Hindiston shimoliga bir necha marta hujum qilib, Panjobning bir qismini oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. 12-asr oxiri  13-asr boshlarida Hindiston shimolini Gʻuriylar davlati hukmdori Muhammad Gʻuriy zabt etdi. Uning oʻlimidan soʻng Gʻuriy noiblaridan biri Qutbiddin Oyboq Dehli sultonligiga asos soldi. 14—15-asrlarda hind rojalarining hokimiyati saqlangan Rajputana Rojasthondan tashqari Hindiston shimolda mustaqil Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malva hamda Dekanning shimolda Baxmoniy sultonligi paydo boʻldi. Afgʻonlarning Loʻdiylar sulolasi hukmronligi davri (1451—1526)da Gang daryosi vodiysining talaygina qismi sultonlikka qoʻshib olindi. 15-asr oxirida Hindistonga dastlabki yevropalik mustamlakachilar — portugallar kirib keldi va 16-asrning 1-yarmida ular dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526-yil aprelda Zahiriddin Muhammad Bobur panipatdagi jangda Ibrohim Loʻdiyni yengib, Dehli sultonligini egalladi va Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi (bu davlat 1858-yilgacha mavjud boʻlgan). 17-asr boshlarida Hindistonga Angliya va Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyalari suqilib kirdi va portugallarni Hindiston bilan olib borayotgan dengiz savdosidan mahrum qilib, mamlakatda qator zavodlar (savdo-sotiq punktlari) ocha boshladi. 1664-yil fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyasi ham tashkil etildi. Boburiylar oʻrtasidagi oʻzaro ichki kurash ingliz va fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyalariga Hindistonda harbiy ekspansiya uyushtirish imkonini berdi. Hindistonda ustunlikka erishish uchun bu ikki kompaniya oʻrtasida Janubiy Hindistonda boʻlib oʻtgan janglar (1756-1763) natijasida Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi gʻolib chiqib, Bengaliyani zabt etdi, Karnatik va Aud xonliklarini oʻz vassallariga aylantirdi. 1803-yil Dehli bosib olingach, boburiy podsholar inglizlar Ost-Indiya kompaniyasiga mutlaq qaram boʻlib qoldi. 1833-yil Ost-Indiya kompaniyasi savdo tashkiloti sifatida tugatilib, unga Hindistonni mustamlakachilik asosida boshqarish vazifasi yuklatildi. Hindiston sekin-asta Buyuk Britaniyaga qishloq xoʻjaligi xom ashyosi yetkazib beradigan bazaga aylanib qoldi. 19-asr oʻrtalarida mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 1857—1859-yillarda boʻlib oʻtgan mashhur sipohiylar qoʻzgʻoloni Hindiston xalq qoʻzgʻoloni Hindistonning keyingi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 1858-yil Ost-Indiya kompani-yasi tugatilib, Hindistonni bevosita Buyuk Britaniya idora qila boshladi. 19-asrning 80-yillaridan mamlakatda xalqning norozilik namoyishlari, mitinglar, ish tashlashlar avj oldi. 1885-yil qator milliy tashkilotlar birlashib, Hindiston milliy kongressi (HMK)ga uyushdi. 20-asr boshlari unda B. Tilak boshchiligida soʻl demokratik oqim shakllandi. 1905-1908 yillarda milliy ozodlik harakati yanada avj oldi. Ayniqsa, 1908-yilgi Bombay ish tashlashi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Buyuk Britaniya hukumati milliy ozodlik harakatini diniy jamoa belgilari boʻyicha boʻlib tashlashga harakat qildi va 1906-yil Musulmonlar ligasi partiyasining paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. Unga qarshi hindularning Hindu maxasabxa (hindularning buyuk ittifoqi) siyosiy tashkiloti tuzildi. Birinchi jahon urushi davri (1914-1918)da Hindiston metropoliya tomonida urushda qatnashdi. 1918-yildan mustamlakachilikka qarshi kurash yanada avj oldi. Bu davrda HMK rahbarlaridan biri boʻlgan M.K.Gandi mustamlakachilarga qarshi kurashning satyagraxa (kuch ishlatmasdan qarshilik koʻrsatish) shaklini targʻib qildi. Gandi taʼlimoti — gandizm HMK partiyasining rasmiy mafkurasiga aylandi. Ingliz mustamlakachilarining Amritsar qirgʻini (1919-yil aprel)dan soʻng dekabrda HMK itoat qilmaslik kompaniyasini avj oldirdi. 1918-1922-yillarda ishchilar harakati kuchaydi. 1920-yilda Hindiston kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1923—1927-yillarda milliy ozodlik harakati vaqtincha susaydi. 1927-yil HMKda anti imperialistik kurashni faollashtirish tarafdorlarini birlashtirgan soʻl qanot vujudga keldi. Unga J.Neru va S.Ch.Bos rahbarlik qildilar. 1929—1930-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni anti imperialistik harakatni yangi bosqichga koʻtardi. 1930-yil HMK M.Gandi rahbarligida yana boʻysunmaslik kampaniyasini boshlab yubordi. 1931-yil martda HMK rahbarlari mustamlakachi hukmron doiralar bilan muzokara boshladi. Har ikki tomon kelisha olmagach, boʻysunmaslik kampaniyasi davom ettirildi (1934-yilgacha). 1935-yil Angliya parlamenti Hindistonni boshqarish toʻgʻrisida hujjat (qonun) qabul qildi. Bunga koʻra, viloyatlarning muxtor huquqlari bir oz kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat tuzildi, lekin hokimiyat ilgarigidek ingliz mustamlakachilari qoʻlida qolaverdi. Mamlakatda bu reaksion hujjatga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi. 1936-yil HMK imperialistik kuchlarga qarshi yagona front tuzish vazifasini ilgari surdi. Ikkinchi jahon urushi (1939-45) davrida Hindiston antifashistik koalitsiya tomonida boʻldi. Urush soʻnggida Hindiston bilan Angliya imperializmi oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar keskin kuchaydi. 1946-yil boshida armiya, flot va aviatsiyada inglizlarga qarshi ommaviy chiqishlar boʻlib oʻtdi. 1946-yil 18-23-fevralda Bombaydagi harbiy dengizchilar qoʻzgʻoloni inqilobiy harakatning yuqori choʻqqisi boʻldi. Angliya hukumati milliy harakat rahbarlari bilan muzokara boshlab, 1946-yil bahorda Hindistonga dominion maqomini berishga qaror qilganligini eʼlon qildi. 1946-yil avgustda Javaharlal Neru boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. Milliy ozodlik haraka-tining avj olib ketishi natijasida ingliz mustamlakachilari Hindistondan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1947-yil 15-avgustda Hindiston hududida ikki mustaqil davlat – Hindiston (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan iborat) dominionlari vujudga keldi. Hindistonning birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J. Neru boʻldi. 1950-yil 26-yanvarda Hindiston suveren respublika deb eʼlon qilindi. Mamlakatda agrar islohotlar oʻtkazila boshlandi. Sanoatda davlat sektorini yaratish va uni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligida zamindorlik yer egaligini tugatish yoʻllari belgilandi. 1964-yil mayda Javaharlal Neru vafotidan soʻng HMK partiyasining ahvoli ogʻirlashdi. 1965-yil kuzda Hindiston–Pokiston mojarosi yuz berdi. 1966-yil Toshkent uchrashuvida imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki mamlakat oʻrtasidagi nizolarni hal qilinishiga asos boʻldi. 1966-yil yanvarda L. B. Shastri vafotidan soʻng J.Neruning qizi — I. Gandi Hindiston Bosh vaziri boʻldi. 1977-yil martda parlamentga oʻtkazilgan saylovda Janata partiyasi gʻolib chiqdi. Bu HMKning keyingi 30 yil (1947—1977) mobaynidagi birinchi yirik magʻlubiyati edi. Janata parti yetakchisi M. Desai Hindiston Respublikasining toʻrtinchi Bosh vaziri boʻldi. 1977-yil martdagi magʻlubiyatdan keyin HMK partiyasi inqiroz davrini boshidan kechirdi. Partiyaning bir qancha koʻzga koʻringan rahbarlari Janata partiyasiga oʻtib ketdi. 1978-yil yanvarda sobiq Bosh vazir I. Gandi va uning bir qancha tarafdorlari HMK dan chiqib, yangi partiya — HMK(I)ni tuzdilar. 1980—1989, 1991—1996-yillar va 2004-yildan HMK [1978-yildan HMK (I)] hokimiyat tepasida. Hindiston 1945-yildan BMT aʼzosi boʻlgan. 1991-yil 26-dekabrda UzR suverenitetini tan olgan va 1992-yil 18-martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 26-yanvar — Respublika kuni (1950) va 15-avgust — Mustaqillik kuni (1947).

Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston milliy kongressi (I) partiyasi, HMK (1885-yil 28-dekabrda tashkil etilgan)dagi boʻlinishdan keyin 1978-yil yanvarda tuzilgan; Bxaratiya janata parti, Janata parti (1977-yil tuzilgan)ning boʻlinishi natijasida 1980-yil aprelda tashkil etilgan; Janata dal partiyasi, 1988-yil 11-oktabrda tuzilgan; Hindiston Kommunistik partiyasi, 1925-yil 26-dekabrda asos solingan; Hindiston Kommunistik partiyasi (marksistik), 1964-yil noyabrda tuzilgan. Umumhindiston kasaba uyushmalari kongressi, 1920-yil tuzilgan; Hindiston kasaba uyushmalari milliy kongressi, 1947-yil asos solingan; Hind kasaba uyushmalari markazi, 1970-yil tashkil etilgan.

Hindiston — agrar-industrial mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish, jalb qilinayotgan xorij sarmoyasi hajmi jihatidan dunyodagi rivojlangan oʻnta davlat qatoriga kiradi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 25%, sanoat 30%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 45%ini tashkil etadi. Yalpi milliy mahsulotining 28%ini tashkil etuvchi davlat sektori harbiy sanoat tarmoqlari, atom energetikasi, transport va aloqada yetakchi oʻrin egallaydi.

Qishloq xoʻjaligida mayda dehqon xoʻjaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8 mln.dan ortiq fermer xoʻjaligi bor. Ishlanadigan yerlar (165 mln. gektar) mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil etadi; shundan 141 mln. gektari faqat ekinzor (35 mln. gektaridan yiliga ikki marta hosil olinadi). Qishloq xoʻjaligi maydonining 20%i sugʻoriladi. Mamlakatda aholi soni koʻp boʻlishiga qaramay, uning qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilibgina qolmay, koʻp qismini eksport ham qiladi. Qishloq xoʻjaligi dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari — sholi, bugʻdoy, tariq, dukkakli don ekinlari va moyli oʻsimliklar. Hindiston shakarqamish, yer yongʻoq, choy, jut, kanakunjut, paxta yetishtirish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Shuningdek, kauchuk, kofe, makkajoʻxori, tamaki, qalampir, ziravorlar (murch, kardamon, mushk, dolchin va hokazo) yetishtiriladi. Hindistonda kakos palmasi, banan, sitrus va boshqa mevali daraxtlar ham oʻstiriladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi, tuya, parranda boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Oʻrmon xoʻjaligida qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.

Sanoatida marganes, slyuda (dunyoda oldingi oʻrinlardan birida), toshkoʻmir, titan, temir rudasi, ol-tin, tabiiy gaz, xromit, neft, bok-sit va boshqa qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 380 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (uning 4/5 qismi issiqlik elektr stansiyalarida, 1/7 qismi GESlarda); AESlar ham bor. Yetakchi sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik (asosan, jut va ip-gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati. Neftni qayta ishlash, sement, qogʻoz, shisha-oyna ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik rivojlangan. Dunyodagi axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi korxonalarning yarmidan koʻpi Hindistonda joylashgan. Yadroviy texnologiyalar va koinotni zabt etish boʻyicha yetakchi oʻrinda. Hindistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining 40% ga yaqinini mayda va hunarmandchilik korxonalari beradi.

Transportida temir yoʻl transporti muhim rol oʻynaydi. Transport yoʻllar uzunligi 75 ming km (15% elektrlashtirilgan). Avtomobil yoʻllari uzunligi 3 mln. km dan ortiq. 1984-yil Kalkutta shahrida met-ropoliten ishga tushgan. Mamlakatda kemalar qatnaydigan daryo yoʻllari soni 14 ta. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining 90% dengiz yoʻllari orqali amalga oshiriladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 10366 ming t ded-veyt. Yirik dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin, Vishakhapatnam, Chennay. Hindistonning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar bilan havo yoʻllari orqali bogʻlangan. Asosiy aeroportlari Bombay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Chennay, Bxubaneshvar, Maduray shaharlarida joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat qiladigan 90 ta aeroport mavjud.

Tashqi savdosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jundan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar, konserva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, isteʼmol mollari va boshqa oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – Hindiston rupiyasi.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatda sogʻliqni saqlash amaliyotida xalq tabobati ham keng qoʻllaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida, 16 nafari tish shifokorlari kollejlarida va 12 nafari boshqa tibbiyot bilim yurtlarida, oʻrta tibbiyot xodimlari 480 tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda koʻplab tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona va ambulatoriya tarmoqlari mavjud. Asosiy kurort maskanlari: Gujarot shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, Daman, Maharashtra shtatidagi Madha, Marv, Karnatakadagi Ullal, Udili, Mangamuru va boshqalar.

Hindistonda ikki turdagi sogʻliqni saqlash muassasalari mavjud. Biri xususiy sogʻliqni saqlash, ikkinchisi davlat sogʻliqni saqlash xizmatlari. Hindistonda oʻziga xos farq bilan tan olingan 6 ta tibbiyot tizimi mavjud. Bular Ayurveda, Sidda, Unani, Yoga, Naturopatiya va Gomeopatiya.[2]

Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston mustaqillikka erishgan paytda mamlakat aholisining 96% savodsiz boʻlgan. 1949-yilda qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul majburiy taʼlim joriy etildi. 2005-yilda savodxonlik darajasi 52% ga yetdi. Mamlakatda katta yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish maqsadida maxsus maktablar ochilgan boʻlib, ularda 120 mln. kishi shugʻullanadi. Hindistonda xalq taʼlimi tizimi maktabgacha taʼlim muassasalari, boshlangʻich va kichik asosiy maktab, toʻliqsiz oʻrta va toʻliq oʻrta maktabdan iborat. Malakali ishchilar hunar bilim yurtlarida tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 5—6-yil va oʻqish pulli. Davlat oʻquv yurtlari bilan birga xususiy oʻquv yurtlari ham mavjud. Mamlakatda 219 universitet va institut hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Yirik va qadimgi oliy oʻquv yurtlari: Bombay universiteti, Kalkutta universiteti, Chennay universiteti va boshqa asosiy kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy kutubxona (1902-yil tashkil etilgan), Dehlidagi ommaviy kutubxona (1951), Chennaydagi ommaviy markaziy kutubxona (1896) va boshqa Mamla-katda 460 dan ortiq muzey faoliyat yuritadi. Yiriklari: Chennaydagi davlat muzeyi (1851-yil tashkil etilgan), Dehlidagi hozirgi zamon sanʼati milliy galereyasi (1954), Yangi Dehli (Nyu-Deli)dagi Milliy muzey, Varanasi shahridagi Sanʼat muzeyi, Kalkuttadagi Hindiston muzeyi (1814), Birla Texnologiya muzeyi, Bombaydagi Gʻarbiy Hindiston muzeyi, Dehlidagi J. Neru (1964), M. Gandi (1948) memorial muzeylari.

Hindistonda ilmiy tadqiqotlar universitet va maxsus markazlarda, ilmiy jamiyat va assotsiatsiyalarda, fanlar akademiyalarida olib boriladi. Hindiston milliy fanlar akademiyasi eng yirik ilmiy muassasa hisoblanadi. Institutlarga Ilmiy va sanoat tadqiqotlari kengashi, Atom energiyasi boʻyicha komissiya, Qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari boʻyicha Hindiston kengashi, Tibbiyot tadqiqotlari boʻyicha Hindiston kengashi, Universitetlarni mablagʻ bilan taʼminlash komissiyasi, Mudofaa tadqiqotlari tashkiloti rahbarlik qiladi. Hindiston ilmiy kongressi assotsiatsiyasi Hindistonning eng ommaviy ilmiy jamiyatidir. Hindistonda 130 maxsus ilmiy tadqiqot muassasasi, 700 dan ortiq ixtisoslashgan laboratoriya ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Mamlakatda ilmiy tadqiqot bilan 2,5 mln. kishi shugʻullanadi.

Matbuot, radioeshittirish va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindistonda 84 tilda umumiy adadi 51 mln. nusxadan iborat 19 ming gazeta, 35 mln. nusxadan iborat 18 ming jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Indian ekspress“ („Hind eksprsssi“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1932-yildan), „Xindustan tayms“ („Hindiston vaqti“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1923-yildan), „Tayms of In-dia“ („Hindiston vaqti“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1838-yildan), „Steytsmen“ („Davlat arbobi“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1875-yildan), „Neshnl gerald“ („Milliy xabarchi“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1938-yildan), „Nav bharat tayms“ („Yangi Hindiston vaqti“, hind tilidagi kundalik gazeta, 1947-yildan), „Naya patx“ („Yangi yoʻl“, oylik badiiy va ijtimoiy-siyosiy jurnal, 1954-yildan), „Forin affers riports“ („Xalqaro munosabatlar xabarchisi“, ingliz tilidagi oylik jurnal, 1952-yildan), „Hayot“ (urdu tilidagi haftanoma, 1963-yildan), „Hindu“ (ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1878-yildan), „Hindustan“ (hind tilidagi kundalik gazeta, 1933-yildan), „Blits“ („Chaqmoq“, ingliz, urdu, hind, marathiy tillaridagi haftalik jurnal, 1941-yildan). Press Trast of Indiya, Hindistondagi eng yirik axborot agentligi (PTI), 1947-yil tashkil etilgan; Yunayted Nyus of Indiya (YUNI), Hindiston matbuot axborot agentligi, 1961-yil tuzilgan. Umumhindiston radiosi 1936-yildan, Umumhindiston televideniyesi 1976-yildan ishlaydi. Radioeshittirishlar 1927-yildan, telekoʻrsatuvlar 1959-yildan boshlangan.

Hind adabiyotining 3 ming yildan koʻproq anʼanasi vedalar — sanskrit tilidagi diniy madhiyalardan boshlanadi. Miloddan avvalgi X asrlarda xalq ogʻzaki ijodida yirik epik dostonlar – „Mahabharata“ va „Ramayana“ shakllandi. Qadimgi hind adabiyoti yodgorliklari — puranlar muqaddas matnlari bu dostonlar matnlariga yaqin. Qadimgi hind ertaklari toʻplamlaridan „Panchatantra“, „Xitopadesha“, „Vetalapanchavinshati“, „Shuksaptati“ mashhur. Mualliflik adabiyoti milodiy I asr boshlarida paydo boʻldi. Sanskrit adabiyotining buyuk shoiri va dramaturgi Kalidasatr. Bxasa (III-IV asr) va Shudraka (V-VI asr) ham mashhur dramaturg boʻlishgan. Sanskrit adabiyotida Bxo-vabxugi (VIII asr) ham sezilarli iz qoldirdi. Dandin (VI asr)ning „Oʻn shahzoda sar-guzashti“ romani sanskrit badiiy nasrining choʻqqisi hisoblanadi. Mil.ning dastlabki asrlaridan dravid tillari Dravidlarda, jumladan, tamil tshshtgi adabiyot Tamil adabiyoti rivojlandi. taxminan VII asrdan oʻrta asrlar adabiyotining tarixi boshlanadi. Sanskrit va tamil tilidagi adabiyot bilan bir qatorda boshqa tillarda ham adabiyot vujudga keldi. Yangi hind adabiyoti dravid va yangi hind-oriya tillarida 1-ming yillik oxiridan rivojlana boshladi. Keyinroq esa kashmir va sindh adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi adabiyot shakllana boshladi. Musulmon davlatlarining paydo boʻlishi va islom dinining keng tarqalishi natijasida Hindistonning fors tilidagi adabiyoti yuzaga keldi (Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil va boshqalar). Shoirlardan Vali (XVII-XVIII аsr), Mir Toqiy, Mirzo Gʻolib va boshqa urdu sheʼriyatining eng yaxshi namunalarini yaratdilar. 19-asrning 2-yarmida milliy ozodlik harakatining rivojlanishi natijasida adabiyotda hind maʼrifatparvarlik davri boshlandi. Bu davr adabiyotida Dinobondxu Mittro, Premchand Mittro, Bonkimchondro Choddopaddqay va Bengaliyaning boshqa yozuvchilari samarali ijod qilishgan. Ayni vaqtda ingliz tilida ijod qilgan dastlabki shoirlar (G. L. V. Derozio, K. Gosh, T. Datt)ning sheʼrlarida ingliz romantizmining taʼsiri seziladi. 20-asrning 20-yillarida mustaqillik uchun kurash hind adabiyotining markaziy mavzusi boʻlib qoldi. Bu davrning buyuk yozuvchisi bengaliyalik R. Tagor boʻldi. Fors va urdu tillarida ijod qilgan shoir M.Iqbol oʻz asarlarida yuksak badiiylikka erishdi. 1930-yillarning oʻrtalarida taraqqiyparvar yozuvchilarning harakati vujudga keldi. 20-asrning 30-yillarida Hindistonda ingliz tilidagi nasr paydo boʻldi (M. R. Anand, N. K. Narayan, X. Chattopadxaya va boshqalar). 1936-yil Iremchand, M. R. Anand va Sajjod Zohirlar tashabbusi bilan Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar assotiatsiyasi tuzildi. Gandizm adabiyotga chuqur taʼsir koʻrsatdi. Inqilobiy romantik oqim shakllana boshladi (Joʻsh Malihobodiy). Sheʼriyat shakllari yangilandi, nasr tez rivojlana boshladi. Ayni vaqtda dekadentlik oqimlari ham paydo boʻldi (I.Joʻshi, M.Varma). Hindistonning mustaqillikka erishishi (1947) ilgʻor adabiyotning rivojlanishiga yordam berdi. Mustamlakachilik qoldiqlarini yoʻqotish uchun kurash va iqtisodiyotning yuksalishi ilgari qoloq boʻlgan bir qator adabiyotlarning rivojlanishiga hamda yangi adabiyotlarning shakllanishiga imkoniyat tugʻdirdi. Hindistonning milliy tillaridagi adabiyotlar bilan bir qatorda ingliz tilidagi adabiyot ham rivojlangan. 1940—1960-yillarda Hindistonda hind progressiv adabiyot namoyandalari A. S. Jafri, S. K. Chouxan, Xoʻja Ahmad Abbos, Yashpal, A. N. Kasmi, A.Nagar va boshqa oʻz asarlarida mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni koʻtarib chiqib, jamiyatdagi eng dolzarb masalalarni hal etishga daʼvat etdilar. Milliy adabiyot vakillaridan B.Bxattachoriya, M. R. Anand, M.Bondopaddxay, T. Bondopaddxay, G.Singx, R. V. Desai, R.Krishnamurti, R.Amaxadevan, Vshʼchatxol va boshqa oʻz asarlarida mamlakatda iqtisodiy istiqlolga erishish, qashshoqlikni bartaraf etish, savodsizlikni tugatish, xalqning maʼnaviy darajasini oshirish kabi muammolarni koʻtarib chiqdilar. Progressiv yozuvchilar Sh. Chou-xan, X. Dvidedining gʻoyaviy estetik qarashlari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy hodisa va jarayonlar bilan chambarchas bogʻlangan. Yozuvchi I.Joʻshi hind adabiyotida „psixologik adabiyot“ vakili sifatida namoyon boʻldi. Yozuvchi va dramaturg V.Prabxakara oʻz asarlarida mustaqil Hindistonning ijtimoiy muammolarini haqqoniy tarzda tasvirladi. 1980—1990-yillarda M.Rakesh, Kamleshvar, B. Saxni, J.Kumar, Dug-gal, A.Pritam, K.Azmi, Saksena, Vimal va boshqa adiblar samarali ijod qildilar Xsh") adabiyoti.

Hindistonda miloddan avvalgi 3-1-ming yilliklardayoq mudofaa, xoʻjalik va turar joy binolari, bogʻ va suv havzalari boʻlgan yirik shaharlar (Sanghol, Lothal, Mathura, Pataliputra) qurilgan. Miloddan avvalgi IV-II asrlarda ulkan qalʼa, saroylar (Pataliputradagi podsho Ashoka saroyi), diniy ashyolarga moʻljallangan inshoot — stupalar, memorial ustun (stambxa)lar, gʻor ibodatxonalari (Karlida, miloddan avvalgi I asr; Ajantat, miloddan avvalgi II asr — milodiy VII asr) va monastirlar, ehromlar yaratilgan. Milod boshlarida budda ibodatxonalarining yangi turlari (Sangida yer ustiga qurilgan toʻrt kolonnali peshayvondan iborat kub shaklidagi ibodatxona, V asr; Ellorda yaxlit qoyatoshni oʻyib ishlangan ibodatxona, VIII asr) paydo boʻldi. VI-VII asrlarda ibodatxonalarning silliq minora shaklidagi shimoliy (MadyaPradesh shtatida joylashgan Kxajuraxo ibodatxonalar majmuasidagi Kandarya Maxadeo va Bxubaneshvar shahridagi Mukteshvara ibodatxonalari) va zinasimon minora shaklidagi janubiy (Maxabalipuramdagi Dxarmarajaratxa ibodatxonasi) turlari shakllandi. Shu davrda Banoras shahrida hindular ibodatxonalari qurildi; shaharda 1500 ga yaqin ibodatxona bor. XIII asrdan Dehli sultonligi davrida yirik saroy ansambllari, masjid, gumbazsimon maqbara, minoralar (Dehlidagi Qutb Minor deb atalgan minorali Quvvatul-Islom masjidi, 1 193 yildan qurila boshlangan) hamda mustahkam qalʼa devorlari bilan oʻralgan shaharlar (Siri, Jaqonpano, Tugʻlaqobod, Feruzobod; ammasi XIV asrda oz. Dehli xududida) qurildi. Boburiylar davlati tashkil boʻlgach, Hindiston meʼmorligi yuksak choʻqqilarga erishdi: shahar va qalʼa qurilishi sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi (Agra, Ajmer, Ollohoboddagi qalʼalar, „Fatehpur-Sekri“ shahar qalʼasi, 1569—1584), qubbasimon maqbaralar (Dehlidagi Xumoyun maqbarasi, 1565; Agra shahri yaqinidagi Tojmahal) qurildi.

Qurilishda marmar eng koʻp ishlatiladigan qurilish materialiga aylandi. Ayni paytda Hindistonning ayrim hududlarida meʼmorlikda mahalliy kolorit saqlanib qoldi (Asarvdagi Dadagarir buloq paviloni, XVI asrda, Datiyadagi Bir Singx Deo saroyi, XVII asr boshi). 16-asrda yaratilgan Haydaroboddagi Chor Minor Zafar arki, uning yaqinidagi Makka masjidi, Ahmadoboddagi chayqalib turadigan minoralar ulkan tarixiy obidalardir. XVII asrda „Marvarid“ nomi bilan atalgan masjid, Jahongirshohning marmardan qurilgan maqbarasi, Dehlidagi Rang Mahal saroyi, durlar bilan bezatilgan masjid, sikhlarning Amritsardagi sajdagohi – Oltin ibodatxona bunyod etildi. Baromi (Rojasthon), Kanarak (Orissa), Kajuraxo (Madhya-Pradesh)dagi ibodatxonalar hind meʼmorligining bebaho yodgorliklariga aylandi. XIX asrda eski shaharlar (Kalkutta, Madras, Bombay) rivojlandi va Yevropa meʼmorligi uslubidagi inshootlar bunyod etildi. Mustaqillikka erishgach, mamlakatni industrlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan qurilishlar avj oldi. Yangi shaharlar qurildi (Chandigarx, 1951—1956, Le Korbyuzye boshchiligidagi meʼmorlar guruhi; Bxilai, 1963-yildan qurila boshlangan, hind meʼmorlari guruhi). Zamonaviy binolardan yiriklari: Kalkuttadagi bank (1969, meʼmor A.Gupta), M.Gandi muzeyi (1960—1963, meʼmor Ch. Korrea), Kanpur shahridagi Texnologiya instituti (1963, meʼmor A.Kanvinde), Bombaydagi „Tojmahal“ mehmonxonasi (1975).

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston janubda tosh davriga oid gʻorlardagi rasmlar, qizdirilgan loydan tayyorlangan buyumlar, zargarlik bezaklari saqlangan. Mohenjodaro, Xarappa va Hind daryosi havzasining markazlarida miloddan avvalgi 3-2-ming yillikda ilk sinfiy jamiyat sanʼati rivojlandi (hayvon va mifologik obrazlar tasvirlangan boʻrtma muhrtumorlar, haykalcha va boshqalar). Miloddan avvalgi IV-II asrlarda toshdan yodgorliklar tayyorlandi (Didarganjadan topilgan maʼbudalar haykali, Sarnatxadan topilgan „Sherali kaptel“). Milodiy I-V asrlarda Kushon podsholigi davrida Gandxara badiiy maktabiga mansub buddaviy haykallar yasash rivojlandi. V-VII asrlarda devoriy rassomlik gullab yashnadi (Ajantadat gʻor ibodatxonalar). X-XII asrlarda bronza haykaltaroshligi keng tarqaldi raqs tushayotgan Shiva (Natarajan) haykalchasi. XIII asrdan Dehli sultonligi va keyinchalik Boburiylar davlati davrida amaliy bezak sanʼati va kitob miniatyurasi taraqqiy etdi. Oʻrta asrlarda Hindistonda miniatyura sanʼati rivojlandi. Dastlabki hind miniatyura maktablaridan gujarot maktabi mashhur boʻlgan. XVI asrda miniatyura sanʼatining boburiylar maktabi vujudga keldi. Bu maktab vakillari tasvirning haqqoniy boʻlishiga intildi; tarixiy risolalarga bezaklar yaratish, portret va animalistik janrlar keng tarqaldi. Mustamlakachilik davrida Hindiston professional sanʼati deyarli rivojlanmadi, xalq hunarmandchiligi (gilam toʻqish, kashtachilik, toʻqish, fil suyagi va yogʻoch oʻymakorligi, qadama naqsh, tanga zarb qilish va boshqalar) taraqqiy etdi. XIX asr oxiridan zamonaviy rassomlik vujudga keldi (R. R. Varma). XX asr boshlarida, „Bengaliya uygʻonish davri“da koʻp rassomlar milliy anʼanalarni saqlab qoldilar (rangtasvirchilar A.Tagor, N.Bos, S.Ukil; haykaltarosh V. P. Karmarkar va boshqalar). Hindiston tasviriy sanʼatida turli oqim va maktablar, jumladan modernistik oqim rivojlangan. Rassomlar D. P. R. Choudxuri, B. N. Jija, S. N. Banerji, haykaltaroshlar K. Sen, Ch. Kar, P. D. Gupta, grafiklar X. Das va boshqa milliy sanʼat anʼanalarida asarlar yaratdilar. Hindistonda amaliy bezak sanʼati ham rivojlangan.

Musiqasi 4 ming yillik tarixga ega boʻlib, dunyoda eng qadimgi va oʻziga xos shakllardan tashkil topgan. Uning ildizlari xalq bayram va diniy marosimlari, Xarappa madaniyati (ayniqsa, Mohenjodaro taraqqiyot davri) bilan bevosita bogʻliq. Hindistonning qadimgi yozma yodgorliklari („Vedalar“ – „Rigveda“, „Samaveda“, „Atharvaveda“ va „Yajur-veda“; miloddan avvalgi 2-1 ming yilliklari)da diniy madhiyalar oʻz aksini topgan. Musiqashunoslar Hindistonda mumtoz musiqaning yuzaga kelishini bevosita „Samaveda“ bilan bogʻlashadi. Uning falsafiy-estetik va nazariy mezonlari Bharataning sanskrit tilida yozilgan „Natyashastra“ risolasida asoslab berilgan (taxminan milodiy III-IV asrlar), Matanganing „Brihadeshi“ risolasida (V-VII asrlar) hind mumtoz musiqasi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. sharangadevaning „Sangitaratnakar“ 7 jildli toʻplamida (XIII asr) hind ragalari, ularning parda va ritmik tuzilishi, milliy musiqa sozlari va boshqa masalalar yoritilgan. Ramamatyaning „Svaramelakalanidhi“ (XVI asr) hamda hind olimlarining boshqa risolalarida musiqiy tovushlar tizimi koinot quvvati sifatida yuzaga kelgan tovush (nada)lar hamda olam taraqqiyoti mahsuli boʻlmish usullar birlashuvi maʼnosida talqin etiladi. Kosmologik tasavvurlar asosida Kuyesh tizimining 7 ta sayyorasiga nisbat berilgan 7 ta asosiy parda, ular negizida 22 yarim tondan kam boʻlgan interval (shrutilar) tizimi yuzaga kelgan.

XIII asrdan boshlab Shimoliy Hindiston musiqa madaniyati Markaziy va Oʻrta Osiyo xalqlarining badiiy anʼanalari, musulmon sanʼati taʼsirida rivojlanib borgan. Buning natijasida hind mumtoz musiqasida 2 asosiy uslub qaror topdi: shimoliy („hindustani“) va janubiy („karnatak“). Janubiy Hindiston musiqa uslubi (karnatak) asosan anʼanaviy xonandalik sanʼati bilan ajralib turadi, unda ragalar negizida diniy qoʻshiqchilik janrlari — kirtan, pada (bastakorlar Purandaradasa, XV-XVI asrlar; Kshetrayn, XVII asr), kriti (mumtoz ashulaning asosiy turi; Shyam Shastri, Muttusvami Dikshitar, Tyagaraja ijodida ravnaq topgan, XVIII-XIX asrlar), yengil mumtoz musiqa janrlari – tillana (XVIII asr), javalli (XIX asr) va boshqa keng oʻrin olgan.

Shimoliy Hindiston mumtoz musiqasida eng muhim lirik janrlardan „dhrupad“ (Svami Haridas, Miyan Tansen, XVI-XVII asrlar), xonandalikda, soʻngra sozandalikda ham ishqiy va shirin kayfiyatni aks ettiruvchi, virtuozli „xayal“ (manbalarda uning asoschisi Amir Xusrav Dehlaviy hisoblanadi) janrlari keng oʻrin olgan. Mumtoz musiqa sohasida „thumri“, „gʻazal“, „kavalli“, soʻfiyona „kalam“, shuningdek, „dadra“, „tappa“, „tarana“lar ham mavjud.

Hind mumtoz musiqasi, musiqiy folklor, raqs sanʼati shakllari asosida anʼanaviy musiqiy teatr turlari — jatra, yakshagana, tamasha va boshqa tashkil topgan. Mumtoz raqs turlariga bharat natyam, kathakali, kathak, manipuri, odissa va boshqa kiradi.

Hind xalq musiqa ijodi turlarining boyligi va rang-barangligi Hindistonda turli millat vakillarining istiqomat qilishi, ular koʻp tillarda soʻzlashuvi bilan belgilanadi. Xalq musiqa cholgʻularidan urma dhol, dholak, damaru, udukkai, puflama kombu, singh, tiruchinnam, karnay, murali, mohori, nagasar, torli-chertma ektara, dutara, tuntune, jantar, torlikamonli kamaycha, banam, sarinda va boshqa keng oʻrin olgan. Professional musiqa sozlaridan vina, setor, sarod, tampura, sarangi, nay, bansuri, surnay, shohnay, nagasvaram, fisgarmoniya, pakhovaj, tabla, mridanga, ghatam va boshqa ommalashgan.

Hindistonda milliy ozodlik harakati va mustamlakachilikka qarshi kurashning kuchayishi (XIX asrning 1-yarmi va XX asrning oʻrtalari) milliy musiqa madaniyatining rivojlanishida muhim davrni boshlab berdi. Rabind-ranat Tagorning ijodi yorqin sahifa boʻlib qoldi. Faol ziyolilar orasida milliy musiqa meʼrosini oʻrganishga qiziqish kuchaydi. Yangi oʻquv yurtlari ochildi, jamoa tashkilotlari tashkil etildi: Madras (hozirgi Chennay)da musiqa akademiyasi (1928), Kerala sanʼat markazi (1930), Xalq sanʼatini saqlash Bengaliya jamiyati (1932), Dehlidagi Gandharva Mahavidyalay musiqa instituti (1939) va boshqa Vishnu Narayyana Bhatkhande, Vishnu Digambar Paluskar, Chinnasvami Mudalyar, Subbarama Dikshitar kabi musiqashunos olimlar hind musiqa madaniyatini rivojlantirishda oʻz ilmiy asarlari bilan katta hissa qoʻshdilar.

Hindiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach (1947), hind musiqasining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Teatrlarda yangi musiqali spektakllar qoʻyildi (Shila Vatsning „Qotgan yer“, Gʻulom Haydarning „Boʻysunmas Pan-job“, S.Shankarning „Poyezd“, G. D. Madgulkarning „Ram haqida qissa“ va boshqalar). Kino musiqasi kompozitorlik ijodini rivojlantirishda muhim omil boʻlib qoldi, unda milliy va Gʻarbiy Yevropa maktablarining uslubiy omillari uygʻunlashgan. natijada kompozitorlar tomonidan kino uchun xalqqa manzur kuy va qoʻshiqlar yaratildi. 1960-90 yillarda A.Vishvas, H.Kumar, S.Choudhuri, R.Barman, Ravi, Naushad, Xayyom, Madan Mohan kabi kompozitorlar kinomusiqa janrida ijod qilishgan, hozirgi kunda Shankar va Jeykishan, Lakshmikant Pyarelal, S. D. Barman, Anu Malik kabi kompozitorlar bu sohada faol ijod qilmoqda. Ular bastalagan kuy va qoʻshiqlarni Talat Mahmud, Gita Datt, Shamshod Begum, Manna Dey, Lata Mangeshkar, Muhammad Rafi, Mukesh, Asha Bhonsle, Usha Mangeshkar, shuningdek, Kumar Sanu, Alka, Yagnik, Anuradha Paudval, Sonu Nigam, Udit Narayyan, B.Subramaniam, Kavita Krishna Murthi, Ar Rahmon Hariharan, Adnan Sami va boshqa ijro etishgan.

Mumtoz musiqa ijrochiligida Ravi Shankar (setor), Bismilloh Xon, Ali Akbar Xon, Amjat Ali (sarod), Hariprasad Chaurasiya (nay), Pandit Ram Narayyan (sarangi), Pandit S. R. Vyas va Malikarjun Mansur (xonanda-raga), Subbulakshmi, Kishori Amonkar, Sandhya Mukerji (xonanda-raga), Mukesh Sharma (sarod), Irshad Xan (setor va surbahor), ustad Zokir Huseyn va Ilmas Huseyn Xon (tabla), Jagjit Singh (xonan-da-gʻazal), Gʻulom Ali (xonanda-gʻazal), Gulfam Ahmad (sarod va rabab) va boshqa mashhur.

Hindistonda musiqa maktablari va kollejlari, universitetlarda musiqa fakultetlari mavjud. Musiqa sanʼati sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari, sanʼatkorlarning ijrochilik faoliyatini muvofiklashti-ruvchi tashkilotlar, musiqa sanʼatiga oid konferensiya, forum, festivallarni tashkil etuvchi idoralar faoliyat koʻrsatmokda; bular orasida – Dehli musiqa, raqs va drama akademiyasi (Sangit Natak Akademi), Bombay ijrochilik sanʼati milliy markazi, Chennay musiqa akademiyasi mashhur. Milliy musiqa madaniyatining turli xil shakllarini targʻibot etishda Umumhindiston radiosi bosh vazifani bajarmoqda.

Hindistonda xalq teatr tomoshalari qadim zamonlardayoq paydo boʻlgan. Ular qabilalarning turli urf-odatlari, oʻyin va raqslari asosida vujudga kelgan. Xalq teatrining asosiy shakllari hozirgacha yetib keyagan. Aksariyat teatr tomoshalarining asosini qadimgi ind epik dostonlar – „Ramayana“ va „Mahabharata“tn olib oʻynaladigan sahnalar tashkil qilgan. Uning eng koʻp tarqalgan syujeti dostonlar qahramonlari – Rama va Krishna hayotidan olingan lavhalardan iborat. Anʼanaviy teatrlarning yorqin va taʼsirli vositalaridan biri raqsning bharatnatyam, kathakaliy, kathak, manipuriy kabi turlaridir. Janubiy Hindistondagi koʻp teatrlarning xoreografik asosini bharatnatyam va kathakaliy, Shimoliy Hindistondagi teatrlar xoreografik asosini kathak va manipuriy tashkil qiladi. Gʻarbiy Bengaliya va Orissada jatra lirik dramasi mashxur. Bunda tomoshalar ochiq joyda oʻtkazilgan, sahna va dekorapiyalar boʻlmagan. Xalq teatrlari Hindistonning boshqa rayonlari – Maharashtra (tomosha), Kashmir (joshi), Rojasthon (svangi)da ham boʻlgan. Hind mumtoz teatri taraqqiyotida xalq teatrlarining taʼsiri kuchli boʻldi. Uning gullagan davri Bxasa, Kalidasa va Shudraka ijodi bilan bogliq. XII-XIII asrlarda Hindiston mumtoz dramasi tanazzulga uchradi. XVI asrda Malabar sohillarida spektakllar tunda bayramlarda qoʻyiladigan diniy mavzudagi teatr paydo boʻldi. Bu teatrning sodda turi — tulal XVIII asrgacha saqlandi. XIX asrning 2-yarmida milliy ozodlik harakatining kuchayishi, milliy ongning oʻsishi Yevropa tipilagi teatrni vujudga keltirdi. Bengal, hind, marath tillarida dramaturgiya yaratildi. 1872-yil bengal dramaturgi G.Ghosh Milliy teatrga asos soldi. U hind teatr sanʼati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-yarmida hind teatrida yangi shakllarning paydo boʻlishi hind yozuvchisi R.Tagor nomi bilan bogʻliq. XX asrning 40-yillari professional va havaskor teatr jamoalari vujudga keldi; ular Xalq teatrlari assotsiatsiyasi (1943-yil asos solingan)ga birlashdilar. Mustamlakachilik tuzumining soʻnggi yillari mustamlakachilikni qoralovchi teatr tomoshalarining turli shakllari paydo boʻldi. Hindiston mustaqillikka erishgach, milliy madaniyat, jumladan, teatr sanʼati rivoj topdi. 1953-yilda Musiqa, raqs va drama akademiyasining ochilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Kalkuttada „Bohurupiy“, „Star“, „Rangmahal“, „Minerva“, Teatr markazi, „Tarun opera“, Dehlida „Yangi teatr“, Bombayda „Dramatik Vint“ teatrlari mashhur. Shuningdek, Ollohobod, Chennay, Banoras, Puna va boshqa shaharlarda ham doimiy teatrlar mavjud. Qoʻgʻirchoq teatri ham teatr tomoshalarining eng qadimgi turlaridan biridir. Soya teatri keng tarqalgan.

Hindistonning ilk filmi 1912-yilda ishlangan („Roja Xarishchandra“, rejissor D. G. Pxalke). Dastlabki ovozli kino 1931-yil ekranga chiqdi („Dunyo nuri“, rejissor A.Iraniy). 1930-yillarda, milliy ozodlik harakati avj olgan davrda ilgʻor ijtimoiy gʻoyalar bilan sugʻorilgan „Devdas“ (1935, rejissor P. S. Baruat), „Kutmagan edilar“ (1936), „Qoʻshnilar“ (1939, ikkalasining rejissor V.Shantaram) kabi filmlar yaratildi. 1947-yil Axborot va radioeshittirish vazirligi huzurida kinematografiya boʻlimi tashkil etildi. Xalq hayotini haqqoniy aks ettirgan filmlar paydo boʻldi („Yer farzandlari“, 1946, rejissor Xoʻja Ahmad Abbos; „Mazlumlar“, 1949, rejissor N.Ghosh). 1950-yillarda zamonning muhim ijtimoiy masalalariga bagʻishlangan „Daydi“ (1951, rejissor R.Kapur). „Ikki bigha yer“ (1953, rejissor B.Roy), „Yoʻldosh“ (1953, rejissor X. A. Abbos) yaratildi. Rejissor S.Reyning „Yoʻldagi qoʻshiq“ (1955), „Yengilmaganlar“ (1957), „Apulning dunyosi“ (1959)dan iborat kinotrilogiyasi jahon kino sanʼatida muhim voqea boʻldi. Oʻsha davrda rejissor G.Datt „Qogʻoz gullar“, „Chanqoqlik“, „Oy nuri“ filmlarini yaratdi. 1960-yillarda koʻngilochar musiqali filmlar yaratadigan Bombay studiyasidan farqli oʻlaroq real voqelikni aks ettiruvchi filmlar tayyorlaydigan Kalkutta kino maktabi vujudga keldi („Xor“, 1975; „Parashuram“, 1978, ikkalasining rejissor M.Sen; „Raqib“, 1970; „Uzoq momaqaldiroq“ 1973, ikkalasining rejissor S.Rey; „Mantxan“, 1977, rejissor Sh. Benegal). 1970-yillarda rejissor Ya. Chopraning „Shoʻʼla“, „Qayerdadir, qachondir“, produser R.Kapurning „Bobbi“, rejissor R.Reddining „Dafn marosimi“ filmlari ekranga chiqdi. 1980-yillarda rejissor M.Kumarning „Inqilob“, rejissor B. R. Chopraning „Yonayotgan poyezd“, rejissor A.Gopalakrishnanning „Yuzma-yuz“, rejissor G.Aravindoning „Oridad“ filmlari shuhrat qozondi. 1990-yillarda rejissor A.Chopraning „Dsvona dil“, produser M.Kumarning „Betob“, „Yarador“ kabi vatanparvarlik gʻoyalari bilan sugorilgan filmlari ekrapga chiqli. Kino aktyorlaridan B.Saxni, D.Ananl, D.Kumar, M.Kumari, Raj, Rishi va Karishma Kapurlar (q Kapurlar tiasi), S.Nirgis, A.Bachchan, Amirxon, Shohruhxon, Salmanxon, R.Mukerji, A.Patel, M.Dikshid va boshqa mashhur. Hindistonda hujjatli filmlar ham chiqariladi. 1960-yil Puna shahrida Kinematografiya instituti ochilgan. 1954-yildan Bombayda har yili Butun Hindiston kinofestivali oʻtkaziladi. Hind kino sanʼati vakillari Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkentdagi kinofestivallarida faol qatnashib, koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritganlar. Hindistonda yiliga 1000 dan ortiq film yaratiladi va u jahonda yaratilayotgan filmlarning 14%ini tashkil etadi.

  1. -The Essential Desk Reference, Oxford University Press, 2002, 76-bet, ISBN 978-0-19-512873-4 „Rasmiy nomi: Republic of India.“;
    -John Da Graça (2017), Heads of State and Government, London: Macmillan, 421-bet, ISBN 978-1-349-65771-1 „Rasmiy nomi: Republic of India; Bharat Ganarajya (Hindi)“;
    -Graham Rhind (2017), Global Sourcebook of Address Data Management: A Guide to Address Formats and Data in 194 Countries, Taylor & Francis, 302-bet, ISBN 978-1-351-93326-1 „Rasmiy nomi: Republic of India; Bharat.“;
    -Bradnock, Robert W. (2015), The Routledge Atlas of South Asian Affairs, Routledge, 108-bet, ISBN 978-1-317-40511-5 „Rasmiy nomi: English: Republic of India; Hindi:Bharat Ganarajya“;
    -Penguin Compact Atlas of the World, Penguin, 2012, 140-bet, ISBN 978-0-7566-9859-1 „Rasmiy nomi: Republic of India“;
    -Merriam-Webster's Geographical Dictionary (3rd-nashr), Merriam-Webster, 1997, 515–516-bet, ISBN 978-0-87779-546-9 „Officially, Republic of India“;
    -Complete Atlas of the World: The Definitive View of the Earth (3rd-nashr), DK Publishing, 2016, 54-bet, ISBN 978-1-4654-5528-4 „Rasmiy nomi: Republic of India“
    -Worldwide Government Directory with Intergovernmental Organizations 2013, CQ Press, 2013, 726-bet, ISBN 978-1-4522-9937-2 „India (Republic of India; Bharat Ganarajya)“
  2. Asylum Links