Kontent qismiga oʻtish

Hind tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hind tili
Milliy nomi हिन्दी
Mamlakatlar Hindiston
Rasmiylik holati Hindiston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 180 000 000 (1991)
Turkumlanishi
Til oilasi Hindyevropa
Alifbosi devanagari
Til kodlari
ISO 639-1 hi
ISO 639-2 hin
ISO 639-3 hin

Hind tili (hindcha: हिन्दी), hindiy — hind tillaritn biri; Hindistonning rasmiy tili va Hindistonda tarqalgan asosiy adabiy tillardan biri. Uttar-Pradesh, Madhya-Pradesh, Hariyana, Bihar, Rajasthan, Himachal-Pradesh shtaglarida hamda Dehli ittifoqiy hududida tarqalgan. Unda 250 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi (oʻtgan asrning oxirlari). H. lahjalari struktura jihatidan farqlanuvchi 2 guruhga ajraladi: khari boʻli, hariyani, braj, kanaoʻji, bundeli lahjalaridan iborat gʻarbiy guruh va avadhi, bagheli, chhat-tisgarhi lahjalaridan iborat sharqiy guruh.

Yaqin qarindosh tillar orasida Hind tili ham geografik, ham tipologik jihatdan markaziy oʻrinni egallaydi: gʻarbroqda joylashgan tillarga qaraganda Hind tilida eski flektiv shakldar kamroq, ayni paytda unda agglyutinatsiya sharqiy (mas, bengal tili) tillardagidek rivojlanmagan. Fonetikasida un-lilarning choʻziqligi va burunlashu-vi (nazalizapimsi) maʼno farqlash xususiyatiga ega. Undoshlar, aksari \ind-oriy tillaridagi kabi, 5 lokal qator boʻyicha taqsimlanadi. Morfologiyasida otlarning koʻmakchilar yordamida yasaladigan va feʼllarning yordamchi feʼllar bilan hosil qilinadigan analitik shakllari koʻplab uch-raydi. Hind tilida sanskrit tilining lugʻaviy va soʻz yasovchi vositalari keng qoʻllanadi. Shu jihagi bilan arabcha va forscha lugʻaviy va boshqa unsurlar qoʻlla-iadigan urdulyai farq qiladi.

Khari boʻli (hipdistoniy) lahjasiga asoslangan hozirgi Hind tili 19-asrdan shakllana boshlaydi. Hind tilidagi zamonaviy nasrning asoschisi Bharatepdu Harishchandra (1850—85) hisoblanadi; sheʼriyatham 19-asr oxirida shakllangan. Hind tili devanigari yozuvidan (|yuydalanadi.

  • Katemina T.G.. Yashk xindi, M., 1960; Chernshsi V. A. Dialekgm i litsragurnii xindi, M., 1964; Hindiychauzbekcha lugʻat (O.Shomatoi va 6.). Dshli, 2003.