Nepal
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nepal Qirolligi नेपाल Nēpāl | |
---|---|
Shior: जननी जन्मभूमिष्च स्वर्गादपि गरियसि (Sanskritcha: Ona va Onavatan Samoga qaraganda ulugʻdir) | |
Madhiya: Rastriya Gaan | |
Poytaxt | Katmandu |
Rasmiy til(lar) | Nepalcha |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Bidhya Devi Bhandari | |
Khadga Prasad Oli | |
Mustaqillik (Prithvi Narayan Shah birlashtirgan) | |
• Sana |
1768-yil 21-dekabr |
Maydon | |
• Butun |
140,800 km2 (95-oʻrin) |
• Suv (%) |
2.8 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
27,676,547 (40-oʻrin) |
• Zichlik | 196/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$42,260 mil. (83-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$1,527 |
Pul birligi | Nepalese Rupee (NPR) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5:45 |
• Yoz (DST) |
UTC+5:45 |
Qisqartma | NP |
Telefon prefiksi | 977 |
Internet domeni | .np |
|
Nepal yoki rasmiy nomi Nepal Federativ Demokratik Respublikasi — Janubiy Osiyoda, Himolay togʻining markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 140,8 ming km². Aholisi 29,2 million kishi (2022). Poytaxti — Katmandu shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 zonaga, zonalar esa tumanlarga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nepal — konstitutsiyali monarxiya. 1990-yil 9-noyabrda qirol tomonidan eʼlon qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — qirol (2001-yildan Gyanendra Bir Bikram Shoh Dev). Qonun chiqaruvchi hokimi-yatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Milliy kengash), ijroiya hokimiyatni qirol va bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]N. hududining aksar qismini Himolay togʻlari egallaydi. Shim,-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon 2 togʻ tiz-masi choʻzilgan. N.ning shimoliy va sharqiy chegaralarida Jomolungma (Everest, Yer yuzidagi eng baland choʻqqi, 8848 m) va Kanchenjanga (8585 m) togʻlari joylashgan. Oldingi tizmalar ancha past (Mahabharata, 2959 m gacha, Sivalik, 2277 m gacha). Togʻlar oraligʻida koʻpgina vodiy va havzalar bor. Ularning eng kattasi — Katmandu vodiysi. Janubida Hindgangtekisligining shimoliy chekkasi yotadi.
Iklimi baland mintaqaga xos subekvatorial mussonli. Janubida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 15°, soyliklarda 0—10°, 4 ming m dan yuqorida yilning koʻp vaqtida temperatura manfiy. Iyulning temperaturasi janubda 30°, soyliklarda 20°, 4,5—5 ming m balandliklarda 10°. Janubiy togʻ etaklari va yon bagʻirlarida yiliga 2000 mm dan ortiq, soyliklarda 1500 mm dan kam yogʻin tushadi.
Daryolari joʻshqin, katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Yirik daryolari: Karnili, Gandak, Kosi, Baghmati. Himolay etaklari va janubiy yon bagʻirlarida musson iklimli oʻrmonlar, bot-qokliklarda changalzorlar, qiyaliklarning oʻrta qismida doim yashil oʻrmonlar, 3 ming m dan yuqorida igna bargli oʻrmonlar, 4 ming m dan yuqorida changalzorlar, subalp va alp oʻtloqlari bor. Hayvonot dunyosi boy va xil-ma-xil. Changalzorlarda fil, yoʻlbars, leopard, karkidon, toʻngʻiz, turli may-munlar, qushlardan toʻtiqush, tovus uchraydi. Zaharli ilon koʻp. Togʻlarda himolay ayigʻi, qor qoploni, arhar va yovvoyi echkilar yashaydi. Lantang, Sagarmatha, Chitauen milliy bogʻlari bor.
Aholisi hind va tibet-xitoy tili oilasining 60 til va shevasida soʻzlashadi (shundan 14 tasi oʻz yozuviga ega). Asosiy xalqi nepallar (52,3%) mamlakatning markazi va janubi-gʻarbida yashaydi. Maytxillar, bxojpurlar, ta-manglar, tharular, nevarlar ham bor. Davlat tili — nepal tili. Aholining 90% ga yaqini hinduilikka eʼtiqod qiladi, 7,5% budda, 2% ga yaqini is-lom dinida. 10%ga yaqin aqoli shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Katmandu, Biratnagar, Patan, Bhaqtapur.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Miloddan avvalgi 1-ming yillikning oʻrtalarida togʻ etaklaridagi changalzorlarda videx, shakya, malla, lichchhavlarning qabila birlashmalari yashagan. Mezolit davrida togʻ vodiylariga negr-avstraloid va mongoloid qabilalari (nevar, kirati va boshqa xalqlarning ajdodlari) kelib oʻrnashgan. Milodning dastlabki asrlarida N. (Katmandu) vodiysida Nevar davlati paydo boʻlgan. U hind madaniyati taʼsirida rivojlangan, Tibet va Xitoy bilan aloqa oʻrnatgan. 15-asrda Nevar bir necha mayda davlatlar (Bhadgaon, Patan, Katmandu, Jumla, Palpa va boshqalar)ga boʻlingan. N.ning sharqiy qismida birlashgan kirati va limbu qabilalari joylashgan edi. Hindistondan N.ga koʻplab hind-oriy aholisining koʻchib kelishi (12-asr) va ularning mahalliy magar, gurung va boshqa qabilalar bilan aralashib ketishi natijasida kxas-kura (hozirgi Nepal) tilida soʻzlashuvchi kxas xalqi shakllana boshladi. 15—16-asrlardakxaslar N. hududida eng yirik etnik gu-ruhga aylandi. 16—17-asrlarda kxas-ma-garlarning Gurkh davlati kuchaydi. Uning hukmdori Ram Shoh (1605—32 yillar hukmronlik qilgan) hokimiyatni markazlashtirish maqsadida bir necha maʼmuriy islohlar oʻtkazgan, qonunlar toʻplamini mukammallashtirgan. Narayan Prithvi davri (1742—69)da Gurkh davlatiga qoʻshni davlatlar qoʻshib olinib, markazlashgan N. davlati paydo boʻldi.
18-asr oxiriga kelib, N. hududi gʻarbda Kashmir, sharqda Sekkimgacha kengaydi. 18-asrning 2-yarmidan N.ga Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi xavf sola boshladi. 1814-yil kompaniya gurkhlarni ingliz chegara postlariga hujum qilishda ayblab, N.ga urush eʼlon qildi. N. qoʻshinlari inglizlarning harbiy kuchlariga qarshi tura olmadi. 1816-yil N. Angliya bilan asoratli shartnomaga imzo chekdi. Shartnomaga koʻra, Katmanduda Angliyaning rezidenti boʻlishiga ruxsat etildi; mamlakatning tashqi siyosati butunlay inglizlar nazorati ostiga oʻtdi. 1846-yilda kompaniya Rana urugʻi boshligʻi Jang Baxrdirga davlat toʻntarishi oʻtkazib, hokimiyatni egallashda yordam berdi. Qirol nomigagina davlat boshligʻi boʻlib qoldi. Rana uru-gʻidan chiqqan hokimlar tashqi siyosatda inglizlar koʻrsatmasiga muvofiq ish koʻrdilar. N.ning tashqi davlatlardan ajratib qoʻyilganligi, mamlakat boyliklari chet elga olib ketilishi, mamlakatning geografik va iqtisodiy jihatdan ajralganligi ishlab chiqa-ruvchi kuchlarning rivojlanishiga toʻsqinlik qildi.
Ikkinchi jahon urushidan soʻng Osiyo mamlakatlaridagi milliy ozodlik kurashining muvaffaqiyatlari va mustamlakachilik siyosatining inqirozi N. xalqiga qaramlikdan qutulish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Hindistondagi nepallik siyosiy muhojirlarning faoliyati kuchaydi. Kalkuttada N. milliy kongressi partiyasiga asos shtili (1947). Rana hukmronligiga qarshi birlashgan front tuzildi va uning harakati natijasida Rana hukmronligi tugatildi (1951). 1951-yil 18fevraldabosh vazir mansabining nasldan naslga utishi bekor qilindi. N.ning muvaqqat kon-stitutsiyasida partiya va tashkilotlar tuzish huquqi, umumiy saylov huquqi eʼlon qilindi. 1959-yil parlamentsaylo-vida N. kongressi partiyasi gʻalaba qozondi. Bu hukumat yer islohoti oʻtkazish, maʼmuriy apparatni va sud ishlarini qayta tashkil etish, mexnatkashlar ahvo-lini yaxshilashga vaʼda qildi, lekin ularni amalga oshira olmadi.
Ijtimoiy va iqtisodiy nizolar keskinlashgan sharoitda qirol Mahendra Bir Bikram Shoh Dev (1955—72 yillar N. qiroli boʻlgan) parlament va hukumat aʼzolarini tarqatib, butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi (1960-yil 15-dekabr). Barcha siyosiy partiya va tash-kilotlarning faoliyati taqiklandi. Yangi konstitutsiya (1962)ga muvofiq, N.da panchayatlar — mahalliy va mar-kaziy hokimiyat (Milliy panchayat) ijroiya organlari tartibi oʻrnatildi. Hukumat nazoratidagi dehqonlar, ishchilar, yoshlar, xotin-qizlar, bolalar tashkilotlari tuzildi. Balogʻatga yetmaganlarni nikoxdan oʻtkazish, turli mehnat majburiyati, majburiy mehnat shakllari taqiqlandi, kasta (tabaqa) tizimi bekor qilindi. N. — 1955-yildan Qoʻshilmaslik harakati, 1956-yildan BMT aʼzosi. N. qirolligi 1992-yil 2-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami — 28-dekabr — qirol tugʻilgan kun (1945).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1961-yil 5-yanvarda qirol farmoni bilan mamlakatdagi barcha siyosiy partiyalar taqikdangan edi. 1979-yil 2-mayda kup partiyali tizimga qaytish masalasi yuzasidan milliy referendum oʻtkazildi. 1990-yil 11-aprelda siyosiy partiyalarning oshkora faoliyatiga ijozat berildi. Asosiy partiya va kasaba uyushmalari: Milliy demokratik partiya, 1990-yil mayda asos solingan; N. kongressi partiyasi, 1947-yilda tuzilgan, 1960-yil dekabrda taqiqlangan, 1990-yil apreldan yana oshkora fa-oliyatboshlagan; N. kommunistik partiyasi, 1991-yilda tuzilgan. N.ning barcha kasaba uyushmalari 1990-yil 11-apreldan oshkora faoliyat koʻrsata boshladi.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]N. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 60%, sanoat va qurilishning ulushi 14%. Iqtisodiy faol aholining 92% agrar sohada band.
Qishloq xoʻjal i gining asosiy mahsuloti — sholi. N.da shakarqamish, jut, choy, tamaki, yer yongʻoq, xantal, bugʻdoy, makkajoʻxori, soya, sitrus mevalar, arpa, javdar, kartoshka, kora bushoy, tof sholisi, beda, ziravorlar ham yetishtiriladi. Ularning baʼzilari 4 ming m balandlikda ekiladi. N. shimolda qoʻtos, szo (qoʻtos bilan sigirning duragayi), qoʻy, echki, oʻrta va janubiy qismida zebusimon sigir va buyvol boqiladi. Qoramoldan, asosan, ulov sifatida foydalaniladi. Togʻ oʻrmonlarida yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoati aksariyat kichik va yarim kustar korxonalardan iborat. Ularda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanib, oziqovqat va keng isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Birganj, Biratnagarda qand-shakar, Janakpurda tamaki, sholi oqlash va boshqa oziq-ovqat korxonalari, jut va ip gazlama fabrikalari bor. Yogʻochsozlik, qogʻoz, kimyo, charm poyab-zal, gʻishtcherepitsa ishlab chiqarish, temirchilik korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Foydali qazilmalar — koʻmir, oltin, ohaktosh, temir ruda, slanets, mis, qoʻrgʻoshin, slyuda, magnezit, talk, oxra konlari topilgan boʻlsa ham, deyarli oʻzlashtirilmagan. Ulardan oz miqdorda kustar usudda qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 740 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi.
Transporti sust taraqqiy etgan. Avtomobil va ot-ulov yoʻllari uzunligi — 7007 km, tor izli temir yoʻl uzunligi — 104 km; 42 km.lik osma yoʻl bor. Hindiston, Bangladesh, Myanma, Pokiston, Tailand bilan aviatsiya qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
N. chetdan mashina-uskunalar, neft mahsulotlari, sanoat mollari, avtomobillar, ularning ehtiyot qismlari, stanoklar, elektr asboblari, qurilish materiallari oladi. Chetga gilam, jut va ip gazlamadan tayerlangan buyumlar, sholi, xom teri, moyli ekinlar mahsuloti, dorivor oʻtlar, ziravorlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari chiqaradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Hindiston (tovar aylanmasining 30% dan koʻprogʻi), Germaniya, Yaponiya, Xitoy, AQSH, Shveysariya, Belgiya, Singapur. Chet el sayyoxligi va alpinizm rivojlangan. Pul birligi — ne-pal rupiyasi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1950-yillarning boshida mamlakat aholisining 96% savodsiz edi. 2000-yil arafasida aholining savodxonlik darajasi 40% ga yetdi. N.da oʻrta taʼlim umumiy, kasb-hunar va sanskrit maktablariga boʻlinadi. Q.X., texnika, oʻrmonshunoslik, konchil i k maktablari, tibbiyot va pedagogika bi-lim yurtlari bor. Eng yirik ilmiy va oʻquv markazi — Tribhuvan nomidagi universitet boʻlib, uning xuzurida 11 kollej (Milliy kollej, Trichandra kolleji, savdo-sotiq, huquq, sanskrit kolleji va boshqalar) tashkil etilgan. N. Qirollik akademiyasi adabiyotshunoslik, tilshu-noslik, sanʼatshunoslik, madaniyat, N. tarixiga oid kitoblar, dareliklar, lugʻatlar nashr etadi. Katmanduda Milliy kutubxona, Tribhuvan nomidagi universitet kutubxonasi, Markaziy kutubxona, N. Milliy muzeyi bor.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]N.da 400 dan koʻproq gaz. va jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: "Avaj" ("Ovoz", nepal tilida chiqadigan haftalik gaz.), "Arati" ("Chirok", nepal tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1966-yildan), "Arpan", ("Fi-doyilik", nepal tilida chiqadigan haftanoma, 1964-yildan), "Gorkxapatra" ("Gurkxlar gazetasi", nepal tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1954-yildan), "Kommoner" ("Oddiy inson", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1954-yildan), "Mazerlend" ("Vatan", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1957-yildan), "Nepali" ("Nepallik", hind tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1958-yildan), "Rayzning Nepal" ("Tiklana-yotgan Nepal", ingliz tilida chiqadigan kundalik hukumat gazeta, 1965-yildan) "Samiksha" ("Tanqid", nepal tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1958-yildan). Rashtriya Samachar Samiti — RSS milliy axborot agentligi 1962-yilda tuzilgan. N. radiosi 1951-yildan, N. televideniyesi 1986-yildan ishlaydi.
Adabiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]N. adabiyoti sanskrit, nepal va nevar tillarida. Qad. adabiy yodgorliklar — epigrafika (milodiy 1-ming yillikning oʻrtalari), vashsha-vali, mahatmya — "Svayambhu purana" (10-asr), "Nepali mahatmya" (11 — 15-asrlar) sanskrit tilida yaratilgan. 15-asrdan boshlab dunyoviy adabiyot yuzaga keldi. Poeziyada stuti janri (xudo va qirol oilasi shaʼniga toʻqilgan madhiyalar) asosiy oʻrinni egalladi, ishqiy lirika rivojlandi. 18-asrgacha "Mahabharata", "Ramayana" va puranalardan dramalar uchun syujetlar olindi.
19-asrda nepal tilining davlat tiliga aylanishi bilan nepal adabiyoti yaratila boshladi. Basanta, Indiras, Yadunath, Ragxunath, B. Kesari kabi shoirlar anʼanaviy syujet (Krishna hayoti ta-rixi va boshqalar)dan foydalandilar. Bxanubhaqta Acharya ijodi sheʼriyatda yangi bosqich boʻldi. 19-asr boshida nasriy asarlar ham yozila boshladi (Matsyend-ranatha toʻgʻrisida rivoyat" va boshqalar). 1888-yil maʼrifatparvar Motiram Bhatta N.da birinchi oynoma — "Gurkha Bharat ji-van"ga asos soldi. 20-asrda shoir Dx. Koirala birinchi boʻlib oddiy inson mav-zuiga murojaat qildi. N. adabiyoti hind chhayavadasi (romantizmi) va ingliz romantikasi taʼsirida rivojlandi. G. Maynali, P. Shalisher, B. Bhikshu, K. Malla, B. Tivari, M. Koirala, B. P. Koirala, Gothale va boshqalarning oʻrta va quyi tabaqa aholi xayoti tasvirlangan hiko-yalari bosilib chiqdi. Rudraraj Pan-deyning "Rupmati", "Sevgi", "Gunohini yuvish", Ramirasadning "Taqdir gar-dishi" romanlarida maʼnaviy kamolotga yetish gʻoyasi aks ettirilgan. 30-yillarda dramaturg B. Sama oʻz pyesalari ("Men", "Sevgiga bagʻishlangan")da yosh bolalar nikohi va xotin-qizlar xuquqsizligiga qarshi chiqdi. 1951-yil Rana sulolasining agʻdarilishi N. adabiyotida ham oʻz aksini topdi. 50-yillar sheʼriyatida barcha irq hamda xalqdar oʻrtasida tinchlik va birodarlik gʻoyalari kuylandi.
Nevar tilidagi adabiyot 14-asr oxiridan boshlab rivojlandi. 15-asrda tarixiy voqeanomalar, afsona va rivoyatlarga boy vanshavallar yaratildi. Nevar tiliga sanskrit, fors va arab tilidagi asarlar, "Ming bir kecha" va boshqa tarjima qilindi. Yozuvchi Nishthanand Bajracharya (1858—1935) diniy asar — "Aʼlo donishmandlik"ni sanskritchadan tarjima qildi (1909) va Budda xayotiga oid "Cheksiz ufklar" nasriy asarini yezdi. 1925-yil asos solingan "Buddha dharma patrika" jurnal nevar adabiyotining rivojlanishiga turtki berdi. 1951-yilga kelib, Rana sulolasi agʻdarilgach, nevar adabiyoti keng rivojlanish imkoniyatiga ega boʻldi. Chet ellarga ketgan koʻpgina adiblar vatanga kaytdi. 1951-yil "Nevar tili jamiya-ti" tuzildi, u nevar tilida asarlar nashr etdi. Sudarshan Sramaren, Satya-mohan Joʻshi, Hemlal Joʻshilar tari-xiy dramalar yaratdilar. Ishvarananda Shresthacharya "Koʻzgu", "Sovuq qon" romanlarida shahar oʻrta tabaqasining ogʻir hayotini tasvirladi. Shoirlardan D. Shrestxa, K. Chandra, Kxvabilu va boshqa vatanparvarlik ruhida sheʼrlar yozdi.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qad. N.da Katmandu yaqinida Bodxnath va Svayambxunath ibodatxonalari (ikkovi ham miloddan avvalgi 3-asrga mansub) katta toshlardan yarim gumbazli, minorali qilib qurilgan. 15—18-asrda barpo etilgan ibodatxonalar hindlarning jimjimador galereyali, gumbazli ehromlari (Patandagi Krishna-Mandir, 15—17-asrlar)ni ham, xitoylarning rangdor yogʻoch oʻymakorli pagoda (Bhak-tapurdagi "55 derazali saroy", 1697; Nyatapol ehromi, 1700—08) larini ham eslatadi. 19-asr oxiridan fors va arab, 20-asr boshlarida Yevropa neoklassik meʼmorligi taʼsiri sezila boshladi. 1950-yildan Katmandu, Janakpur va boshqa shaharlarda zamonaviy binolar qurila boshladi.
Oʻrta asr N. haykaltaroshligi Hindistonning Guptalar sulolasi hukmronligi davridagi sanʼati va Gandha-ra sanʼati, rassomchiligi esa (11 — 14-asrlardagi qoʻlyozmalardagi miniatyuralar) Shimol-Sharqiy Hindiston rassomchiligi bilan yaqin. 16—17-asrlar sanʼati radjput (Hindiston), shunin-gdek, boburiylar miniatyura maktabi bilan bogʻlangan. 15—18-asrlarda matoga solingan rasmlar (tibetcha "tanka" sanami toifasida) keng tarqaldi. 20-asr rassomchiligi "Bengaliya Uygonish dav-ri" hamda Yevropa realistik rassomchiligi taʼsirida rivojlandi.
N.da qadimdan yogʻoch va suyak oʻymakorligi, bambukdan savat toʻqish, kulolchilik, jun va shoyi gazlamalar, gilamlar toʻqish, oltin va kumush takinchoklar yasash urf boʻlgan.
Teatri va musiqasi. Qadimdan teatrlarda xalq tomoshalari — nritya (nach)lar koʻrsatilgan. Har bir xalqnint ramziy maʼnodagi raqs tomoshalari boʻlgan: devi nritya, ghatu nritya (xudolar va afsonaviy qaxramonlar hayoti) va bara mase (nikoh, hosil bayramlari va boshqalar). 15—18-asrlardagi xalq raqs tomoshalari 20-asrda hozirgi shaklini oldi. "Mahakali", "Harisiddha", "Pachali", "Kankeshvari", "Ghanteshvari" kabi xalq tomoshalari tez-tez koʻrsatilgan. Bhaktapur shahridagi Suvarna Malla sa-royida "Nav Durga", "Mahalakshmi" va boshqa tomoshalar qoʻyilgan. 3 soat davom etgan tomoshada aktyor 8—10 ibora ay-tib, xor joʻrligida shu soʻzlarning maʼnosini oʻyin bilan ochib bergan. Turli xalq tomoshalari taʼsirida N. mumtoz teatr janri — gitinatya (xoreografik spektakl) paydo boʻldi.
20-asr 40-yillarida bir pardali drama rivojlandi. Dramaturgiyaning rivojlanishiga karamay, doimiy dramatik teatr boʻlmagan, qavaskorlik truppalari tomoshpar koʻrsatar edi. 1973-yil oxirida musiqali raqs havaskorlar jamoasi majoziy gitinatya "Himoya"ni qoʻydi. Unda xudolar va afsonaviy qahramonlar bilan bir qatorda zamonaviy qahramonlar ham ishtirok etadi. 70-yillarda bu jamoa professional truppaga aylantirildi. Keyinli yillarda mualliflar voqelikni tasvirlay boshladilar. N. radiosi xuzuridagi yarim havaskor teatr jamoasi zamonaviy spektak-llar koʻrsatadi. 1973-yilda professional musiqa jamoasi tashkil etildi. Qirollik akademiyasi huzurida musikd, xalq raqs va ashula boʻlimi bor. Zamonaviy kompozitorlar orasida Shiva Shankar, Nata Kaja va boshqa mashhur.[1]
Gallereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Kathmandu
-
Swayambhunath
-
Patan
-
Bhaktapur
-
Himalaya
-
Himalaya
-
Kaski District
-
Mustang
-
Mustang
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |