Kontent qismiga oʻtish

Kanpur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kanpur — Hindistonning shim. qismidagi shahar. Uttar-Pradesh shtatida, Gang daryosi sohilida. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Muhim transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning Gang vodiysidagi yirik sanoat va savdo markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari — toʻqimachilik (jun va ip gazlama) va koʻn poyabzal. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Metallsozlik, aniq va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, aviasozlik, radioelektronika, kimyo sanoati, trikotaj va oziq-ovqat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Universitet, Markaziy toʻqimachilik, Texnologiya institutlari bor. Shaharga 18-asrda asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil