Ummon Sultonligi
Ummon Sultonligi سلطنة عُمان Salṭanat ʿUmān | |
---|---|
Shior: Yoʻq | |
Madhiya: نشيد السلام السلطاني "as-Salām as-Sulṭānī" | |
Poytaxt | Maskat |
Rasmiy til(lar) | Arab tili |
Hukumat | Mutlaq Monarxiya |
• Qirol |
Haysam ibn Toriq |
Mustaqillik (1970-yil) | |
Maydon | |
• Butun |
309,5 ming km² km2 (70-oʻrin) |
• Suv (%) |
<1 |
Aholi | |
• 2018-yilgi roʻyxat |
4,7 mln |
• Zichlik | 14/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
40,220 mln. $ (86-oʻrin) |
• Jon boshiga |
13400 $ |
Pul birligi | Ummon riyoli (OMR) |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
• Yoz (DST) |
UTC+4 |
Qisqartma | MU |
Telefon prefiksi | 968 |
Internet domeni | .om |
|
Ummon — Arabiston yarim orolning janubi-sharqiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 309,5 ming km² (gʻarbda chegara choʻldan oʻtganligi uchun aniqbelgilanmagan). Aholisi 4,7 mln. kishi (2018). Poytaxti — Maskat shahri Maʼmuriy jihatdan 59 viloyatga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ummon — sulton boshchiligidagi monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1996-yil 6 noyabrda kabul kilingan. Davlat boshligʻi — sulton (1970-yildan Qobus bin Sayd). Shoʻro kengashi va Davlat kengashidan iborat Ummon Kengashi maslahat organi mavjud. Ijrochi hokimiyatni sulton va hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ummon Fors va Ummon qoʻltiqlari, Arabiston dengizi bilan oʻralgan. Shimoliy qismini Ummon togʻlari (mamlakatning eng baland nuqtasi 3353 m — Shom togʻi) egallaydi. Ummon qoʻltigʻi sohilidagi AlBatina pasttekisligida bir qancha vohalar bor. U.ning markaziy qismida Rubʼ ulXoli qumli choʻlining sharqiy chekkasi, janubi-gʻarbida Dofar (Zufar) platosi (bal. 500–1000 m va undan ortiq) joylashgan. Yer ostidan neft, tabiiy gaz, mis, xrom, toshkoʻmir, marganets, qoʻrgʻoshin, oltin va kumush qazib olinadi. Iklimi tropik, hududining katta qismida choʻl iqlimi. Havoning oʻrtacha temperaturasi iyunda 32°, yanvarda 21° (maksimal temperatura 45—50°). Yillik yogʻin — 150 mm, togʻli joylarda 500–700 mm gacha. U.da muntazam oqar daryolar yoʻq. Yer osti suvlaridan korizpar yordamida keng foydalaniladi. Togʻlar savanna va barg toʻquvchi oʻrmonlar, oʻtloqlar bilan qoplangan. Vohalarda xurmozor va kokos palmazorlari bor. Dofar platosida smola olinadigan ladan va kommifora daraxtlari oʻsadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan arab gʻizoli (ohu), tulki, chiyaboʻri, sirtlon uchraydi, qoʻshoyoq, kaltakesak, ilon, qirgʻoqqa yaqin suvda baliq koʻp. VaziSerin qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
Aholisining 90%dan koʻprogʻi ummonlar (U. arablari). Balujlar, forslar, Hindiston, Pokiston, Afrika mamlakatlaridan kelganlar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Aholining aksariyati Ummon qoʻltigʻi sohillarida istiqomat qiladi. Shahar aholisi 72%. Muhim shaharlari: Maskat, Salola, Sur, Matrah.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi U. soqilida mil. av. 4-ming yillikdan Shimoliy Afrika, Fors qoʻltigʻi mamlakatlari va Hindiston oʻrtasida vositachi savdo markazlari mavjud boʻlgan. 6—5-asrlarda U.ning sohil qismlari Axomaniylar xukmronligi ostida boʻlgan. Mil. 6-asrda sosoniy Xisrav I Anushirvon (Nushiravon) qoʻshinlari tomonidan vayron qilindi. 7-asr oʻrtalarida U. Arab xalifaligi tarkibiga kiritildi, islom dini tarqaldi. 8-asr oʻrtalarida xalifa noibiga qarshi qoʻzgʻolondan soʻng U. mustaqil davlat — imomlikka aylandi, uni imom idora qila boshladi. 9-asr oxirida Abbosiylar U.ni oʻziga itoat qildirdi. 11-asr oxiriga kelib mamlakat yana mustaqillikka erishdi. 1515-yil U.ning barcha sohil qismini portugallar bosib oldi. 1650-yil ozod qilindi. 18-asrning 2-yarmida Buyuk Britaniya bilan Fransiya U.ni egallash uchun oʻzaro kurash boshladi. 1792-yil imomning ukasi sulton ibn Ahmad U. sohillarini, jumladan, Maskat va Suhor shaharlarini egallab, alohida davlat — Maskat sultonligi tuzilganligini eʼlon qildi. Ayni vaqtda vahhobiylar egallab olgan Fors qoʻltigʻi va Hoʻrmuz boʻgʻozi sohillari U.dan ajralib chiqdi. Shu tariqa 19-asr boshlariga kelib, mamlakat U. imomligi, Maskat sultonligi, U.ning shimoliy sohili (ingliz adabiyotida "Qaroqchilar Sohili" deb ataladigan hudud)ga boʻlinib ketdi. 19-asrning 2-yarmida Maskat bilan "Qaroqchilar Sohili" Angliya protektorati (Maskat va Shartnomali Ummon—hozirgi Birlashgan Arab Amirliklari)ga aylantirildi. U. imomligining sohil boʻylaridan mahrum boʻlishi uning savdosotiqdagi mavqeiga putur yetkazadi. 1865, 1886, 1890-yillarda U.da mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolonchilar Maskatni U. bilan birlashtirish va Maskat bilan Buyuk Britaniya oʻrtasida tuzilgan asoratli shartnomani bekor qilinishini talab qildilar. Ammo qoʻzgʻolonlar har safar shafqatsizlik bilan bostirildi.
1913-yil imom Salim alXarusiy boshchiligidagi U. kabila qoʻshinlari Maskatning koʻp qismini ozod qildilar. 1920-yil 25 sentabrda ingliz mustamlakachilari bilan Maskat sultoni AsSib qishlogʻida U. imomligini mustaqil davlat deb tan oluvchi shartnomani imzoladilar. Biroq U.da yirik neft konlari ochilgach, Angliya qoʻshinlari AsSib shartnomasini buzib, 1955-yil kuzda U.ga bostirib kira boshladi, ingliz ask’arlari va Maskat sultoni Sayd ibn Taymur lashkarlari U.ning Nazva, Rustoq va boshqa shaharlarini egallab oldi. U. axrlisining bir qismi imom Gʻolib ibn Ali boshchiligida bosqinchilarga qarshi kurash boshladi. 1959-yilga kelib imomlik hududining anchagina qismi inglizlar qoʻliga oʻtdi. Koʻp ummonliklar vatanini tark etishga majbur boʻldi. 1958-yildan U. taqdiri masalasi BMTda bir necha bor muhokama qilindi. Osiyo va Afrika mamlakatlarining talabi bilan BMT Bosh Assambleyasining 18-sessiyasi U. masalasi bilan shugullanuvchi maxsus qoʻmita tuzdi. BMT Bosh Assambleyasining 20-sessiyasi (1965) U. hududidan ingliz qoʻshinlarini chiqarib yuborish va U.ga mustaqillik berish haqida qoʻmita taklifini maʼqulladi. 1970-yil oxirida Maskat sultonining oʻgli Qobus bin Sayd Maskat sultonligi bilan U. imomligini birlashtirib, U. Sultonligi tuzilganini eʼlon qildi. U. — 1971-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 18- noyabr — Milliy kun (1970).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari yoʻq.
Ta'kidlab o'tamiz, 2023-yil Ummon sultomligining O'zbekistondagi yangi elchisi o'z faoliyatini boshlagan.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U. neft va gaz sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. Yirik neft konlari ochilganligi tufayli 1967-yildan neft va gaz qazib olish rivojlana boshladi. Yalpi ichki mahsulotda neft va gaz sanoatining ulushi 38,5%, qishloq xoʻjaligining ulushi 2,9%. Hududining 0,1%da dehqonchilik qilinadi, aholining 75% qishloq xoʻjaligida band. Sugʻoriladigan yerlarda yer osti kanallari (korizlar) yordamida voha dehqonchiligi yoʻlga qoʻyilgan. Eksport uchun xurmo (finik palmasi), limon va tamaki ekiladi. Ichki ehtiyoj uchun tariq, bugʻdoy, arpa, sabzavot, poliz ekinlari, makkajoʻxori, paxta, shakarqamish, meva ham yetishtiriladi. Koʻchmanchi badaviylar chorvachilik (qoʻy, echki, tuya boqish) bilan shugʻullanadi. Dengizdan baliq ovlanadi. Ummon sanoatida kuvur va plastmassa mahsulotlari, shuningdek, kimyo, neftni qayta ishlash, sement zavodlari, q,x, mahsulotlarini qayta ishlovchi, konditer, unyorma, metallsozlik, mashinasozlik, kemasozlik korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 7,8 mlrd. kVtsoat elektr enrgiya hosil qilinadi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 30,8 ming km; temir yoʻl yoʻq. Asosiy dengiz portlari — Maskat va Matrah. Maskat yaqinidagi AsSib shahrida xalqaro aeroport bor. U. chetga neftdan tashkari neft mahsulotlari, rangli metall, xurmo, quritilgan baliq, tamaki, sitrus mevalar chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, gazlama, qurilish materiallari oladi. Buyuk Britaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Singapur, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — Ummon riali.
Maorifi. 1970-yillardan xalq maorifini rivojlantirish choratadbirlari kurila boshladi. Diniy maktablar bilan bir qatorda dunyoviy oʻquv yurtlari ochildi. Bolalarga taʼlim berish, ularni darslik, maktab kiyimlari va boshqalarlar bilan taʼminlashni davlat oʻz zammasiga olgan. Yoshlarga kasbhunar oʻrgatuvchi taʼlim markazlari ochilgan. Ummon ishlari Maskat shahridagi U. madaniy merosi direktorata, U. tarixiy assotsiatsiyasi va boshqa muassasalarda olib boriladi.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. U.da nashr etiladigan asosiy gaz.lar: "AlVatan" (arab tilidagi kundalik gazeta, 1971-yildan), "Ummon" (arab tilidagi kundalik gaz.), "Oman deyli observer" ("Ummonning kundalik sharhlovchisi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1981-yildan), "Tayme ofOmon" ("Ummon vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1975-yildan). Davlatga karashli U. axborot agentligi 1984-yil tuzilgan. U. Sultonligi radiosi 1970-yil, U. televideniyesi 1974-yil tashkil etilgan.
Madaniyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U. adabiyoti va sanʼati umumarab madaniyatining bir qismi sifatida rivojlanib kelgan. U.ning janubi-gʻarbidagi Dofar viloyatida milodning dastlabki ayerlarida ravnaq topgan AlBalid, Rubat, Taki shaharlari, XorRori (kad. Samxaram) portining xarobalari saqdanib qolgan. Toshdan ibodatxonalar (jumladan, oy maʼbudasiga bagʻishlangan ibodatxonalar) qurilgan, jez haykallar yasalgan (boʻlaklari topilgan). 7-asrda islom dini qabul qilingach, mayejid va madrasalar barpo etila boshladi. 16-asrdan boshlab, portugallar hukmronligi davrida dengiz sohilidagi Maskat, RasalXayma, Matrah shaharlarida, mamlakat ichkarisidagi Nazva, Ibrida mahobatli tosh qoʻrgʻonlar kurildi. U. shaharlari, asosan, oʻrta asr qiyofasini saqlab qolgan. Shaharlardagi uylar 2—3 qavatli, deraza va ayvonlariga panjara tutilgan. Sohilda oʻrnashib olgan baluj va afrikaliklar qamish va bordondan yasalgan, tomi palma yaprogʻi bilan yopilgan kulbalarda yashaydilar. Qad. badiiy hunarmandchilikdan zargarlik (zebziynat buyumlari, qurol, ayniqsa, sopiga oʻyib naqsh solingan chiroyli pichoqlar), mis va sopoldan sirlangan idish, charm buyum (egarjabduq, qamchi, shippak)lar yasash, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi kasblari saqdanib qolgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |