Kontent qismiga oʻtish

Hindiston shtatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hindiston Respublikasi
भारत गणराज्य
Bhārata Gaṇarājya
Shiorसत्यमेव जयते (Satyameva Jayate)
Sanskritcha: Haqiqat hamisha gʻolib
Madhiya: जन गण मन
(Jana Gana Mana)
Location of Hindiston shtatlari
Poytaxt Yangi Dehli
Rasmiy til(lar) hind, ingliz
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Ram Nath Kovind
Narendra Modi
Mustaqillik (Birlashgan Qirollikdan)
• Sana
15-avgust 1947
Maydon
• Butun
3,287,590 km2 (7-oʻrin)
• Suv (%)
9.6
Aholi
• 2022-yilgi roʻyxat
1,413,179,280 (2-oʻrin)
• Zichlik 328/km2
YIM (XQT) 2020-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$3,202 milliard. (4-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$2,338
Pul birligi Hind rupiysi (INR)
Vaqt mintaqasi UTC+5:30
• Yoz (DST)
UTC+5:30
Qisqartma IN
Telefon prefiksi +91
Internet domeni .in

Hindiston (hindcha: भारत [Bharat], inglizcha: India), Hindiston Respublikasi (hindcha: भारत गणराज्य [Bhārat Gaṇarājya],  inglizcha: Republic of India) — Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv o.lari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni 3,3 mln. km². Aholisi 1 mlrd. 352 mln. kishi (2018). Poytaxti — Yangi Dehli shahri. Maʼmuriy jihatdan 28 shtat va 8 ittifoq hududiga boʻlinadi.Shtatlar va ittifoq hududlari oʻz navbatida tumanlarga va kichikroq maʼmuriy birliklarga boʻlinadi.

1951-yilda Hindistonning maʼmuriy boʻlinishi

Mustaqillikdan oldingi tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston yarim oroli tarixda turli etnik guruhlar tomonidan boshqarilgan va ularning har biri mintaqada oʻz maʼmuriy boʻlinish siyosatini amalga oshirgan[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10][11].  Britaniya hukumati mamlakatni maʼmuriy jihatdan boʻlishda oldingi Boburiylar davlatining maʼmuriy tuzilmasini saqlab qoldi. Britaniya hukumati davrida Hindiston toʻgʻridan-toʻgʻri inglizlar tomonidan boshqariladigan viloyatlarga (shuningdek, prezidentlik deb ham ataladi) va knyazlik shtatlari ustidan amalda suverenitetga (suzerenity) ega boʻlgan Britaniya imperiyasiga sodiq mahalliy shahzoda yoki raja tomonidan boshqariladigan knyazlik shtatlariga boʻlingan.

1947-1950-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1947-1950-yillarda knyazlik shtatlari hududlari siyosiy jihatdan Hindiston ittifoqiga birlashtirildi. Ushbu davrda mavjud boʻlgan koʻpgina hududlar viloyatlarga birlashtirildi. Boshqa hududlar esa koʻpgina knyazlik shtatlarining birlashtirlishidan tashkil topgan Rajasthan, Himachal Pradesh, Madhya Bharat, Vindhya Pradesh, Mysore, Hyderabad, Bhopal va Bilaspur kabi alohida knyazlik hududlariga aylantirildi. 1950-yil 26-yanvarda kuchga kirgan Hindistonning yangi Konstitutsiyasi Hindistonni suveren demokratik respublikaga aylantirdi. Yangi respublika hukumati mamlakat hududlarini maʼmuriy jihatdan „shtatlar ittifoqi“ deb eʼlon qildi[12]. 1950-yilgi Hindiston Konstitutsiyasi shtatlarning uchta asosiy turini ajratdi. Ular quyidagilar: 

  • Britaniya Hindistonining sobiq gubernatorlari va shtat qonun chiqaruvchi organlari boshqaruvida boʻlgan A toifadagi shtatlar. Bunday turdagi shtatlar soni 9 tani tashkil qilgan. Toʻqqizta A toifadagi shtatlar quyidagilar edi:
    • Assam (eski Assam viloyati),
    • Bihar (eski Bihar viloyati),
    • Bombay (eski Bombay viloyati),
    • Sharqiy Punjab (sobiq Punjab viloyati),
    • Madhya Pradesh (avvalgi Markaziy viloyatlar va Berar),
    • Madras (eski Madras viloyati),
    • Orissa (eski Orissa viloyati),
    • Uttar-Pradesh (eski Birlashgan viloyatlar)
    • Gʻarbiy Bengaliya (eski Bengal viloyati).
  • B toifadagi shtatlar eski knyazlik shtatlari yoki knyazlik shtatlari guruhi boʻlib, ular taʼsischilar va saylangan qonun chiqaruvchi organ hisoblangan rajpramukh tomonidan boshqarilgan. Rajpramukh aʼzolari Hindiston prezidenti tomonidan tayinlangan. B toifadagi shtatlar soni 8 ta edi. Ular quyidagilar:
    • Hyderabad (oldingi Hyderabad knyazlik shtati),
    • Jammu va Kashmir (oldingi Jammu va Kashmir knyazlik shtati),
    • Madhya Bharat (oldingi Markaziy Hindiston agentligi),
    • Mysore (oldingi Mysore knyazlik shtati),
    • Patiala va Sharqiy Punjab shtatlari ittifoqi (PEPSU),
    • Rajasthan (oldingi Rajputana agentligi),
    • Saurashtra (oldingi Baroda, Gʻarbiy Hindiston va Gujarat shtatlari agentligi)
    • Travancore-Cochin (oldingi Travancore knyazlik shtati va Cochin knyazlik shtati).
  • C toifadagi shtatlarga ilgarigi bosh komissarlarning viloyatlari va baʼzi bir knyazlik shtatlari kiradi. Bu hududlarning har biri Hindiston prezidenti tomonidan tayinlangan bosh komissar tomonidan boshqarilardi.C toifadagi shtatlar soni 10 tani tashkil qiladi. Ular quyidagilar edi:
    • Ajmer (oldingi Ajmer-Merwara viloyati),
    • Bhopal (oldingi Bhopal knyazlik shtati),
    • Bilaspur (oldingi Bilaspur knyazlik shtati),
    • Coorg shtati (oldingi Coorg viloyati),
    • Dehli ,
    • Himachal Pradesh ,
    • Kutch (oldingi Kutch knyazlik shtati),
    • Manipur (oldingi Manipur knyazlik shtati),
    • Tripura (oldingi Tripura knyazlik shtati) va
    • Vindhya Pradesh (oldingi Markaziy Hindiston agentligi).
  • D toifadagi yagona hudud Andaman va Nikobar orollari hisoblanadi. Bu hududlar ittifoq hukumati tomonidan tayinlangan leytenant gubernator tomonidan boshqariladi.

Shtatlarning qayta tashkil etilishi (1951-1956)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andhra shtati 1953-yil 1-oktyabrda Madras shtatining telugu tilida soʻzlashuvchi aholi joylashgan shimoliy hududlarni birlashtirish orqali tashkil etildi[13].

Fransiyaning Chandannagar anklavi 1954-yilda Gʻarbiy Bengaliyaga shtati tarkibiga qoʻshildi.Oʻsha yili Fransiyaning sobiq Pondicherry, Karaikal, Yanam va Mahe anklavlari Pondicherry viloyati tarkibiga kiritildi. Bu hudud 1962-yilda shtat ittifoqiga aylantirildi[14].

Shuningdek, 1954-yilda hindparast kuchlar Portugaliyaning Dadra va Nagar Haveli anklavlarini ozod qilib, ozod Dadra va Nagar Havelining qisqa muddatli de-fakto holatini eʼlon qildilar. 1961-yilda bu hududlarni Hindiston hukumati i Dadra va Nagar Haveli ittifoq shtati sifatida oʻzining tarkibiga qoʻshib oldi[15][16][17].

1956-yilgi „Shtatlarni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun asosida shtatlar lingvistik jihatdan qayta tshkil etildi.Natijada yangi shtatlar paydo boʻldi[18].Ular quyidagilar:

  • Madras shtati oʻz nomini saqlab qoldi. Travancore-Cochinga Kanyakumari tumani hududi qoʻshilib, Travancore-Cochin shtati tashkil qilindi.
  • Andhra Pradesh shtati 1956-yilda Andhra shtatiga Hyderabad shtatining telugu tilida soʻzlashuvchi tumanlari hududi qoʻshilishi natijasida tashkil qilindi.
  • Kerala shtati Madras shtatining Janubiy Canara tumanlari (Malabar tumani va Kasaragod taluk)ni Travancore-Cochin bilan birlashtirish natijasida tashkil qilindi.
  • Mysore shtati Bellary va Janubiy Canara tumanlari hamda Madras shtatidan Coimbatore tumanining Kollegal taluklari, Bombay shtatidan Belagavi, Bijapur va Dharwad tumanlari qoʻshilishi orqali qayta tashkil qilindi.
  • Madras shtatining Janubiy Canara va Malabar tumanlari oʻrtasida boʻlingan Laccadive orollari, Aminidivi orollari va Minicoy orollari birlashtirilib, Lakshadvip ittifoq hududiga tashkil qilindi.
  • Bombay shtati Saurashtra shtati va Kutch shtatlari, Madhya Pradesh shtati Nagpur boʻlimining marathi tilida soʻzlashuvchi aholi yashaydigan tumanlari va Hyderabad shtatining Maratwada viloyati qoʻshilishi natijasida kengaytirilib qayta tashkil qilindi.
  • Rajasthan va Punjab shtatlari Ajmer shtatidan va Patiala va Sharqiy Punjab shtatlari ittifoqidan ayrim hududlarni qoʻshish orqali tashkil qilindi.

1956-yildan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bombey shtati 1960-yil 1-mayda „Bombayni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun bilan Gujarat va Maharashtra til shtatlariga boʻlingan[19]. Nagalandning eski Ittifoq hududi 1963-yil 1-dekabrda davlatchilik shakliga ega boʻldi[20]. 1966-yilda qabul qilingan „Punjab shtatini qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun asosida Haryana shtati tashkil etildi.Shuningdek, ushbu qonun asosida Punjab shtatining shimoliy tumanlari Himachal Pradesh tarkibiga kiritildi[21]. Qonun Chandigarhni ittifoq hududi va Punjab va Haryananing umumiy poytaxti etib belgiladi[22][23].

Madras shtati nomi 1969-yilda Tamil Nadu deb oʻzgartirildi. Shimoli-sharqiy Manipur, Meghalaya va Tripura shtatlari 1972-yil 21-yanvarda tashkil etildi[24]. Mysore shtati nomi 1973-yil Karnataka deb oʻzgartirildi. 1975-yil 16-mayda Sikkim shtati Hindiston Ittifoqining 22-shtatiga aylandi va shtat monarxiyasi bekor qilindi[25]. 1987-yil 20-fevralda Arunachal Pradesh va Mizoram shtatlari, 30-mayda esa Goa shtati tashkil qilindi. Ilgarigi Goa, Daman va Diuning shimoliy anklavlari Daman va Diu sifatida alohida ittifoq hududiga aylandi[26].

2000-yil noyabr oyida 3 ta yangi shtat tashkil qilindi. Ular quyidagilar:

  • Chhattisgarh (sharqiy Madhya Pradesh hududida), „Madhya Pradeshni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun asosida.
  • Uttaranchal (2007-yilda Uttarakhand nomi oʻzgartirildi)(Uttar Pradesh shimoli-gʻarbiy qismidagi hududlarda) „Uttar-Pradeshni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun asosida
  • Jharkhand (Biharning janubiy tumanlarida) „Biharni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun asosida (2000-yil)[27][28][29][30].

Pondicherry shtati nomi 2007-yilda Puducherry deb oʻzgartirildi. Orissa shtati nomi 2011-yilda Odisha deb oʻzgartirildi. Telangana shtati 2014-yil 2-iyunda Telangana 2014-yil 2-iyunda Andhra Pradesh shtatining shimoli-gʻarbidagi oʻnta tumani qoʻshilishi orqali tashkil qilindi[31][32].

2019-yil avgust oyida Hindiston parlamenti „Jammu va Kashmirni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“ gi qonunni qabul qildi. Unga koʻra, 2019-yilda Jammu va Kashmir shtati ikkita ittifoq hududiga qayta tashkil etildi[33]. Oʻsha yilning noyabr oyida Hindiston hukumati Daman va Diu, Dadra va Nagar Haveli ittifoq hududlarini Dadra va Nagar Haveli va Daman va Diu deb nomlanuvchi yagona ittifoq hududiga birlashtirish toʻgʻrisidagi qonuni qabul qildi[34][35][36].

Hozirgi kundagi shtatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shtatlar

nomi

ISO Transport kodi Joylashuvi Poytaxti Eng katta shahri Tashkil qilingan

sanasi

Aholisi

(2011)
Maydoni
(km2)
Rasmiy tili[37] Qoʻshimcha tillari[37]
Andhra Pradesh IN-AP AP Janubiy Amaravati Visakhapatnam 1956-yil 1-noyabr 49,506,799 162,975 Telugu
Arunachal Pradesh IN-AR AR Shimoliy-Sharqiy Itanagar 1987-yil 20-fevral 1,383,727 83,743 Ingliz tili
Assam IN-AS AS Shimoliy-Sharqiy Dispur Guwahati 1950-yil 26-yanvar 31,205,576 78,550 Assom tili Bengal tili, Bodo
Bihar IN-BR BR Sharqiy Patna 1950-yil 26-yanvar 104,099,452 94,163 Hind tili Urdu
Chhattisgarh IN-CT CG Markaziy Raipur 2000-yil 1-noyabr 25,545,198 135,194 Chhattisgarhi Hind tili, Ingliz tili
Goa IN-GA GA Gʻarbiy Panaji Vasco da Gama 1987-yil 30-may 1,458,545 3,702 Konkani Marathi
Gujarat IN-GJ GJ Gʻarbiy Gandhinagar Ahmedabad 1960-yil 1-may 60,439,692 196,024 Gujarati
Haryana IN-HR HR Shimoliy Chandigarh Faridabad 1966-yil 1-noyabr 25,351,462 44,212 Hind tili Punjab tili[38][39]
Himachal Pradesh IN-HP HP Shimoliy Shimla (yoz)

Dharamshala (qish)[40]
Shimla 1971-yil 25-yanvar 6,864,602 55,673 Hind tili Sanskrit[41]
Jharkhand IN-JH JH Sharqiy Ranchi Jamshedpur 2000-yil 15-noyabr 32,988,134 74,677 Hind tili Angika, Bengal tili, Bhojpuri, Bhumij, Ho, Kharia, Khortha, Kurmali, Kurukh, Magahi, Maithili, Mundari, Nagpuri, Odia, Santali, Urdu[42][43]
Karnataka IN-KA KA Janubiy Bangalore 1956-yil 1-noyabr 61,095,297 191,791 Kannada tili
Kerala IN-KL KL Janubiy Thiruvananthapuram 1956-yil 1-noyabr 33,406,061 38,863 Malayalam Ingliz tili[44]
Madhya Pradesh IN-MP MP Markaziy Bhopal Indore 1950-yil 26-yanvar 72,626,809 308,252 Hind tili
Maharashtra IN-MH MH Gʻarbiy Mumbay (yoz)

Nagpur (qish)[45][46]
Mumbay 1960-yil 1-may 112,374,333 307,713 Marathi tili
Manipur IN-MN MN Shimoliy-Sharqiy Imphal 1972-yil 21-yanvar 2,855,794 22,347 Meitei Ingliz tili
Meghalaya IN-ML ML Shimoliy-Sharqiy Shillong 1972-yil 21-yanvar 2,966,889 22,720 Ingliz tili Khasi
Mizoram IN-MZ MZ Shimoliy-Sharqiy Aizawl 1987-yil 20-fevral 1,097,206 21,081 Ingliz tili, Hind tili, Mizo tili
Nagaland IN-NL NL Shimoliy-Sharqiy Kohima Dimapur 1963-yil 1-dekabr 1,978,502 16,579 Ingliz tili
Odisha IN-OR OD Sharqiy Bhubaneswar 1950-yil 26-yanvar 41,974,218 155,820 Odia
Punjab IN-PB PB Shimoliy Chandigarh Ludhiana 1966-yil 1-noyabr 27,743,338 50,362 Punjab tili
Rajasthan IN-RJ RJ Shimoliy Jaipur 1950-yil 26-yanvar 68,548,437 342,269 Hind tili Ingliz tili
Sikkim IN-SK SK Shimoliy-Sharqiy Gangtok 1975-yil 16-may 610,577 7,096 Ingliz tili, Nepali Bhutia, Gurung, Lepcha, Limbu, Manggar, Mukhia, Newari, Rai, Sherpa, Tamang
Tamil Nadu IN-TN TN Janubiy Chennay 1956-yil 1-noyabr 72,147,030 130,058 Tamil Ingliz tili
Telangana IN-TG TS Janubiy Hyderabad 2014-yil 2-iyun 35,193,978[47] 112,077[47] Telugu Urdu[48]
Tripura IN-TR TR Shimoliy-Sharqiy Agartala 1972-yil 21-yanvar 3,673,917 10,492 Bengal tili, Ingliz tili, Kokborok
Uttar Pradesh IN-UP UP Markaziy Lucknow 1950-yil 26-yanvar 199,812,341 243,286 Hind tili Urdu
Uttarakhand IN-UT UK Markaziy Bhararisain (yoz)

Dehradun (qish)[49]
Dehradun 2000-yil 9-noyabr 10,086,292 53,483 Hind tili Sanskrit[50]
Gʻarbiy Bengaliya IN-WB WB Sharqiy Kolkata 1950-yil 26-yanvar 91,276,115 88,752 Bengal tili, Nepal tili Hind tili, Odia, Punjab tili, Santali, Telugu tili, Urdu

Oldingi shtatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xarita Shtat Poytaxt Yillar Hozirgi holat(lar)
Ajmer shtati Ajmer 1950-1956-yillar Rajasthan
Andhra shtati Kurnool 1953-1956-yillar Andhra Pradesh
Bhopal shtati Bhopal 1949-1956-yillar Madhya Pradesh
Bilaspur shtati Bilaspur 1950-1954-yillar Himachal Pradesh
Bombay shtati Bombay 1950-1960-yillar Maharashtra, Gujarat va qisman Karnataka
Koorg shtati Madikeri 1950-1956 yillar Karnataka
Sharqiy Punjab Shimla (1947-1953)



Chandigarh (1953-1966)
1947-1966 yillar Punjab, Haryana, Himachal Pradesh va Chandigarh
Hyderabad shtati Hyderabad 1948-1956-yillar Telangana, qisman Maharashtra va Karnataka
Jammu va Kashmir Srinagar (yoz)


Jammu (qish)
1952-2019-yillar Jammu va Kashmir va

Ladakh

Kutch shtati Bhuj 1947-1956-yillar Gujarat
Madhya Bharat Indore (yoz)



Gwalior (qish)
1948-1956-yillar Madhya Pradesh
Madras shtati Madras 1950-1969-yillar Andhra Pradesh, Tamil Nadu va qisman Karnataka va Kerala
Mysore shtati Bangalore 1947-1973-yillar Karnataka
Patiala va Sharqiy Punjab shtatlari ittifoqi Patiala 1948-1956-yillar Punjab va Haryana
Saurashtra Rajkot 1948-1956-yillar Gujarat
Travancore — Cochin Trivandrum 1949-1956-yillar Kerala va qisman Tamil Nadu
Vindhya Pradesh Rewa 1948-1956-yillar Madhya Pradesh
  1. Krishna Reddy. Indian History. New Delhi: Tata McGraw Hill, 2003. ISBN 978-0-07-048369-9. 
  2. Ramesh Chandra Majumdar. Ancient India. Motilal Banarsidass Publishers, 1977. ISBN 978-81-208-0436-4. 
  3. Romila Thapar. A History of India: Part 1. [Harmondsworth] Penguin Books, 1966. 
  4. V.D. Mahajan. History of medieval India, 10th, New Delhi: S Chand, 2007 — 121, 122-bet. ISBN 978-8121903646. 
  5. Antonova, K.A.. A History of India Volume 1. Moscow, USSR: Progress Publishers, 1979. 
  6. "Gupta Dynasty – MSN Encarta". Gupta Dynasty – MSN Encarta. Archived from the original on 29 October 2009. https://web.archive.org/web/20091029013809/http://encarta.msn.com/encyclopedia_761571624/Gupta_Dynasty.html. 
  7. „India – Historical Setting – The Classical Age – Gupta and Harsha“. Historymedren.about.com (2009-yil 2-noyabr). 2015-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-oktyabr.
  8. Nilakanta Sastri, K.A.. A history of South India from prehistoric times to the fall of Vijayanagar. New Delhi: Indian Branch, Oxford University Press [1955], 2002 — 239-bet. ISBN 978-0-19-560686-7. 
  9. Chandra, Satish. Medieval India: From Sultanate to the Mughals — 202-bet. 
  10. „Regional states, c. 1700–1850“. Encyclopædia Britannica, Inc..
  11. Grewal, J. S. „Chapter 6: The Sikh empire (1799–1849)“, . The Sikh empire (1799–1849), The New Cambridge History of India. Cambridge University Press, 1990.  (Wayback Machine saytida 2012-02-16 sanasida arxivlangan)
  12. Article 1“, Constitution of India.  (Wayback Machine saytida 2012-04-02 sanasida arxivlangan)
  13. „Map of Madras Presidency in 1909“ (2011-yil 28-mart). Qaraldi: 2013-yil 15-oktyabr.
  14. „Reorganisation of states“. Economic Weekly. Qaraldi: 2015-yil 31-dekabr.
  15. „Dadra and Nagar Haveli Celebrated Its 60th Liberation Day“. Jagranjosh.com (2013-yil 2-avgust). Qaraldi: 2020-yil 2-mart.
  16. „When an IAS Officer Was The Prime Minister of Dadra & Nagar Haveli“. Thebetterindia.com (2018-yil 28-mart). Qaraldi: 2020-yil 2-mart.
  17. „The Constitution (Amendment)“. Archive.india.gov.in. 2020-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-oktyabr.
  18. Article 1“, Constitution of India. Law Ministry, GOI.  (Wayback Machine saytida 2012-04-02 sanasida arxivlangan)
  19. J.C. Aggarwal, S.P. Agrawal. Uttarakhand: Past, Present, and Future. New DElhi: Concept Publishing, 1995 — 89–90-bet. 
  20. „Nagaland History & Geography-Source“. india.gov.in. Qaraldi: 2013-yil 17-iyun.
  21. „Himachal Pradesh Tenth Five Year Plan“. 2014-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-iyun.
  22. „The Punjab Reorganisation Act 1966“. india.gov.in. Qaraldi: 2013-yil 17-iyun.
  23. „State map of India“. Travel India guide. 2013-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-iyun.
  24. „Snapshot of North Eastern States“. thaibicindia.in. 2009-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-fevral.
  25. „About Sikkim“. Official website of the Government of Sikkim. 2009-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-iyun.
  26. „Goa Chronology“. goaonline.in. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-fevral.
  27. „Official Website of Government of Jharkhand“. Jharkhand.gov.in. 2013-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-iyun.
  28. „Chhattisgarh state – History“. Cg.gov.in. 2010-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-iyun.
  29. Chopra. „Uttaranchal is Uttarakhand, BJP cries foul“. The Times of India (2007-yil 2-yanvar). 2013-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-yanvar.
  30. „About Us: Uttarakhand Government Portal, India“. Uk.gov.in (2000-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 17-iyun.
  31. „The Andhra Pradesh Reorganisation Act, 2014“. Ministry of law and justice, Government of India. 2016-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-mart.
  32. „Telangana bill passed by upper house“. The Times of India. Qaraldi: 2014-yil 20-fevral.
  33. „Jammu and Kashmir Reorganisation Bill (No. XXIX of) 2019“. Parliament of India (2019-yil 5-avgust). Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
  34. Dutta, Amrita Nayak. „There will be one UT less as Modi govt plans to merge Dadra & Nagar Haveli and Daman & Diu“. The Print (2019-yil 10-iyul). Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
  35. „Govt plans to merge 2 UTs – Daman and Diu, Dadra and Nagar Haveli“. Devdiscourse. Qaraldi: 2020-yil 26-mart.
  36. „The Dadra And Nagar Haveli And Daman And Diu (Merger Of Union Territories) Bill“. Ministry of Home Affairs – Government of India (2019). Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
  37. 37,0 37,1 „Report of the Commissioner for linguistic minorities: 50th report (July 2012 to June 2013)“. Commissioner for Linguistic Minorities, Ministry of Minority Affairs, Government of India. 2016-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
  38. „Haryana grants second language status to Punjabi“. Hindustan Times (2010-yil 28-yanvar). 2015-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  39. „Punjabi gets second language status in Haryana“. Zee news (2010-yil 28-yanvar).
  40. „Dharamsala: Himachal Pradesh gets its second capital in Dharamsala“. The Times of India (2017-yil 2-mart). Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  41. Pratibha Chauhan. „Bill to make Sanskrit second official language of HP passed“. The Tribune (2019-yil 17-fevral). 2019-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.
  42. „Jharkhand gives 2nd language status to Magahi, Angika, Bhojpuri and Maithali“. uniindia.com.
  43. „Jharkhand notifies Bhumij as second state language“. The Avenue Mail (2019-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  44. „Kerala Official Languages Act, 1969“. www.bareactslive.com. 2021-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-oktyabr.
  45. „History | District Nagpur,Government of Maharashtra | India“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  46. Raghunatha, TN. „Monsoon session to start in Maha's winter Capital Nagpur from July 4“. Pioneer (2018-yil 2-iyun). Qaraldi: 2021-yil 20-aprel.
  47. 47,0 47,1 „Telangana State Profile“. Telangana government portal. Qaraldi: 2014-yil 11-iyun.
  48. „Urdu is second official language now“ (en-IN). The Hindu (2017-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-iyul.
  49. „Bhararisain declared as summer capital of Uttarakhand“. Times Now (2020-yil 8-iyun). Qaraldi: 2021-yil 24-noyabr.
  50. Singh. „Sanskrit: reviving the language in today's India“. mint (2010-yil 19-aprel).