Kontent qismiga oʻtish

Jaynizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jaynizm — 1) Hindistonda tarqalgan dinlardan biri (qariyb 3 mln. kishi eʼtiqod qiladi). Miloddan avvalgi 6-asrda paydo boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, jaynizm asrlar osha 24 ustoz-paygʻambar orqali yetib kelgan. Bularning eng soʻnggisi Jinna (yaʼni gʻolib, dinning nomi shundan) va Maxavira taxallusini olgan Vardhamana boʻlib, shu din asoschisi hisoblanadi. Jaynizm qad. hind jamiyatidagi qarbiylar (kshatriy) bilan ruhoniy — brahmanlar oʻrtasidagi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi oqibatida vujudga kelgan. Baʼzi tadqiqotchilar fikricha, jaynizm buddizmnmng bir mazhabidir. Jaynizm buddizm kabi brahmanizmning murakkab rasmrusumlariga va tashqi shakliga qarshi chiqsi. Vedalarniit muqaddasligini, qurbonliklar qilishni, ruhoniylar va xudolarning inson taqdiriga hal qiluvchi taʼsirini inkor etdi. Jaynlar oʻz jamoasiga kirish uchun barcha varna (kasta)dagi erkak va ayollarga yoʻl ochdi. Jaynizmda markaziy oʻrinni jon haqidagi taʼlimot egallaydi. Bunga koʻra, inson joni barcha qilmishlari uchun javobgar, chunki bu qilmishlar karma konuni asosida roʻy beradi, karma qonuni tanni jon bilan bogʻlaydi, insonni yerdagi ishlarga zanjirband etadi va uning keyingi qayta tugʻilishlarini belgilab beradi. Kishilar „oʻz jonini oʻzi xalos qilishi“, „qayta tugʻilishlardan ozod bulishi“ mumkin. Bunga erishish uchun Jinnaga eʼtiqod qilish, Jinna taʼlimotiga ishonish, Jinna belgilagan axlok, meʼyorlariga rioya qilishi kerak. Jaynizmda axloqiy kamolatga yetishishning va karma konunidan qutulishning birdanbir yoʻli zohidlik hisoblanadi. Jaynlar zohid-rohiblar va fuqarolar (savdo-sudxurlik bilan shugʻullanuvchilar)ga bulinadi. Jaynizm tarafdorlari hozirgi kunda asosan bankdorlar, sudxoʻrlar, sarroflar va zargarlardan iborat. Ular jondorlar bilan savdo qiladilar, boshqa tijorat ishlari bilan ham shugʻullanadilar; 2) falsafiy taʼlimotlardan biri. Miloddan avvalgi 2— 1-asrlarda jaynizm dini asosida shakllangan. J. falsafasining asosiy manbai „Jayna sutra“ („Jayna aforizmlari“) hisoblanadi. J. falsafasiga tattvalar — mohiyatlar haqidagi taʼlimot asos qilib olingan. Ikki asosiy tattva boʻlib, biri — mohiyati ong boʻlgan ruh (jiva), ikkinchisi — ruh boʻlmagan hamma narsa (ajiva). Ruh bulmagan narsa (materiya) sezish, eshitish, hid, rang va taʼm sifatlariga egadir. U yaratilmagan, ibtidosi va intihosi yuq, muayyan holatga ega boʻlishi va oʻzgarishi mumkin. Modda dagʻal narsa boʻlib, inson aʼzolari tomonidan his etiladigan yoki karmaga oʻxshab nozik bulishi mumkin. Moddaning zarrasi — atom, u makonning bir nuqtasinigina ishgʻol etadi, ogʻirlikka ega, katta tezlik bilan harakat qila oladi. J. falsafasida ikki zamon xususiyati mavjud: ruhning ayni holatda mujassamlashgan muddati (yoki hayot vaqti) va ruhning shu berilgan holatda mujassamlashgan muddati (yoki hayot miqdori, boshqa holatga oʻtish uchun ayni shunday hayotda yashashi zarurligi). Maye, inson bir necha oʻn yillar yashaydi, ammo uning yuqoriroq holatga oʻtishi bir necha hayotiy muddatni taqozo etadi.

J.ning axloqiy taʼlimoti yakka shaxening oʻzigagina qaratilgan. Inson faqat oʻzini ozod qilishi mumkin; boshqa odamga yordam berish mutlaqo boʻlmagan va iloji yoʻq narsa. J. falsafiy tizimi hozirgi vaqtgacha deyarli ilk koʻrinishida saqlanib qolgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil