Amritsar qirgʻini
Qiyofa
Amritsar qirgʻini – Hindistonda ingliz mustamlaka hukumatining terror siyosatiga qarshi norozilik yuzasidan 1919-yil 13-aprelda Amritsar shahrida oʻtkazilgan namoyish qatnashchilarining oʻqqa tutilishi. Namoyish boshlanishi bilan maydonga general Dayer qoʻmondonligidagi harbiy 445 otryad va ikki bronevik kelib, qurolsiz aholiga qarata oʻqochgan, natijada 1000 ga yaqin kishi oʻlgan va taxminan 2000 kishi yarador boʻlgan. Bunga Hindiston xalqlari milliy ozodlik harakatini yanada kuchaytirish bilan javob berdilar. Harakat Panjobdan boshlab butun Hindistonga ham tarqaldi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |