Kontent qismiga oʻtish

Pokiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pokiston Islom Respublikasi
اسلامی جمہوریۂ پاکستان (urducha)
Islāmī Jamhūriya-i-Pākistān
Shior ISLOM, Ittihād, Nazam
ایمان، اتحاد، نظم
„Imon, ittifoq, intizom“[1]
Madhiya: Qaumī Tarānah
قَومی ترانہ
Location of Pokiston
Poytaxt Islomobod
33°41′30″N 73°03′00″E / 33.69167°N 73.05000°E / 33.69167; 73.05000
Eng katta shahar Karachi
24°51′36″N 67°00′36″E / 24.86000°N 67.01000°E / 24.86000; 67.01000
Rasmiy til(lar)
Hukumat Federal Islom parlament respublikasi
• Prezident
Arif Alvi
Shehbaz Sharif
Mustaqillik (Birlashgan Qirollikdan)
• Sana
14-avgust 1947-yil
Maydon
• Butun
803 940 km2 (35-oʻrin)
• Suv (%)
2.86
Aholi
• 2021-yilgi roʻyxat
Neutral increase 226 992 332[2] (5-oʻrin)
• Zichlik 202/km2
YIM (XQT) 2021-yil roʻyxati
• Butun
$1.110 trillion[3] (26-oʻrin)
• Jon boshiga
$5 839[3] (139-oʻrin)
YIM (nominal) 2021-yil roʻyxati
• Butun
$286 milliard[manba kerak] (43-oʻrin)
• Jon boshiga
$1 255[3] (159-oʻrin)
Pul birligi Pokiston rupisi (₨) (PKR)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qisqartma PK
Telefon prefiksi 92
Internet domeni .pk

Pokiston (urdu: پاکِستان), Pokiston Islom Respublikasi (urdu: اِسلامی جمہوریہ پاکِستان, Islami Jamhyriya Pakistan) — Osiyo janubida, Hindiston yarim orolining shimoli-gʻarbidagi davlat. Maydoni 803,9 ming km2. Aholisi — 242 923 845 kishi (2022)[4]. Poytaxti — Islomobod shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 provinsiya, federal poytaxt hududi va federal hukumat tomonidan boshqariladigan qabilalar hududiga boʻlingan.

Allama Iqbal — Pokiston xalq shoiri. Vataniga qoʻshimcha ravishda u Eron, Kürdistan va Iroqda ham mashhur boʻlib, u Iqbol-e Laxori.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokiston — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi islom respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1973-yil qabul qilingan, 1977-yil taqiqlangan va 1985-yil 30-dekabrda qayta tiklangan. Davlat boshligʻi — prezident u 5 yil muddatga saylanadi va ketma-ket 2-martadan ortiq saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Milliy assambleya), ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident tayinlaydi.

Pokiston hududida odam paleolit davri oxiridan boshlab yashab keladi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning boshida Hind daryosi va irmoqiari vodiysida jaxrnning eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri — Harappa madaniyatita mansub dastlabki davlatlar paydo boʻldi. Miloddan avvalgi VI asr oxirida bu yerlar qadimgi Eronning Axomaniylar saltanati tarkibiga qoʻshib olindi. Miloddan avvalgi 327—326 yillarda makedoniyalik Aleksandr zabt etdi. Uning vafotidan soʻng bu yerlar Mauriyalar imperiyasigi qoʻshilib ketdi. Miloddan avvalgi II asrning boshida Pokiston hududida Hind-yunon podsholigi deb ataladigan davlat vujudga keddi. Milodiy I-III asrlarda Hind daryosi xavzasi Kushon imperiyasiga qoʻshib olindi. Purushapura shahri (hozirgi Peshovar) uning poytaxti boʻldi. Kushon podsholigi parchalangandan soʻng, hozirgi Pokistonning gʻarbiy qismlari sosoniylar, sharqiy qismlari guptalar saltanatiga qoʻshilib ketdi. V asrning 2-yarmida bu yerda eftaliylar hokimiyati oʻrnatilib (VI asr oʻrtalariga kadar), Sakala shahri (hozirgi Siyalkot) mamlakat poytaxti boʻlgan.

664-yilda arablar Hind daryosi vodiysiga bostirib kirdilar. 711—13 -yillarda Muhammad ibn Qosim qoʻmondonligidagi qoʻshinlar Sind va Panjobning janubiy qismini egalladi. Shu tariqa Pokiston hududida islom dini tarqala boshladi. 750-yil Umaviylar xalifaligi agʻdarilgach, Sind mustaqil davlatga aylandi. 11-asr boshlariga kelib, hind daryosi havzasini Gʻaznaviylar, 12-asrda Gʻuriylar, 13-asr boshlarida Dehli sultonligi egalladi. Betoʻxtov urushlar, isyonlar va chet el bosqinlariga qaramay, Hind daryosi havzasidagi Lohur, Moʻlton, Peshovar, Tatta kabi yirik shaharlar muhim iqtisodiy va madaniy markazga aylanib, bir qator mamlakatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻlgan. Ularning bu mavqei Boburiylar davlati davrida ham saqlangan. 1707-yilda shoh Avrangzeb vafotidan soʻng Hind daryosi havzasi eron, afgʻon va mahalliy zamindorlarning kurash maydoniga aylandi. 18-asr oʻrtalarida hozirgi Pokiston hududi — afgʻon shohi Ahmadshoh Durrojiy tasarrufiga oʻtdi. 18-asrning 60-yillarida Panjobda bir nechta sultonliklar vujudga keldi, maharoja Ranjit Singx (1799—1839-yillarda hukmronlik qilgan) ularni yagona davlatga birlashtirdi.

Boburiylar saltanatining inqirozga yuz tutishi, ichki urushlar, eron va afgʻon hukmdorlarining bostirib kirishlari ingliz mustamlakachilarining bosqinchilik rejalari amalga oshishiga yordam berdi. Ular 1843-yil Sindni, 1845—49 yillarda Panjobni, 1854, 1876, 1879, 1893-yilda Balujiston va Sharqiy Pushtun qabila hamda sultonliklarini bosib oldi.

Pokiston xalqlarining milliy ozodlik harakati 20-asr boshlarida ayniqsa kuchaydi (1896—1908-yillarda Sinddagi Hurlar qoʻzgʻoloni, 1919—21 yillarda che-garadagi pushtun qabilalari qoʻzgʻolo-ni, 1930-yildagi Peshovar qoʻzgʻoloni va boshqalar). 1947-yil 14-avgustda Pokiston mustaqil deb eʼlon qilindi. Pokistonning birinchi general gubernatori qilib Musulmonlar ligasining rahbari va Pokiston ozodligi harakatining yoʻlboshchisi Muhammad Ali Jinna (1876—1948) saylandi. Mustamlakachilik asoratidan qutulib, davlat mustaqilligini saqlash, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va shu maqsadda islohotlar oʻtkazish Pokiston siyosiy hayotining muhim masalasi boʻlib turar edi. Hukmron Musulmonlar ligasi partiyasining rahbariyati Gʻarbiy Pokiston za-mindorlari va sarmoyadorlarining ma-vqeini mustahkamlashga intildi. Buning ustiga Pokiston rivojlanishining asosiy muammolari hal etilmasligi sababli aholining koʻp qismi bu partiyadan yuz oʻgira boshladi. Mazkur partiya ichida fraksiyachilik kurashi kuchaydi va dastlabki muxolifotchi partiyalar vujudga keldi. Iqtisodiy qiyinchiliklarning tobora chigallashib borishi vatanparvar zobitlar orasida norozilikni keltirib chiqardi. Hukmron doiralar oʻrtasida kurash keskin tus ola boshladi. 1951-yil 16-oktabrda Pokiston Bosh vaziri Liyoqat Alixon (1895—1951) oʻldirildi. Oʻsib borayotgan siyosiy beqarorlik sharoitida Pokiston harbiy bloklar — 1954-yil 8-sentabrda SEATO, 1955-yil 23-sentabrda Bagʻdod pakti (1959-yil avgustdan — SENTO)ga aʼzo boʻldi. Hokimiyatni qoʻlda saqlab qolish maqsadida Musulmonlar ligasi rahbarlari bir oz yon berishga majbur boʻldilar. Jumladan, 1954-yil bengal tili urdu tili bilan bir qatorda davlat tili deb tan olindi. 1955-yil Musulmonlar ligasi va Birlashgan front vakillaridan iborat koalitsion hukumat tuzildi. 1956-yil 29-fevralda taʼsis majlisi Pokistonning yangi konstitutsiyasini qabul qildi. Unga koʻra, Pokiston Federativ Islom Respublikasi deb atala boshladi. 1958-yil 7—8-oktabrda harbiy toʻntarish oʻtkazildi, konstitutsiya bekor qilindi, barcha siyosiy partiyalar taqiqlab qoʻyildi. 27-oktabrdan qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni general M.Ayyubxon prezidentlik vazifasini oʻz zimmasiga oldi. 1962-yil hukumat ishlab chiqqan yangi konstitutsiya eʼlon qilindi. Unga koʻra, Pokistonda boshqaruvning prezidentlik shakli joriy etildi. 1962- va 1965-yilda M.Ayyubxon mamlakat prezidenta etib saylandi. 1965-yil sentabrda Pokiston bilan Hindiston oʻrtasida Kashmir masalasida qurolli toʻqnashuv boʻlib oʻtdi.

1966-yil 4—10-yanvarda Toshkentda Pokiston prezidenti bilan Hindiston Bosh vaziri uchrashdi. Toshkent deklaratsiyasi (1966) nomli tarixiy hujjatning har ikki mamlakat tomonidan imzolanishi natijasida nizolarni tinch yoʻl bilan hal etishga yoʻl ochildi. 1968-yil oxiri — 1969-yil boshida Pokistondagi vaziyat keskinlashdi. Mamlakatdagi muxolifatchilik harakati kuchaydi. 1969-yil 25-martda M.Ayyubxon prezidentlik lavozimidan voz kechdi va hokimiyatni Pokiston armiyasining bosh qoʻmondoni general A. M. Yahyoxonga topshirdi. Yana harbiy holat eʼlon qilindi, qonun chiqaruvchi majlis, markaziy va provinsiya hukumatlari tarqatib yuborildi, konstitutsiya bekor qilindi. 1970-yil dekabrda Pokiston tarixida birinchi marta umumiy saylov oʻtkazilib, Sharqiy Pokistonda Mujibur Rahmon boshchiligidagi Avomi lig partiyasi va Gʻarbiy Pokistonda Z. A. Bxutto boshchiligidagi Pokiston xalq partiyasi golib chiqdi. Avomi lig partiyasi Sharqiy Pokistonga regional muxtoriyat berilishini talab qildi. Pokiston rahbarlari buni rad etishdi. Natijada mamlakatda siyosiy tanglik roʻy berdi. Pokiston rahbarlarining bedodliklariga javoban 1971-yil 26-martda Sharqiy Pokiston Pokistondan ajralib chiqib, Bangladesh Xalq Respublikasi deb eʼlon qilindi. Sharqiy Pokistondan Hindistonga koʻplab qochoqlarning oʻtib ketishi Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida urush kelib chiqishiga sabab boʻddi. 1971-yil 16-dekabrda Dakkada Pokiston askarlari taslim boʻldi. 20-dekabrda A. M. Yahyoxon isteʼfoga ketishga majbur boʻldi va hokimiyatni Pokiston xalq partiyasining rahbari Z. A. Bxuttoga topshirdi. 1974-yil martda Pokiston Bangladesh Xalq Respublikasini tan oldi, SEATOdan chiqdi, bularning hammasi Hindiston yarim oroldagi vaziyatning moʻtadillashuviga olib keldi.

Pokiston ichki hayotida ham muhim oʻzgarishlar yuz berdi. 1972-yil 24-aprelda harbiy holat bekor qilindi, 1973-yil 14-martdan yangi konstitutsiya kuchga kirdi. Siyosiy partiyalar faoliyati tiklandi. 1977-yil navbatdagi parlament saylovi oʻtkazilib, Pokiston xalq partiyasi parlamentdagi deyarli 80% oʻrinni oldi. Z. A. Bxutto boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin 9 ta muxolifatchi partiyadan tuzilgan Pokiston milliy alyansi saylov natijalarini tan olmadi. Qayta saylov oʻtkazishni, hukumatning isteʼfoga chiqishini talab qildi, mamlakatda tartibsizliklar boshlandi. Siyosiy beqarorlik va iqtisodiy qiyinchiliklar ortib borayotgan sharoitda butun hokimiyatni armiya shtabi boshligʻi general M.Ziyoulhaq oʻz qoʻliga oldi.

1984-yil 19-dekabrda referendum oʻtkazilib, unda hukumat olib borayotgan islomlashtirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash masalasi qoʻyildi. Natija ijobiy boʻldi va Ziyoulhaq keyingi 5 yilga mamlakat prezidenti deb eʼlon qilindi. 1988-yil 29-mayda Ziyoulhaq qonun chiqaruvchi organlarni tarqatib yubordi, markaziy va provinsiya hukumatlarini isteʼfoga chiqardi, ularni poraxoʻrlik va jinoyatda aybladi. M.Ziyoulhaq yangi hukumatga shaxsan oʻzi boshchilik qildi. 1988-yil 17-avgustda prezident aviatsiya falokatida halok boʻldi. Konstitutsiyaga muvofiq, senat raisi Gʻulom Is’hoqxon prezident lavozimini egalladi. 1988-yil 16-noyabrda Milliy majlisga oʻtkazilgan saylovda Pokiston Xalq partiyasi gʻolib keldi va uning rahbari Benazir Bxutto xonim boshchiligidagi hukumat tuzildi. Yangi hukumat favqulodda holatni bekor qildi, kasaba va talaba uyushmalari faoliyatiga ruxsat berdi, Ziyo-ulhaq davrida qamalgan siyosiy mahbuslarni ozod qildi. 1990-yil 24-oktabrda Milliy assambleyaga oʻtkazilgan navbatdan tashqari saylovda Islom demokratik alyansi gʻolib chiqdi. Uning rahbari Miyon Muhammad Navoz Sharif bosh vazir boʻldi. 1993-yil 6-oktabrda oʻtkazilgan navbatdan tashqari parlament saylovida Pokiston xalq partiyasi koʻpchilik ovoz oldi. B.Bxutto xonim rahbarligidagi koalitsion hukumat tuzildi. Fa-ruk. Ahmadxon Lagʻariy Pokiston prezidenta etib saylandi. 1997-yil 3-fevralda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari parlament saylovi natijasida yana M. M. Navoz Sharif bosh vazir boʻldi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirdi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik manfaati uchun dam olish kuni jumadan yakshanbaga oʻtkazildi. Hukumat isrofgarchilikka qarshi, mablagʻlarni tejash uchun kurashdi, yuqori amaldorlarning imtiyozlarini chekladi. 1997-yil 2-dekabrda prezident F. A. Lagʻariy oʻz ixtiyori bilan lavozimidan voz kechdi. Konstitutsiyaga koʻra, davlat rahbari vazifasini vaqtincha Senat raisi Vasim Sajjod bajara boshladi. 1997-yil 31-dekabrda mamlakat prezidenti etib Muhammad Rafik Tarar saylandi. 1999-yil 12-oktabrda davlat toʻntarishi boʻlib, butun hokimiyat general Parviz Musharraf boshliq harbiylar qoʻliga oʻtdi. P. Musharraf N. Sharifni qamoqqa oldi va 2001-yil 20-iyunda prezident M. R. Tararni lavozimidan chetlatdi, oʻzini mamlakat prezidenti deb eʼlon qildi. Pokiston — 1947-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 20-dekabrda tan olgan va 1992-yil 10-mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14-avgust — Mustaqillik kuni (1947).

Pokiston hududining shimoliy va shimoli-gʻarbiy qismini, asosan, togʻlar va qirlar egallagan, sharqiy va janubi-sharqiy qismi esa Hind tekisligi (Hindgang tekisligining bir qismi)dan iborat. Pokistonning janubi-sharqini Tar choʻlining gʻarbiy yarmi egallagan. Hind daryosi havzasining tekislik qismida Panjob va Sind tabiiy, tarixiy-madaniy viloyatlari bor. Mamlakat hududining katta qismini Hindukush, Himolay va Eron togʻ tizmalari egallagan (eng baland joyi Tirichmir choʻqqisi, 7690 m). Hind vodiysiga yaqinlashgan sayin togʻ tizmalari pasayib boradi va togʻlararo yirik havzalar — Koʻhat, Bannu, Peshovar vodiysiga aylanadi. Hindukush va Himolay togʻlarida muzliklar bor. Pokistonning sharqiy pasttekislik qismi Hindiston platformasining shimoli-gʻarbiy chekkasida va togʻliq qismi Oʻrta dengiz burmali mintaqasida joylashgan. Foydali qazilmalardan neft, gaz, koʻmir, temir, polimetall, surma, barit, oltingugurt, toshtuz, gips, magnezit, xromit, marganets, mis, qoʻrgʻoshin va boshqalar bor.

Iqlimi va ichki suvlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi, asosan, tropik, shimoli-gʻarbida subtropik, quruq kontinental. Yanvarda oʻrtacha harorat Hind tekisligida 12—16 °C (Arabiston dengizi sohillarida 20 °C gacha), shimoldagi togʻ tepaliklarida sovuq — 20 °C gacha. Iyulning oʻrtacha harorati janubiy va janubi-sharqdagi choʻllarda 35 °C gacha, sohilda 29 °C atrofida, gʻarbdagi togʻ va yassitogʻlarda 20—25 °C, 5000 m balandlikda 0 °C. Yillik yogʻin sohilda 150-200 mm, Sindda 100- 200 mm (Tar choʻlining baʼzi joylarida 50 mm gacha), shimoli-gʻarbdagi vodiy va yassi togʻlarda 250-400 mm, shimoldagi togʻlarda 1000-1500 mm. Mamlakat hududining katta qismi Hind daryosi havzasiga mansub, gʻarbiy qismidagi daryolar Arabiston dengiziga yoki berk havzaga (Balujistonda) oqadi. Eng katta daryosi Hind va uning irmoqlari. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi, yezda sersuv, sugʻorishda foydalaniladi.

Oʻrmonlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuproqlari — mamlakat tekislik qismida boʻz, boʻz-jigarrang, Tar choʻlida qumli, togʻ etaklarida jigarrang va qoʻngʻir tuproq. Oʻsimliklari, asosan, chala choʻl va choʻlga xos. Hind daryosi boʻylari toʻqayzor, deltasi va dengiz sohili mangra chakalakzorlaridan iborat. Tar choʻlida kserofil butalar va dagʻal oʻtlar oʻsadi. Balujiston togʻlarida archazorlar bor. Pokiston shimolda — 1500-3000 m balandliklarda keng bargli va igna bargli daraxtlar. Oʻrmonlar mamlakat hududining 3% ni tashkil etadi. Hayvonot dunyosi xilma-xil: togʻlarda qoplon, yovvoyi qoʻy va echki, gizol, tekisliklarda sirtlon, chiyaboʻri, toʻngʻiz va eshak, har xil kemiruvchilar uchraydi. Parranda koʻp. Hind daryosida timsoxlar yashaydi. Arabiston dengizi baliqqa boy. Kirthar va Laʼl Suxantra milliy bogʻlari, qoʻriqxonalar bor.

Aholisi, asosan, panjobilar; pushtunlar, sindhiylar, baluch (baluj)lar ham yashaydi. Pokistonning shimoliy qismida togʻli xalqlar — kxoʻ va koʻhistoniylar istiqomat qiladi. Rasmiy til — urdu va ingliz tillari. Aholisining 98% qismi islom diniga, qolganlari zardushtiylik, hinduiylik dinlariga eʼtiqod qiladi. Aholining 57% 12 ta yirik shaharda yashaydi. Yirik shaharlari — Karochi, Lohur, Faysalobod, Haydarobod, Ravalpindi, Peshovar, Moʻlton.

Yirik shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Pokistonning aholisi boʻyicha yirik shaharlari (2010)[5]
N Shahar Joylashuvi Aholisi N Shahar Joylashuvi Aholisi
1 Karachi Sind 13 205 339 11 Sargodxa Panjob 600 501
2 Laxor Panjob 7 129 609 12 Baxavalpur Panjob 543 929
3 Faysalobod Panjob 2 880 675 13 Sialkot Panjob 510 863
4 Ravalpindi Panjob 1 991 656 14 Sukkur Sind 493 438
5 Multon Panjob 1 606 481 15 Larnaka Sind 456 544
6 Haydarobod Sind 1 578 367 16 Shekxupura Panjob 426 980
7 Gujranvala Panjob 1 569 090 17 Jang Panjob 372 645
8 Peshavor Haybar-Paxrunxva 1 439 205 18 Raximyor-Xon Panjob 353 112
9 Kvetta Belujiston 896 090 19 Mardon Haybar-Paxtunxva 352 135
10 Islomobod poytaxt 689 249 20 Gujorot Panjob 336 727

Yirik shaharlarning jugʻrofiy joylashuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokiston Xalq partiyasi, 1967-yil asos solingan; Pokiston Milliy Xalq partiyasi, 1986-yil tuzilgan; Pokiston musulmonlar ligasi, 1906-yil tashkil etilgan; Pokiston demokratik partiyasi, 1969-yil asos solingan; Jamoati Islomiy, oʻta oʻng diniy jamoa partiyasi, 1941-yilda tuzilgan. Umumpokiston kasaba uyushmalari fe-deratsiyasi, 1947-yilda tuzilgan; Qavmiy mazdur mahaz („Milliy ishchi fronti“), 1961-yildatuzilgan; Pokiston mehnatxalq byurosi, 80-yillarning oʻrtalarida Pokiston xalq partiyasining ishchilar harakatidagi qanoti sifatidatuzilgan; Pokiston milliy ishchi federatsiyasi, 1968-yilda tu-zilgan; Pokiston milliy kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1962-yil 60 ga yaqin yi-rik fabrika kasaba uyushmalarining birlashishidan tashkil topgan.

Pokiston — sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. 1947—91 yillarda mamlakat iqtisodiyoti tarkibida chuqur oʻzgarishlar sodir boʻldi — ishlab chiqarish zamonaviy shakl va uslublarga oʻtdi, yalpi ichki mahsulot 5 baravar oshdi. Iqtisodiyotdagi bu natijalarga asosan davlatning iqtisodiy siyosati — xususiy ishbilarmonlikni boshqarish va ragʻbatlantirish hamda davlat sektorining faoliyati tufayli erishildi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi — 22,3%, sanoatning ulushi — 16%.

Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy faol axrlining 60% band. Dehqonchilik — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi. Mamlakat hududining 1/4 qismi qishloq xoʻjaligi uchun yarokli, shundan 3/4 qismi sugʻoriladi, ayrim joylarda yiliga 2—3-marta hosil olinadi. 50—70-yillardagi agrar islohotlarga qaramay, anʼanaviy agrar munosabatlar — zamindor yer egaligi va yerdan foydalanishning mayda dehqon (ko-randa) shakli saqlanib qolgan. Hind da-ryosi havzasida dunyoda eng katta sugorish sistemalaridan biri bunyod etilgan. Dehqrnchilikdagi asosiy ekinlar: bugʻ-doy, sholi, arpa, makkajoʻxori, texnika ekinlaridan moyli ekinlar, paxta, shakarkamish va boshqa Bogʻdorchilikda mango, banan, olma, sitrus mevalar, oʻrik, uzum, anor, anjir, pista yetishtiriladi. Shuningdek, kartoshka, piyoz, sarimsoq, qalampir, pomidor, karam, qovoq, tarvuz va boshqa ekiladi.

Chorvachilik yalpi ichki mahsulotning 8,3% ni taʼminlaydi. Pokistonda qoramol koʻproq. Buyvol, echki, qoʻy, tuya, ot ham boqiladi. Soʻnggi yillarda shaharlar atrofida goʻsht va sut chorvachiligi, parrandachilik rivojlandi. Baliqovlashdan keladigan foyda eksport tushumining taxminan 3% ni tashkil etadi.

Pokistonga mustamlakachilik davridan bir necha kichik toʻqimachilik fabrikasi, qand zavodi, temir yoʻl va mexanika ustaxonasi meros boʻlib qolgan. 50-yillarda sanoatlashtirish siyosatining asosiy mazmuni yengil sanoatni, avvalo toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishdan iborat boʻldi. 1952-yilda Sanoatni rivojlantirish davlat korporatsiyasi faoliyat boshladi. 1955-yilda Suyi (Balujiston)da yi-rik tabiiy gaz konini oʻzlashtirishga kirishildi. Kon sanoati jadal surʼatlar bilan, baʼzi yillarda 20% gacha oʻsdi. Mamlakat janubiy (Sind provinsiyasi)da neft konlarining ochilishi va ishga tushirilishi natijasida neft qazish hajmi 4 baravar oshdi. Hozirgi neft ishlab chiqarish (yiliga taxminan 2,5 mln. tonna) mamlakat ehtiyojining 25—30% ni qoplaydi. 50—80-yillarda zavod va fabrikalarning umumiy soni 1,4 mingdan 5 mingga, ularda ishlovchilar soni esa — 200 mingdan 500 mingga yetdi. Qayta ishlash sanoati, ayniqsa, tez rivojlandi. Sanoat markazlari hisoblangan Karochi va Lohur yoniga Faysalobod, Haydarobod, Moʻlton, Ravalpindi shaharlari qoʻshildi. Vah, Taksila, Daudxeyl, Naushexra kabi yangi sanoat markazlari vujudga keldi. Sanoatning asosini metallugiya va mashinasozlik tashkil etadi. Kime sanoati taxminan 300 korxonadan iborat. Klmyo-farmatsevtika sanoati (100 dan ortiq korxona) alohida sohaga aylandi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi tez surʼatlar bilan rivojlandi. Oziq-ovqat sanoati yirik soha hisoblanadi. Tib-biyot asbob-uskunalari, sport anjomlari sanoati rivojlangan. Poligrafiya sanoati, asosan, oʻrta va kichik bosmaxonalardan iborat. Charmpoyabzal sanoati korxonalari barpo etilgan. Kosibchilik va hunarmandchilik (mato, charm, metall, yogʻoch, aqikdan buyumlar tayyorlash) rivojlangan. Gidrostya, is-siklik va atom elektr styalarida yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Transportida avtomobil transporta asosiy oʻrinni egallaydi. Mamlakat ichkarisida tashiladigan yukning 3/4 qismi avtomobil transportida, 1/4 kis-mi temir yoʻlda va 0,1% — xavo transportida tashiladi. Transport yoʻli uzunligi — 9 ming km, avtomobil yoʻllari — 140 ming km. Tashki savdo yuklari, asosan, dengiz va havo transportida, qisman avtomobil transportida tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 514 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Karochi va Kosim. Aeroportlari Karochi, Ravalpindi, Lohur shaharlarida.

Tashqi savdosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokiston chetga guruch, paxta, ip, ip gazlama, gilam, charm, baliq va boshqa sotadi. Oʻsimlik yogʻi, choy, neft, kimyo mahsulotlari, oʻgʻit, umumiy mashinasozlik tovarlari, elektr anjomlari, poʻlat, choʻyan, choy, qurolyarogʻ va hokazo sotib oladi. Asosan, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — Pokiston rupiyasi.

Sogʻliqni saqlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqillik yillarida Pokiston sogʻliqni saqlash sohasida maʼlum yutuqlarga erishdi: tibbiyot muassasalari va xodimlari koʻpaydi. Kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar olib borish tizimi tashkil topdi. 40-yillarning oxirida 1,4 ming vrach boʻlib, hamshiralar yoʻq edi. 90-yillarning boshida vrachlar soni 55 mingga yaqin, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari 40 ming, hamshiralar 20 mingga yetdi. Vrachlar va oʻrta malakali tibbiyot xodimlari tibbiyot universitetida, 6 kollej va 9 tibbiyot muassasasida tayyorlanadi. Sanitariya meʼyorlariga moye keladigan ichimlik suvning yoʻkligi jiddiy muammo. Kanalizatsiyadan 6—7% aholi foydalanadi.

Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokistonda umumiy taʼlim haqida qonun qabul qilinmagan. Pokiston umumtaʼlim maktablari tuzilishi quyidagicha: boshlangʻich maktab (1—5-sinflar); toʻliqsiz oʻrta (6—8-sinflar); oʻrta (9— 10-sinflar); oliy (yuqori) maktab (11 —12-sinflar). Oliy (yukrri) oʻrta maktabni, shuningdek, oraliq kollejni tugatganlar oliy oʻquv yurtlariga kirish xuquqiga ega. 90-yillar oʻrtalarida 168 ming maktab, 690 kollej, 23 universitet boʻlgan. Barcha turdagi maktablarda 16,9 mln., kollej larda 610 ming, universitetlarda 76 ming kishi oʻqidi. Oʻqituvchilar soni: barcha turdagi maktablarda – salkam 550 ming, kollejlarda – 56 ming, universitetlarda – 6 ming. Maktab oʻqituvchilari maxsus maktablar, ‎institut va kollejlarda tayyorlanadi. Yirik universitetlari: Karochidagi Karochi universiteti (1951), Tibbiyot fanlari universiteti (1983), Lohurdagi mu-handislik-texnologiya universiteti (1961), Islomoboddagi Qaid-ye-Aʼzam universiteti (1965), Xalqaro Islom universiteti (1980), Lohurdagi Panjob universiteti (1882).

Fanning rivojlanishini rejalashtirish bilan Fan va texnika qoʻmitasi, fan yutuqlarini joriy etish bilan Fan va texnika tadqiqotlari kengashi shugʻullanadi. Eng yirik ilmiy muassasalari: Pokiston fan taraqqiyoti assotsiatsiyasi, Pokiston fanlar akademiyasi, Atom energiyasi komissiyasi, Atmosferaning yuqori katlamlari va kosmik fazoni tadqiq etish qoʻmitasi, Geofizika ilmiy tadqiqot ‎instituti, Paxtachilik ilmiy tadqiqot ‎instituti va boshqa Bundan tashqari, tibbiyot, iqtisodiyot, xalqaro munosabat, adabiyot va til masalalarini oʻrganuvchi ixtisoslashgan ilmiy ‎institut va jamiyatlar mavjud.

Yirik kutubxonalari: Qaid-ye- Aʼzam universiteti kutubxonasi, Karochi universiteti kutubxonasi, Panjob universiteti kutubxonasi, Hamdard fondi kutubxonasi, Markaziy kotibiyat kutubxonasi, Pokiston milliy kutubxonasi (Islomobod). Yirik muzeylari: Karochidagi Pokiston milliy muzeyi, Lohur muzeyi, Peshovar muzeyi, Lohur qalʼasi muzeyi, Milliy muzey (Islomobod) va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokiston hududida chiqqan dastlabki gazeta „Koʻxi nur“ gazeta (1850, Lohur)dir. 1990-yillar oʻrtalarida 2,5 mingga yaqin gazeta va jurnal chiqqan. Yirik gazetalari — urdu tilida: „Jang“ (1937-yildan), „Imroʻz“ („Bugun“, 1948-yildan), „Mashriq“ („Sharq“, 1963-yildan), „Navaye vaqt“ („Davr ovozi“, 1940-yildan); ingliz tilida: „Doon“ („Tong“, 1942-yildan), „Pakistan tayms“ („Pokiston vaqti“, 1947-yildan), „Muslim“ („Musulmon“, 1979-yildan), „Star“ („Yulduz“, 1951-yildan) va boshqa Assoshieyted Press of Pakistan, hukumat axborot agentligi (1947-yildan), Pokiston Press Interneshnl, hukumat taʼminotidagi xususiy axborot agentligi (1956-yildan), Yunayted Press of Pakistan, xususiy axborot agentligi (1949-yildan) faoliyat koʻrsatadi. 1947-yil Lohur va Peshovarda radiostya boʻlgan. 90-yillar oʻrtalarida 22 radiostya va oʻtkazgich ishladi. Radiostyalar mamlakatning asosiy tillarida kuniga 302 soat eshittirish beradi. Xalqaro xizmat Osiyo, Afrika va Yevropaning 71 tilida ishlaydi. Ularni Pokiston radioeshittirish korporatsiyasi (hukumat mahkamasi, 1947-yildan) nazorat qiladi. Telekoʻrsatuv 1964-yildan boshlangan, 5 telemarkaz ishlaydi. Ularning ishiga Pokiston televideniye korporatsiyasi (1967-yildan) rahbarlik qiladi.

Pokiston adabiyoti urdu, panjobiy, sindhiy, pushtun, baluch, bra-guyi, shuningdek, arab, fors, guja-ratiy, ingliz va boshqa tillarda yaratilgan yozma badiiy merosdan iborat. Ming yillar mobaynida Hindiston xalqlari yaratgan folklor va yozma adabiyot Pokiston va Hindistonning umumiy boyligidir. Pokiston tashkil topgan davrda Pokiston xalklari adabiyotining rivojlanishi turlicha boʻlgan, urdu, sindhiy va panjob adabiyoti rivojlangan edi. Pokistonning Hindistondan ajratilishi dastlab adabiyot rivojiga maʼlum darajada sal-biy taʼsir qildi — nashriyotlar, ada-biy jurnallar yopildi, yozuvchilar tashkilotlari tarqab ketdi. 1949-yilda Pokiston taraqqiyparvar yozuvchilari assotsiatsiyasi tashkil etildi, lekin tez orada taqiqlandi. 1959-yilda Pokiston yozuvchilari gildiyasi tuzildi. Hamma tillarda sheʼriyat ustun, urdu va sindhiy ada-biyotlarida nasr birmuncha rivojlangan. Professional teatrning yoʻkligi tufayli dramaturgiya uncha rivojlanmagan. „Pokiston badiiy akademiyasi“ (Islomobod), „Urdu akademiyasi“ (Karochi), „Ikbol akademiyasi“ (Lohur) va boshqa badiiy ilmiy tadqiqot muassasalari mumtoz ada-biyotni chop etish, Pokiston xalklari tillariga tarjima qilish kabi ishlarni olib boradi.

Urdu adabiyotining atokli vakillari — Fayz Ahmad Fayz (1911—84), Joʻsh Malihobodiy (1896—1982), Ahmad Nadim Qosimiy (1916), Forigʻ Buxoriy (1918—97), Ahmad Faroz (1926) va boshqa Realist adiblar S. H. Mantoʻ (1912—55), Gʻulom Abbos (1909—88), Mirzo Adib (1914). Mumtoz Mufti (1905—95) hikoya janrining rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshdi. Soʻnggi oʻn yillarda shoiralar Kishvar Nahid (1940), Ado Jaʼfariy (1924), Fahmida Riyoz (1946), Zuxra Nigoh, shoirlardan Habib Jolib, Iftixor Orif va boshqa salmoqli asarlar yaratdilar. instituti-zor Husayn, Anvar Sajjod (1935), Jamila Hoshimiy va boshqa adiblar oldingi safga chiqdilar. Romannavislardan Aziz Ahmad, Xadija Mastur, ShavkatSiddiqiy, Intizor Husaynlarning nomi mashhur. Urdu tilida „Afkor“, „Sip“, „Funun“, „Avroq“, „Tulu-yeafkor“ adabiy jurnalari chop etiladi.

Sindhiy adabiyotining vakillari — shoirlar Bevas, Ayoz Shayx, Murod Ali Kozim, haydar Baxsh Jatoʻy, sindhiy nasrining asoschisi Mirza Kalich Beg va boshqa 20-asr 2yarmida mashhur adiblar safiga Jamiluddin Abru, Tanvir Ab-bosiy, Qurbon Ali Bugtiy, Ammar Jalil, Rasul Baxsh Palejoʻ, Rashid Bhattiy kelib qoʻshildi. Sindhiy ada-biyotshunosligi rivojlangan. 1955-yildan „Mexran“ adabiy jurnal nashr etiladi.

Pushtu (pashtu) adabiyotida hikoyanavislar Master Abdulkarim, Vali Muhammad Toʻfon, Qalandar Moʻmand, Mir Maxdishoh Maxdi, Samandar Xon Badarshaviylarning asarlarida romantika alomatlari bor. Amir Hamza Shinvoriy, Samandar Xon Badarshaviy („Shoirlar shohi“ unvoniga sazovor boʻlgan), Fazl Xon Shaydo, Rasul Raso, Abdulxoliq Xoliq va boshqa shoirlar mashhur. „Pushtu“, „Nangialay“, „Rahbar“, „Al-Falloh“ kabi adabiy jurnallar chop etiladi.

Panjob sheʼriyatini yangilashda Sharif Kunjahiy, Ahmad Rohiy, Boqi Siddiqiy, Orif Abdul Matin, Salim Kashar, Salimur-Rahmon Kiyaniy va boshqalarning xizmati katta. Soʻnggi oʻn yilliklarda Mushtoq Safiy, Anis Na-qiy, Sulton Mahmud Oshufta, Safdar Mir, Rashid Anvar, Tanvir Buxoriy kabi shoirlar yetishib chikdi. Axmad Salim, Zafar Lashariy, Xanif Chou-dhuriy, Faxr Zamon, Mustansar Ta-rar, Ehson Betalviylarning nasriy asarlari mashhur. Panjob tilida „Panj darya“, „Panjabi zaban“ adabiy jurnallari nashr etiladi.

Baloʻch adabiyoti 20-asrning 60—70-yillaridan shakllandi. Tanikli shoirlari — Ozod Jamoldiniy, Zaxur Muhammad Sayd Hoshimiy, Gul Xon Nosir. Zamonaviy sheʼriyat vakillari — Muhammad Ishoq Shamim, Qozi Abdulrahim, Abdulhakim Haqgoʻ, Murod Sahar, Malik Muhammad Taqiy va boshqa Tanikli adiblari — M. X. Unka, Malik Muhammad Panoh, Surat Xon Marriy, Zafar Ali Zafar, Muhammad Beg Baloʻch, Muhammad Sodiq Ozod va boshqa Baloʻch tilida „Uman“, „Naukin daur“, „Ulus“ va boshqa adabiy jurnallar chop etiladi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokiston hududidan miloddan avvalgi 4—3-ming yilliklarga oid eneolit makonlari (tosh va xom gʻishtdan qurilgan uylar)ning qol-diklari, geometrik naqshlar va hayvonlarning sxematik tasvirlari bilan bezatilgan sopol idishlar, mis va bronza taqinchoqlar, ayollar va hayvonlarning haykalchalari topilgan. Kushon podsholigi davridan qolgan yodgorliklar (stupalar, ibodatxonalar) bu yerda madaniyat yuksak darajaga koʻtarilganini koʻrsatadi (ibodatxonalar haykaltaroshlik asarlari, budda haykallari, devoriy rasmlar bilan bezatilgan). 7—8-asrdan eʼtiboran meʼmorlik islom dini taʼsirida rivojlana boshladi. Dehli sultonligi davrida Lohur, Moʻlton, Peshovar, Tatta kabi shaharlarda xashamatli saroylar, maqbara va masjidlar quriddi. Shaharlar mustah-kam qalʼa devorlari bilan oʻraldi (16— 17-asrlardagi Lohur qalʼasi, 18-asrdagi Haydarobod qalʼasi). Pokistonning oʻrta asr meʼmorligiga qoʻshni Markaziy Osiyo, Eron va Afgʻoniston mamlakatlari meʼmorligigining taʼsiri katta boʻldi. Baland peshtoqli ayvonlar masjidlarning tarkibiy qismiga aylandi (Tat-tadagi Shox, Jahon masjidi, 17-asr), Lohur masjidlari Dehli va Agradagi masjidlarga oʻxshab ketadi (Lohurdagi Badshohiy masjid, 1674-yil). Boburiylar davrida maqbaralarning bezaklari boyidi va bora-bora Oʻrta Osiyo usuliga oʻxshab ketdi (Tattadagi Shurfa Xon maqbarasi, 1638-yil). Boburiylar salta-natining tanazzulga uchrashi (18-asr), eron, afgʻon, yevropa bosqinchilarining hujumlari oqibatida umuman madaniy hayotda, ayniqsa, meʼmorlik va tasviriy sanʼatda tushkunlik roʻy berdi. Pokiston tashkil topgandan keyin (1947) mamlakatda qurilish ishlari avj oldi, yangi shaharlar, yangi poytaxt — Islomobod (grek meʼmori K. A. Doksiadis) bunyod etildi. Zamonaviy meʼmorlikda „xalqaro uslub“ ustuvor boʻlib, u sodda shakllardan tashkil topadi (Islom-oboddagi yangi masjid, parlament binosi, meʼmor A.Yakobson; „Shahrizo-da“ mehmonxonasi, meʼmor J.Ponti). Pokiston hududidagi qad. madaniyat markazlarida oʻtkazilgan qazilmalar shuni koʻrsatadiki, Pokistonda qadimda rassomchilik keng rivojlangan. Oʻrta asrlarda saroylar, masjid va ibodatxona devorlari rasmlar bilan bezatilgan. Arablar bilan birga xattotlik sanʼati ham ki-rib keldi — masjid, makbaralarni xattotlik yozuvi bilan bezay boshladilar. Tatta va Haydarobod shahrilari oʻrta asrlarda qoʻlyozma va miniatyura yaratish markaziga aylandi. Boburiylar davrida, ayniqsa Akbarshoh va Jahongir-shoh davrida „Boburiylar miniatyura maktabi“ tashkil topdi. Mustaqillik davrida tasviriy sanʼat rivojlanishi yangi bosqichga oʻtdi. Keksa rassomlar miniatyura anʼanalarini davom et-tirdilar — A. R. Chugʻtay, Alloh Baxsh, S. F. Rahamin ijodida Yevropa rassomchiligi va oʻrta asr miniatyurasi qoʻshilib ketgan; X-M.

Sharif — miniatyura, X.Yusuf — xattotlikda, Gʻ.Ali — grafika sohasida ijod qilmoqda. Z.Ogʻa, Sadiqayn, Sh. Ali, Guljiy, D.Naqsh, A.Parviz kabi rassomlar zamonaviy modernizm oqimining vakillaridir.

1947-yilgacha bevosita hind musiqa sanʼati bilan birgalikda (jumladan, Shimoliy Hindistonning „hindustoniy“ uslubida) rivojlanib kelgan. Hozirda Pokiston mumtoz musiqasida „raga“, qahramonlik dostonlari, „naat“, „hamd“ va „soʻfiyona“ (diniy ashula yoʻllari), ishqiy mavzudagi „gʻazal“, „qavvali“ (ishqiy-diniy mavzudagi badihaviy vo-kal-cholgʻu janri), panjobliklarda „ma-hiyya“ (toʻy marosim qoʻshiqlari), „tap-pa“ (lirik aytishuvlar) mashhur. Musiqa cholgʻularidan tabla, nogʻora, pakhavaj (urma cholgʻular), torli-chertma sarud, ra-bab, setar, tampura, svaramandal, kamonli sarangi, puflama nay, bansuri, shexnay kabilar keng tarqalgan. Basta-korlarning kinofilmlar uchun urdu va panjob tillarida yaratgan kuy va qoʻshiqlari ham xalq orasida alohida eʼzozga ega. Zamonaviy sanʼatkorlardan Amanat Ali Xon, Bare Gʻulom Ali Xon, Xoji Gʻulom Farid Sabri (bastakor va xonan-dalar), Ravshan Ara Begum, Mehdi Hasan, Nusrat Fateh Ali Xon, Malikaye Ta-rannum Nurjahon, Obida Parvin, Farida Xonim, Iqbol Bonu, Neyyara Hyp (mumtoz musika ijrochilari), estrada xonandalaridan Adnan Sami, Hasan Jahongir, Mehnaz va boshqa mashhur. Islomoboddagi „Lok Birsa“ (Xalq musiqa merosi) ‎instituti, Lohurdagi „Al-Hamra“ sanʼat markazi, Pokiston musiqa jamgʻarmasi va boshqa muassasalar milliy musiqa sanʼa-tining rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.

Pokiston kinematografiyasining tarixi mamlakat mustaqillikka erishishidan avval Hindistonda yaratilgan musulmoncha ruhdagi filmlardan boshlanadi. Pokistonning birinchi hujjatli filmi 1948-yilda yaratildi. Birinchi badiiy film 1948-yilda ishlab chiqarilgan („Teriy yad“, rejissor D.Sardoriy Laʼl). „Shunday kun keladi“ (1958, rejissor A.Qardar), „Nido“, „Sima“ (1967, rejissor Sh. Malik) kabi filmlarda xalq hayoti, orzu-umidlari haqqoniy aks ettirildi. Keyingi yillarda „Muhabbat yozi“ (rejissor M.Parviz), „Raqqosa“ (rejissor X.Tariq), „Tuygʻu“ (rejissor N.Salom) kabi filmlar yaratildi. 90-yillarning oʻrtalarida yiliga 200 tagacha hujjatli film ishlab chiqarildi. Pokistonning oʻnlab filmlari xalqaro mukofotlar olgan („Hind daryosi“, „Lohur shahri“, „Bir akr yer“ va boshqalar). Pokistonda 10 dan ortiq kinostudiya mavjud. Yiliga urdu, panjobiy, sindhiy, pushtu, gujaratiy va siraykiy tillarida 90—120 film ishlab chiqariladi. Mamlakatda 800 dan ortiq kinoteatr bor. Taniqli rejissorlar — N. Islom. P. Malik. X. Askariy. Yu. Malik; taniqli aktyor va aktrisalar — Badari Munir, Babra Sharif, Shabnam, Nadim, M.Qurayshiy.

Pokiston turli xalqaro, shu jumladan, Toshkentda oʻtkazilgan xalqaro kinofestivallarda qatnashgan.


  1. , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „The State Emblem“. Ministry of Information and Broadcasting, Pokiston hukumati.. 1-iyul 2007-yilda asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 18-dekabr 2013-yil.
  2. „Pakistan Population 2021 (Live)“.
  3. 3,0 3,1 3,2 „World Economic Outlook Database, October 2020“. IMF.org. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi. Qaraldi: 17-dekabr 2020-yil.
  4. „Population by Country-CIA World Factbook“. The World Factbook. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
  5. „Pakistan: largest cities and towns and statistics of their population“ (en). World Gazetteer. 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-yanvar. (Archive.is saytida 2013-10-17 sanasida arxivlangan)