Sanskrit
Sanskrit (qad. hindcha sam skrta — mukammal, sayqallangan) — hindevropa tillari oilasiga kiruvchi qad. hind tillaridan biri. Qad. hind lahjalari asosida shakllangan va mil. av. 1-asrda Shimoliy Hindistonda tarqalgan. Sanskritning bir necha turi bor: epik Sanskrit ("Mahabharata" va "Ramayana" tili), klassik Sanskrit (qatʼiy meʼyorga tushirilgan til, mil. av. 4-asrda yaratilgan Panini grammatikasida oʻz ifodasini topgan), budda (yoki gibrid) Sanskrit (budda dini bilan bogʻliq adabiyot tili), jayn sanskrit (jayn diniga oid adabiyot tili), veda tili yoki veda sanskrit (k, Vedalar).
Sanskritda 7 ta kelishik, 3 ta jins va 3 ta grammatik son kategoriyalari mavjud. Feʼlda zamon va mayl tizimi nihoyatda rivojlangan. Nutkda soʻz va morfemalarning qoʻshilishi qoidalari (sandhi) turlituman. Qoʻshma soʻzlar keng qoʻllanadi. Baʼzi hollarda bita qoʻshma soʻz butun bir gapga teng keladi. Sanskritda juda koʻp diniy, falsafiy, ilmiy asarlar yaratilgan, ayniqsa, badiiy adabiyot keng rivojlangan. S. Hindistonda gumanitar fanlar va ibodat tilidir. Tor doirada olim brahmanlar S. dan soʻzlashuv tili sifatida foydalanadilar. S. va S. tilida yaratilgan madaniy meros qoʻshni mintaqalar (Jan.Sharqiy va Markaziy Osiyo)ga, 18-asr oxirlaridan boshlab esa Yevropa va Amerikaga ham taʼsir oʻtkazgan. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning boshlanishi S.ning kashf etilishi va oʻrganilishi bilan bogʻliq.
S.dagi matnlarni yozuvda ifodalash uchun asli brahmi yozuvidan kelib chiqqan bir qator alifbolardan (kharoʻshthi, gupta, nagari, kushon yozuvi va boshqalar) foydalanilgan. S.ni oʻrganish 2500-yil burun boshlangan (Panini va uning salaflari).
Li..Ivanov V. V., Toporov V. N., Sanskrit, M., 1960; Barrou T., Sanskrit, M., 1976.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |