Kontent qismiga oʻtish

Tamil adabiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tamil adabiyoti - Janubiy Hindistondagi Tamilnad shtati xalqining adabiyoti. 1ming yillikda shakllangan. Tamil tilidagi dastlabki (1—3-asrlar) yozma yodgorliklar — "Ettutoxey" ("Sakkiz toʻplam"), "Pattuppattu" ("Oʻn qoʻshiq kitobi") nazmda yaratilgan boʻlib, ular "sangi sheʼriyati" deyiladi. Unda "porul" (poetik mazmun) uzini 2 xil: "puram" ("tashqi maʼno") va "axam" ("ichki maʼno") tarzida namoyon etadi. "Puram"da tamil xalqining kundalik muammolari, kaxramonliklari, odil shoh madhiyasi, baʼzan harbiylar kuylangan. "Axam"da esa sevgi, oilaviy munosabatlar koʻproq aks etgan. Sheʼriyatda (6—12-asrlar) "tiney" ("turlar") toifasidagi toʻplamlar koʻp yaratilgan. Masalan, "Aintiney ejubadi" ("Besh mavzuli tineyga 70 ta sheʼr") yoki "Tineymaley nuttraimbadi" ("Tiney mavzusiga yuz ellikta sheʼr gulchambari") va boshqa "Tirukural" ("Muqaddas kurallar", 6-asr) va "Naladiyar" ("Toʻrtliklar", 6— 9-asr) din, hayot va sevgi mavzusidagi aforizmli sheʼriy toʻplamlardir. 13-asrlarga kelib Tamil adabiyoti rivojlanib, hikmatli soʻzlar, chuqur maʼnoli sheʼrlardan iborat toʻplamlar yaratilib, sheʼriy tarjimai hol janri shakllandi. Shivaizmga oid risolalardan Meykandarning "Sivanyanapodam" ("Shivaizm haqida ilmlar") toʻplami mashhurdir. Bu davrda "talapuranam" ("mahalliy puranlar") janri keng tuye oldi. 19-asrga kelib ijtimoiymadaniy hayotda koʻtarilish boʻldi, maʼrifatparvarlik goyalari oʻsdi, birinchi tamil jurnali "Tamil patrika" (1831) va "Svadesamittiran" (1880) gaz. nashr etildi. T. nayerchiligining otasi, shrilankalik yozuvchi Arumugu Navarala (1823—79) ham shu davrga mansub boʻlib, u 1sinflar uchun tamil tilida qoʻllanma yozgan. Birinchi tamil romani "Mudalnyor Pratan tarixi" (1879) muallifi S. Vedayanagam Pillai (1826—89) hamda A. Madaviya (1874—1926), Mareinmaleya Adigal (1876—1950) va boshqa yozuvchilar tamil romanini mavzu va gʻoyaviy jihatdan yuqori pogʻonaga koʻtardilar. S. Ayer (1881 — 1925) va boshqalarning dastlabki asarlarida xalqning kolonializmga qarshi kayfiyatlari bayon etilgan. Natesa Sastiri (1859—1906) detektiv hikoyaga, Rajam Ayyar (1872—98) publitsistikaga asos solgan. Dastlabki tamil roman va hikoyalarida maʼrifatparvarlik gʻoyalari, romantik motivlar ustun boʻlib, ayollarga past nazar bilan qarash qoralangan. 20-asr tamil sheʼriyatida Suppiramaniya Baradi (1882—1921) ijodi oʻziga xos oʻrin tutgan ("Milliy qoʻshiqlar", 1908; "Tush", 1910; "Baradining 66 sheʼri", 1917 va boshqalar). Keyingi davr Tamil adabiyoti taraqqiyotida M. Baradarajanning (1912) "Koʻmir boʻlagi", Lakshmining (1912) "Ayol qalbi" romanlari, Jagannadan (1906) va G. Ajahirisamining (1923) hikoyalari, B.S. Ramayyaning (1905) dramalari katta rol oʻynadi.

  • Boʻchixina L. V., Dubyanskiy A. M. Tamilskaya literatura, M., 1987.

Ulfatxon Muhibova.