Kontent qismiga oʻtish

Turkmaniston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkmaniston Respublikasi
Türkmenistan Respublikasy
ShiorYo'q
Madhiya: "Garaşsyz Bitarap Türkmenistanyň Döwlet Gimni"
Location of Turkmaniston
Poytaxt Ashxobod
Rasmiy til(lar) Turkman
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Sardor Berdimuhamedov
Mustaqillik (Sovet Ittifog`idan)
• Sana
27-oktabr 1991-yil
Maydon
• Butun
488,100 km2 (52-oʻrin)
• Suv (%)
4.9
Aholi
• 2012-yilgi roʻyxat
6 million (112-oʻrin)
• Zichlik 10,5/km2
YIM (XQT) 2011-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$ 43,359 mil. (94-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$ 7,846
Pul birligi Manat (TMM)
Vaqt mintaqasi UTC+5
• Yoz (DST)
UTC+5
Qisqartma TM, TKM
Telefon prefiksi 993
Internet domeni .tm
Turkmanlar

Turkmaniston (turkmancha. Türkmenistan), Turkmaniston Respublikasi (turkmancha. Türkmenistan Respublikasy) – Markaziy Osiyodagi suveren davlat boʻlib, shimoli-gʻarbda Qozogʻiston, shimol va sharqda Oʻzbekiston, janubi-sharqda Afgʻoniston, janubdan Eron, janubi-gʻarbda va gʻarbdan Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. Ashxobod – mamlakatning poytaxti va eng yirik shahri. Mamlakat aholisi 6 millionni tashkil etadi, bu Oʻrta Osiyo respublikalarining eng pastidir. Turkmaniston Osiyodagi eng kam aholisi boʻlgan davlatlardan biridir. Turkmaniston fuqarolari Turkmanistonliklar deb nomlanadi.

Turkmaniston asrlar davomida sivilizatsiyalar chorrahasida boʻlgan. Oʻrta asrlarda Marv islom dunyosining buyuk shaharlaridan biri va Buyuk Ipak yoʻlidagi muhim toʻxtash joyi boʻlgan. XV asr oʻrtalarigacha Xitoy bilan savdo-sotiq uchun foydalanilgan karvon yoʻli edi. 1881-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan qoʻshib olingan Turkmaniston keyinchalik Oʻrta Osiyoda boshqa davlatlar kabi bolsheviklarga qarshi harakat qildi. 1925-yilda Turkmaniston Sovet Ittifoqining tarkibiy respublikasi, Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkmaniston SSR) ga aylandi; 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mustaqillikka erishdi.

Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Mamlakatning katta qismini Qoraqum choʻllari qamrab olgan. 1993-yildan 2017-yilgacha fuqarolar davlat tomonidan elektr energiyasi, suv va tabiiy gazni bepul olishgan.

Suveren Turkmaniston davlatini Prezident S.N 2006-yilda vafotigacha umrbod boshqargan. Uning oʻgʻli 2007-yilda prezident etib saylangan (u ilgari vitse-prezident, keyin prezident vazifasini bajaruvchi boʻlgan). 2022-yil 12-martda oʻtkazilgan saylovlarda Gurbanguli Berdimuhamedovning oʻgʻli Sardor berdimuhamedov 72.97% ovoz olib, prezidentlikka saylandi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmaniston – betaraf davlat. 1995-yil 12-dekabr Turkmanistonga betarafligi kuni. Amaldagi Konstitutsiyasi 1999-yil 18-mayda qabul kilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2022-yildan Sardor Berdimuhamedov). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi.

Turkmaniston hududining aksariyati tekislikdan iborat boʻlib, qariyb 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum choʻli)da joylashgan. Faqat janubida tepaliklar va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Kaspiy dengizining T.ga qarashli janubiy qirgʻoklari kam parchalangan, shimolida Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Turkman qoʻltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken yarim orollari va kum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli. T. janubida Kopetdogʻ togʻlari (eng baland joyi 2942 m – Rizo choʻqqisi), undan shimoli-gʻarbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) togʻlari joylashgan. Janubi-sharqdagi Bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) oʻrtasidan Murgʻob daryosi oqib oʻtadi. Chekka janubi-sharqda Hisor tizmasining Koʻhitang tarmogʻi (bal. 3139 m – T.ning eng baland nuktasi) bor. T.ning gʻarbida Krasnovodsk platosi, shimoli-gʻarbida Ustyurt platosining janubiy chekkasi, undan janubida esa Orqa Oʻzboʻy burmali rayoni yotadi. Kaspiy boʻyi pasttekisligida Nebitdogʻ (39 m), Boyadogʻ (134 m), Qumdogʻ, Manjuqli (27 m) va boshqa qirlar koʻtarilib turadi. Kopetdogʻ tekisligidan shimoliy va shimoli-sharqda Qoraqum choʻli, Amudaryo va Tajan daryolari oraligʻida Janubi-Sharqiy Qorakum choʻli joylashgan. T.ning janubiy qismida tez-tez zilzila boʻlib turadi. Muhim qazilma boyliklari – neft va gaz; kumir, mirabalit, oltingugurt, kora va rangli metall, mis, alyuminiy, simob, molibden konlari aniklangan.

Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi yumshoq, qor kam yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimoli-sharqda —5° dan Atrek daryosi atrofida 4° gacha, baʼzi yillarda Toshhovuz viloyatida absolyut minimal temperatura —32° gacha. Iyulda shimoliy sharqda 28°, janubida 32°, absolyut maksimal temperatura 49,9° gacha. T. hududining 80 %da doimiy oqar suv yoʻq; janubiy va sharqiy hududlardagina daryolar bor. Eng katta va sersuv dare – Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali Bahardengacha borgan —900 km. Koʻllarning aksariyati shoʻr. Chuchuk suvli Yasxan koʻli Nebitdog shahrini ichimlik suv bilan taʼminlaydi. Tuproqlari – Ustyurt, Krasnovodsk, Orka Unguz platolarida surqoʻngʻir, togʻ etaklari, togʻ yon bagʻirlarining quyi qismida, togʻ oldi tekisliklarida, togʻlarning quyi mintaqasida boʻz tuproq, yuqorirokda toʻq boʻz, togʻ tepalarida togʻqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Qoraqum choʻlining aksariyatini qum egallagan; pastqam joylarda taqir, shoʻrxok, daryo vodiylarida oʻtloqiboʻz va allyuvialoʻtloqi tuproklar bor. T. hududining taxminan 2 % sugʻoriladi. T.ning oʻsimlik va hayvonot dunyosi xilmaxil. Qumli choʻllarda oq va qora saksovul, qandim, cherkez, quyonsuyak, astragal kabi butalar, shoʻrxok yerlarda yulgʻun, sarisazan, shoxilak va boshqa, daryo vodiylaridagi toʻqaylarda bachki teraktol va jiydazorlar, Kopetdogʻ oldi choʻllarida va qirlarda shuvoq va har xil efemer oʻtlar, togʻlarning 1500 m dan yuqori qismida archa, Gʻarbiy Kopetdogʻ daralarida yovvoyi tok, olma, olcha, bodom, anor, yongʻoq, anjir, pista daraxtlari oʻsadi. Hayvonot dunyosi – choʻlda quyon, boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayran, togʻlarda qoplon, arxar, morxoʻr, Amudaryo vodiysida toʻngʻiz, kiyik, qirgʻovul va boshqa yashaydi. Daryo va suv omborlarida baliq koʻp. T. hududida Badxiz, Krasnovodsk, Repetek va boshqa qoʻriqxonalar bor.

Aholisining aksariyati turkmanlar; shuningdek, rus, uzbek, qozoq, tatar, ukrain, armanlar ham yashaydi. Shahar aholisi 45 %. Rasmiy til – turkman tili. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yirik shaharlari: Ashxobod, Turkmanobod, Toshhovuz, Mari, Turkmanboshi.

Turkmaniston hududi qadimda Axomaniylar davlati, Iskandar Maqduniy istilosidan soʻng vujudga kelgan Salavkiylar davlati, Parfiya, Yunon-Baqtriya podsholigi, Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohiriylar davlati, Somoniylar, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati, Moʻgʻullar davlati tarkibida boʻlgan. 14-asrning 70—80-yillaridan Turkmaniston hududi Temuriylar tasarrufiga oʻtgan. 16-asr oxiri – 17-asrda Xiva va Buxoro xonliklariga qaram boʻldi, bir qismi Eron tarkibiga oʻtib qoldi. 1869—85 yillarda Turkmaniston hududini Rossiya bosib oddi. 1917-yil noyabr —dekabrda sovet hokimiyati oʻrnatildi, 1918-yil 30-aprelda Turkiston muxtor sovet sotsialistik respublikasi tashkil etilgach, Turkmanistonning asosiy qismi (Kaspiyorti viloyati, 1921-yil avgustdan Turkmaniston viloyati) uning tarkibiga kirdi. 1924-yil Oʻrta Osiyoda „milliy davlat chegaralanishi“ deb atalgan boʻlib tashlash siyosati natijasida 1924-yil 27-oktabrda Turkmaniston SSR tashkil topdi va SSSR tarkibiga kiritildi. Shundan keyingi yillarda turkman xalqi KPSSning qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, mamlakatni industriyalash siyosati va qatagʻonlar azob-uqubatlarini tortdi. 1991-yil oktabrda Mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qilindi, mamlakat Turkmaniston deb atala boshladi. Turkmaniston —1992-yildan BMT aʼzosi, 1993-yil 7-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va diplomatik munosabatlar oʻrnatgan. Milliy bayrami – 27-oktabr – Mustaqillik kuni (1991).

Siyosiy partiyasi. Rasmiy ravishda 1 partiya roʻyxatga olingan: Turkmaniston demokratik partiyasi (sobiq Kommunistik partiya negizida 1991-yil tuzilgan).

Turkmaniston – agrar industrial mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 50 %, qishloq xoʻjaligi.niki 18 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 32 %.

Sanoatining yetakchi tarmoklari: gaz va neft qazib chiqarish, energetika, kimyo, mashinasozlik, yengil (qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlash), oziq-ovqat (yogʻmoy, vinochilik), binokorlik materiallari sanoati. Buzmayin GRES, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Turkmanobod, Mari, Gugurtdogʻda issiqlik elektr styalari barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 10,5 mlrd. kVt soat elektr energiya hosil qilinadi. Neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash T.ning gʻarbiy rnlarida olib boriladi, Cheleken gʻarbida dengiz tubidan neft qazib olinadi. Asosiy gaz konlari: Gazoʻchoq, Naip, Shatlik, Gugurtdog va boshqa Neftni kayta ishlash tarmogʻida benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, bitum, elektrodli koks, kir yuvish vositalari, kimyo sanoatida natriy sulfat, yod, brom, oltingugurt, mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, superfosfat, ftorli alyuminiy ishlab chikariladi, mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida teplovoz va avtomobillar taʼmirlanadi, markazdan qochirma neft nasoslari, kultivator, elektr kabeli, gaz plitalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Yengil sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, jun va ipak gazlama, trikotaj ishlab chiqarish., qorakoʻl oshlash, pillakashlik, tikuvchilik, koʻnchilik, poyabzal korxonalaridan iborat. Yogochsozlik, poligrafiya, shisha sanoati ham muhim oʻrin oladi. Asosiy sanoat markazlari: Ashxobod, Toshhovuz, Turkmanobod, Mari, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Bayramali va boshqa

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi – dehqonchilik. Unda paxtachilik asosiy oʻrin egallaydi. Vohalarda va togʻ yon bagʻirlarida yetishtiriladi (asosan, ingichka tolali paxta). Donli ekinlardan bugʻdoy, arpa, sholi, oq joʻxori va makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz yetishtiriladi. Bogʻ va tokzorlar bor. Atrek daryosi va uning irmoqlari boʻylarida subtropik ekinzorlar (anor, zaytun, anjir, bodomzorlar) bor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligi.ning muhim tarmogʻi hisoblanadi. Togʻli joylarda qoramol, qoʻy, echki, yilqi boqiladi, tekisliklarda qorakoʻlchilik va tuyachilik, Turkmanobod, Ashxobod, Mari viloyatlarida pillachilik, suv havzalarida baliq xoʻjaligi rivojlangan.

Transport yoʻli uzunligi 2,12 ming km, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uzunligi 13,6 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar uz. 11,6 ming km. Asosiy dengiz porti – Turkmanboshi. Turkmanboshi – Boku, Bekdash – Boku yoʻnalishi boʻyicha temir yoʻlli dengiz paromi mavjud. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema katnaydi. Truboprovod transporti mavjud. Neft va gaz quvurlari, jumladan, Vishka – Turkmanboshi, Cheleken – Turkmanboshi neft quvurlari mavjud. T. chetga tabiiy gaz, neft va neft mahsulotalari, paxta, mineral oʻgʻit va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, kora metallar, transport vositalari, kiyimkechak, poyabzal, don, kandshakar oladi. Rossiya, Ukraina, Oʻrta Osiyo mamlakatlari va Qozogʻiston bilan savdo qiladi. T.ning Oʻzbekiston Respublikasi bilan tashki savdo aylanmasi 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 17,3 % ortdi va Oʻzbekiston Respublikasining tashki savdosidagi ulushining 1,3 % ni tashkil etdi. Pul birligi – manat hisoblanadi

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlatga karashli tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar Ashxobod tibbiyot institutida tayyorlanadi. Mashhur kurortlari: Bayramali, Feruza iqlimiy, Archman balneologiya va Mullaqora balchiq bilan davolash sanatoriylari.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maorifi boshlangʻich, toʻliqsiz oʻrta va umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan iborat. Oʻrta maxsus taʼlim oʻquv yurtlari turli kasblarni oʻrgatadi. T.da bir qancha oliy oʻquv yurti, jumladan, Ashxobodda T. universiteta, politexnika, qishloq xoʻjaligi., pedagog, sanʼat, tibbiyot, xalq xoʻjaligi va boshqa institutlar, Turkmanobodda pedagogika instituti mavjud.institutlar uning tarkibidagi institutlardan tashqari Sil kasalliklari instituti, Koʻz kasalliklari instituti, Nevrologiya va fizioterapiya instituti, Radiologiya va rentgenologiya instituti, Onkologiya instituti, Chorvachilik va veterinariya instituti, Tuproqshunoslik instituti va boshqa ilmiy muassasalarda olib boriladi. T.da T. davlat kutubxonasi bir qancha teatr, sirk, 15 davlat muzeyi, shu jumladan, Ashxobodda T. tarixi muzeyi, tasviriy sanʼat muzeyi, „Nisa“ tarixiymadaniy qoʻriqxona va boshqa madaniymaʼrifiy muassasalar mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

T.da 20 ta gaz. va jurnali, jumladan, rus tilida „Neytralnoʻy Turkmenistan“ („Betaraf Turkmaniston“), turkman tilida „Turkmenistan“ gaz.lari nashr etiladi. T.davlat axborot agentligi (TURKMANPRESS), T. milliy teleradiokompaniya faoliyat yuritadi. T.da muntazam radioeshittirish 1927-yildan, televizion koʻrsatuvlar 1959-yil noyabrdan boshlangan.

Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyotidan boshlangan. Oʻrta Osiyo xalklarining mushtarak asari boʻlmish „Kitobi dadam Qurqut“ oʻgʻuz elati hayotini tasvirlaydi. „Shohsanamgʻarib“, „Sayot va Hamro“, „Goʻroʻgʻli“, „Layli va Majnun“, „Yusuf va Zulayho“ kabi dostonlarning turkman variantlari keng tarqalgan. 18-asrda turkman shoirlari nazm tilini xalq tiliga yaqinlashtirdilar. Mahtumquli adabiyetda yangi yoʻnalishni boshlab berdi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida Durdi Shoir, Saidiy, Ziloliy, Misqinqilich, Andalib, Shaydoiy, Ozodiy, Gʻoyibiy, Kamina turkman adabiyoti rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 19-asrda yashab ijod etgan turkman shoirlari ijodida lirika yetakchi janr boʻldi. Asl muhabbatni madh etuvchi „Zuhro va Tohir“ dostonining muallifi Mullanafas turkman adabiyotidagi lirika janrining yorqin namoyandasidir.

20-asr 20-yillarida badiiy nasrchilik rivojlana boshladi. Shoir va yozuvchilardan Yoqub Nosirli, B. Kerboboyev, N. Sarixonov, A. Durdiyev, X. Deryayev, dramaturglardan A. Karliyev, B. Omonov va boshqa adiblar hikoya, qissa, roman va pyesalarida xalq hayoti, quvonch va tashvishlarini haqqoniy tasvirlashga intildilar. 1934-yil T. yozuvchilar uyushmasi tashkil etildi. 1928-yildan yozuvchilarning oylik adabiybadiiy jurnali nashr etila boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillari turkman adiblari bosqinchilarga qarshi xalq nafratini ifodalovchi nazmiy va nasriy asarlar yaratdilar. Jumladan, Yo. Nosirlining „Leytenantning oʻlimi“, P. Nurberdiyevning „Vatanparvar chol“ dostonlari, K,. Seytliyevning sheʼrlari, D. Xoldurdining „Oqxalatli qiz“ dostoni va boshqa asarlarda urush va turkman xalqining front orqasidagi fidoiyligi oʻz aksini topgan. Urushdan keyingi turkman adabiyotida tinchlik uchun kurash, odamlar oʻrtasidagi munosabat asosiy mavzu boʻldi. 50-yillarda A. Otajonov, M. Saidov, K. Qurbonnapasov, A. Xaydov va boshqa adabiyotga kirib keldilar. 60—70-yillardan yirik nasriy asarlar adabiyetda yetakchi oʻrin egalladi. Qilich Quliyevning „Qora karvon“, Beki Seytoqovning „Birodarlar“, X. Deryayevning „Qismat“ romanlari va boshqa yaratiddi. B. Kerboboyev, X. Ismoilov, M. Garriyev, K. Tangriquliyev, A. Boymurodovlar bolalar adabiyetiga qiziqarli asarlari bilan hissa koʻshdilar.

20-asrning 2yarmida yirik nasriy asarlar adabiyetda yetakchi oʻrin egalladi. B. Xudoynazarov, A. Kurbonov, O. Okmamedov, Ya. Mametyev, T. Jumageldiyev va boshqa adiblarning romanlari bosilib chikdi. A. Murodov, U. Abdullayev, J. Allakov, R.Rajabovlar adabiyotshunoslik va adabiy tanqid sohasida barakali ijod qildilar. Boshqa xalqlar adiblari, jumladan, oʻzbek yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini turkman tiliga tarjima qilishga katta ahamiyat berib kelindi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmaniston hududida qad. manzilgoxlar (Ashxobod yaqinidagi Jaytun va Passajiktepa) qoldiqlari saqlanib qolgan. Bundan tashkari, yirik qishloklarning qoddiqlarini ham uchratish mumkin (Namozgohtepa, Ulugʻtepa, Oltintepa). Turli davrlarda mustahkam devorlar bilan oʻralgan shaharlar (Marvdagi Erkqalʼa, Kaushut yaqinidagi Elkentepa) vujudga kelgan. Mil. 5— 7-asrlarda xom gʻisht va paxsadan qoʻrgʻonlar, 2 qavatli koʻshklar qurildi. 11 – 12-asrlarda shaharlarda masjid, Madrasa, karvonsaroy, timlar, maqbaralar, turar joy mahallalari barpo etildi (Abu Sayd maqbarasi, Abulfazl maqbarasi va boshqalar). Pishiq gʻishtdan mahobatli imoratlar qurilib, tomi gumbaz shaklida ishlana boshladi. 12-asrda binolarni bezashda bir tomoni sirlangan gʻisht va koshindan foydalanish rayem boʻldi. Maqbaralar oʻziga xos meʼmoriy shaklda bunyod etilgan. Marvdagi Sulton Sanjar matsbarasi, Koʻhna Urganchdagi Najmiddin Kubro maqbarasi, Faxriddin Roziy matsbarasi, Sulton Takash maqbarasi va boshqa sirkorlik va naqshkorlik usulida serhasham bezatilgan. Marvdan Xorazmga borish yoʻlidagi Oqchaqalʼa, Choshqalʼa, Doyaxotin karvonsaroyi ichki hovlisining 4 tomoni peshayvonli qilib qurilgan. 14—15-asrlarda Temuriylar davri meʼmorligiga xos mahobatli va peshtokli binolar qurila boshladi. 19-asr 2yarmida Krasnovodsk, Ashxobod, Chorjoʻy, Bayramali, Qizilarvot kabi yangi shaharlar paydo boʻldi. Ammo koʻchmanchi qabilalar hamon kigiz oʻtovda yashar edi.

20-asrning oʻrtalaridan turkman meʼmorlari uyjoy qurilishida issiq iklim sharoitini qisobga ola boshlagan boʻlsalar, 1948-yil Ashxobod zilzilasidan soʻng shaharsozlikning T. uchun alohida usullarini ishlab chiqdilar. 60—70-yillar meʼmorligida sodda shakllarga intilish kuchaydi, 70— 80-yillarda meʼmorlik bilan bezak sanʼatini birga qoʻshib, atrofdagi manzaraga moslashuv tamoyillari ustunlik qila boshladi (A. Ahmedov va F. Ahmedov rahbarligida ijodiy jamoalar loyihalagan „Ashxobod“ mehmonxonasi, „Ayna“ restorani, Davlat banki, Qurilish banki binolari).

Badiiy hunarmandlikda kulollik (8-asrdan qolipaki naqshlangan sirsiz sopol idishlar), badiiy toʻquv, zargarlik, gilamdoʻzlik rivojlangan. Ayniqsa, 18—20-asrlarda geometrik shaklli naqshlar bilan bezatilgan kizil, jigarrang, taka, salor, yovmut gilamlari badiiy kimmati bilan mashhur boʻlgan.

Zamonaviy tasviriy sanʼat T.da 19-asrning 2yarmida paydo boʻla boshladi. N. N. Karazin, K. S. Mishin, Nazar Yovmutiy turkmanlar turmushining ijtimoiy jihatlarini ifodalashga harakat qildilar. 20-asrning 20-yillarida „Sharq sanʼati zarbdor maktabi“ ochilgach, T.da professional badiiy taʼlim yoʻlga qoʻyildi. Shu maktabda tahsil olgan B. Nurali, S. N. Beklarov, keyinchalik ularning safiga qoʻshilgan Yu. P.Daneshvar, I. Klichev, A. Hojiyev, A. Quliyev, N. Xoʻjamuhamedov, A. va Ch. Omongeldiyevlar tasviriy sanʼatni rivojlantirishga muhim hissa qoʻshdilar. 20-asrning 2yarmida turkman badiiy sanʼatida grafika, dastgoh gravyurasi, natyurmort, avtoportret, teatr va kino bezakchiligi kabi janrlar rivoj topdi.

Istiklol yillari T. tasviriy sanʼatida milliylikka eʼtibor kuchaydi. Dastgoh rangtasviri, grafika, maxrbatli haykaltaroshlik rivojlandi. Keksa avlod vakillaridan I. Kdichev, A. Almamedov, shuningdek, Sh. Akmuhammedov, A. Muhammedov, Ya. Bayramov, J. Amandurdiyev, Ch. Amandurdiyev, G. Guseynov, A. Murodaliyev, K. Nurmurodov va boshqa samarali ijod qilmoqdalar. Chunonchi, Sh. Akmuhammedov ijodida oʻtmish bilan hozirgi kunning uzviy bogʻliqligini koʻrsatish, milliy estetik tamoyillarni ifodalash, Ya. Bayramov ijodida dadil novatorlik, atrof muhitni, umuman hayotni falsafiy talqin qilishga intilish seziladi. 1939-yil T. Rassomlar uyushmasi va 1994-yil Milliy Badiiy akademiya tashkil etilgan.

Anʼanaviy shakllari qad. ironii elatlar musiqa ijodi hamda turkoʻgʻiz qabilalarining musiqa anʼanalari negizida qaror topgan. Parfiya poytaxti Niso, Margʻiyona poytaxti Marv, Saraxsdan topilgan arxeologik yodgorliklari islomgacha boʻlgan musiqa madaniyati (musiqa cholgʻulari) haqida tasavvur beradi. Saljuqiylar davlati davri (11—12-asrlar)da turkmanlarning musiqa madaniyati ravnaq topdi. Turkman xalq qoʻshikdari orasida dehqon jamoalari hayotiga xos mavsum marosim qoʻshiqlari („Yilan oyni“, „Chemche gelin“, „Ximmil“, „Xeshelle“ va boshqalar), shuningdek, oilaviy marosim va maishiy („Xushroy“, „Edemekrem“, „Oʻlan“, „Azadi“, „Chapak“, „Zikir“, „Xuvdi“, „Agi“) qoʻshiqlari, bayram va sayillarda ayollar ijro etadigan „Lyale“, „Mavrike“ kabi janrlar keng oʻrin olgan. Musiqa cholgʻulari orasida qad. xizlavuk, juljul, gopuz (changqoʻbiz) hamda puflama tuyduklar, doirasimon deprek, dutor va gʻijjaklar mavjud. Ayniqsa, turkman dutor kuylari (Qirqlar, Saltikdar, Muqamlar) shakli murakkabligi, nolalarga boyligi bilan ajralib turadi. Milliy professional musiqa yoʻllari turkman baxshi va sozandalar ijodida namoyon boʻladi. Baxshilar dutor (dutor va gʻijjak, baʼzida gargituyduklar) joʻrligida qahramonlik va ishqiy mavzudagi („Goʻroʻgʻli“, „Nejeb oʻgʻlon“, „Sayot va Hamro“, „Shohsanam va Gʻarib“ kabi) dostonlarni mahorat bilan, maxsus kuylash usullaridan keng foydalanib ijro etadilar. 1929-yil Ashxobodda badiiy texnikum musika boʻlimi bilan birga ochildi (1935-yildan musiqa bilim yurtiga aylantirilgan). Ilk turkman kompozitorlari A. Kuliyev, V. Muxatov, D. Ovezovlar yetishib chikdi. 1929-yil simfonik orkestr, 1934-yil xor, 1941-yil Opera va balet teatri tashkil etildi. 1941—45 yillarda „Zuhro va Tohir“, „Shohsanam va Gʻarib“ operalari, „Aldar koʻsa“ baleti yaratildi. Kompozitor A. Shaposhnikov bilan V. Muxatovning „Kamina va qozi“ hajviy operasi, M. Ravich bilan N. Muxatovning „Zoʻraki tabib“ baleti, A. Quliyev, A. Shaposhnikov, V. Ahmedovning orkestr uchun yozgan konsertlari 50—60-yillardagi turkman musiqasining yutugʻi boʻldi. 70—80ylarda turkman musiqasi uslubida yangi siljish sodir boʻldi. Kompozitorlardan Ch. Nurimov („Garmselning oʻlimi“, „Qoʻhitang fojiasi“ baletlari, simfonik konsertlari), N. Xolmamedov (vokal qoʻshiklari), A. Agajikov („Soʻna“ va „Taxdikali tun“ operalari, „Feruza“ baleti), R. Ollayorov (oratoriya va simfoniyalari) yangi ifoda usullaridan foydalandilar. Ch. Ortiqov, D. Nuriyev kabi yosh kompozitorlar ijod kila boshladi. Ijrochilar orasida dirijyor X. Allanurov, xonandalardan A. Annaquliyeva, M. Quliyeva, M. Shaxberdiyeva, raqqos va raqqosalardan G. Musayeva, A. Pursiyanovlar mashhur.

Ashxobod va Toshhovuzda musiqali drama teatrlari, Ashxobodda Milliy konservatoriya, Ashxobod, Mari va Turkmanobodda musiqa va sanʼat bilim yurtlari, turli shaharlarda musiqa maktablari bor.

1918-yildan havaskor teatr toʻgaraklari tuzila boshladi. 1926-yil dastlabki millim drama studiyasi tashkil etildi. Unda dramaturglar K. Burunov, A. Kaushutov, rejissor Yu. Alimzoda dare berdilar, Suray Murodova, A. Qulmamedov, K. Berdiyev, O. Durdiyeva, K. Qulmurodov va boshqa aktyorlar tahsil oldilar. 1929-yil shu studiya negizida turkman teatri (xoz. Mullanafas nomidagi drama teatri) barpo etildi. Unda B. Kerboboyevning „Yuksalish“, A. Karliyevning „Ayna“ pyesalari va chet el dramaturglarining asarlari sahnalashtiriddi. Mari, Karki, Qizilarvot va boshqa shaharlarda yangi teatrlar ochildi. 20-asrning 2yarmida turkman teatrlarida G. Muxtorov, K. Seytliyev, B. Omonov, Q. Quliyev, A. N Ostrovskiy, U.Shekspir pyesalari qoʻyildi. Teatr jamoalari orasida Ashxoboddagi yosh tomoshabinlar teatri, Maridagi Kamina nomli drama teatri, Turkmanoboddagi musikali drama teatri, sanʼat arboblaridan B. Omonov, A. Durdiyev, M. Cherkezov, M. Kirillov, S. Otayeva, T. Gʻafurova, N. Suyunova, M. Aymedovalar mashhur.

1926-yil kinofabrika tashkil etildi, keyinchalik u „Turkmanfilm“ga aylantirildi (hozirgi A. Karliyev nomidagi kinostudiya). Shu yerda dastlabki hujjatli filmlar – „Oq oltin“ (1929, rejissor A. Vladichuk), „Choʻlda birinchi“ (1932, rejissor M. Bistritskiy), „Misli koʻrilmagan voqea“ (1936) yaratildi. Dastlabki badiiy filmlar – „Unutib boʻlmaydi“ (1931, rejissor D. Poznanskiy), „Yetti yurak“ (1935, rejissor N. I. Tixonov), „Men qaytaman“ (1935, rejissor A. Ledashchev), „Dursun“ (1940, rejissor Ye. IvanovBarkov) ekranga chiqarildi. 40—50-yillarda yaratilgan filmlar („Olisdagi kelin“, „Keksa Ashirning hiylasi“, „Oila nomusi“, „Birinchi imtihon“) muvaffaqiyat qozonmadi va tanqidga uchradi. 60-yillarda voya ga yetgan X. Narliyev, K. Yazxonov, M. Qurbonklichev, Ya. Saidov, M. Suyunxonov kabi yosh rejissorlarning ijodi kinematografiyani jonlantirdi. B. B. Mansurovning „Musobaqa“ filmi (1964) goyaviy yetukligi, ifoda vositasining taʼsirchanligi bilan ajralib turadi. Unda murakkab insoniy muammolar tarixiy voqealar asosida hal etilgan boʻlsa, oʻsha rejissorning „Chanqovni bosish“ filmida (1967) mazkur muammolar zamonaviy voqeliqda ifodalab berilgan. „Mahtumquli“ (1968) va „Maqom sirlari“ (1974) filmlari tarixiy shaxslarga bagʻishlangan. X. Narliyevning „Qoraqum, soyada 45°“ (1983) filmida gazchilarning hayoti tasvirlangan. Yosh rejissor X. Kakaboyevning „Otam qaytsinchi, kurasan“, X. Narliyevning „Jamol daraxti“ filmlari turkman kinematografiyasining soʻnggi yillardagi yutuqla]ei jumlasiga kiradi.

Oʻzbekiston – Turkmaniston adabiy va madaniy aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek va turkman xalqlari azaldan iqtisodiy, madaniy va adabiy aloqada boʻlib kelganlar. Alisher Navoiyni turkman xalqi Mir Ali nomi bilan tanigan, uning asarlari shoir hayot chogʻidayoq turkmanlar orasida mashhur boʻlgan. Navoiy gʻazallarini turkman baxshilari hozirgi kungacha ham kuylab keladilar. Xiva madrasalarida tahsil olgan turkman mumtoz shoirlari Ozodiy, Mahtumquli, Andalib Navoiyni oʻzlariga ustoz deb bilganlar. Ayni paytda Mahtumqulining sheʼrlarini bilmagan va kuylamagan oʻzbek xrfizi yoʻq desa boʻladi. Andalib oʻzining „Layli va Majnun“, „Yusuf va Zulayho“ dostonlarini Navoiy va Durbek asarlaridan taʼsirlanib yozgan.

Mahtumqulining tanlangan sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida bir necha marta nashr etildi. Gʻafur Gʻulom va Berdi Kerboboyev, Abdulla Qahhor va Beki Seytoqov, Zulfiya va Tovshan Esanova, Asqad Muxtor va Qora Seytliyev kabi oʻzbek va turkman yozuvchishoirlari oʻrtasidagi doʻstlik adabiy aloqalar tarixida muhim oʻrin egallaydi. B. Kerboboyevning „Dadil qadam“, „Oysulton“, „Nebitdogʻ“ romanlari, X. Deryayevning „Qismat“ romanepopeyasi, Mullanafas, Andalib, Kamina, B. Kerboboyev sheʼrlari, Ota Kavshutovning „Nebitdogʻ etaklarida“ romani, Q. Quliyevning „Qora karvon“ romani, T. Togʻanovning „Durlar xazinasi“ qissasi va boshqa asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Turkman dramaturgiyasining „Mahtumquli“ (B. Kerboboyev), „Oila nomusi“, „Kim aybdor?“ (X. Mutalov) singari namunalari oʻzbek teatrlarida sahnalashtirilgan. Oʻz navbatida, H.X,.Niyoziyning „Boy ila xizmatchi“, A. Qaxdorning „Shohi suzana“, B. Rahmonovning „Yurak sirlari“, Sayd Ahmadning „Kelinlar qUzgʻoloni“ pyesalari turkman teatrlarida namoyish qilindi. Turkman adiblarining (B. Kerboboyev, J. Orazov, B. Seytokrv, O. Otajonov va boshqalar) Oʻzbekiston, oʻzbek shoir va adiblarining (Gʻ.Gʻulom, Shayxzoda, Mirtemir) Turkmaniston mavzuidagi asarlari muhim.