Magadha
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Magadha — Qad. Hindistondagi tarixiy viloyat va davlat; hozirgi Janubiy Biharniyag bir qismida joylashgan. M.ning yuksalishi miloddan avvalgi 7-asrdan boshlangan. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda, Bimbisara va Ajatashatru davrida M. qoʻshni davlatlar bilan muvaffaqiyatli urushlar olib borgani tufayli ancha kuchaygan. M. bir qancha eng muhim davlat birlashmalari, xususan, Nandlar (miloddan avvalgi 4-asr), Mauriyalar (miloddan avvalgi 4—2-asrlar) va Guptalar (milodiy 4—6-asrlar) imperiyasining negizini tashkil qilgan. M. qad. Hindistonning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazi, shuningdek, ilk buddizm va jaynizm dinlari tarqalgan hudud boʻlgan. 10-asrga kelib "M." atamasi muomaladan chiqqan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |