Qonun chiqaruvchi hokimiyat
Qonun chiqaruvchi hokimiyat — hokimiyat boʻlinishi prinsipi va nazariyasiga muvofiq davlatning uch hokimiyat tarmogʻidan biri. Qonun chiqaruvchi hokimiyat. Konstitutsiya va qonunlarni qabul qilish, ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, zarur hollarda ularni belgilangan tartibda bekor qilish vakolatlariga ega boʻladi. Federativ davlat tuzilishi shakliga ega mamlakatlarda qonun chiqarish vakolati federatsiya subyektlariga ham berilishi mumkin. Masalan, AQShda shtatlar, Rossiyada federatsiya subyektlari qonun chiqarish vakolatiga ega. Federatsiya subyektlari tomonidan qabul qilingan qonunlar federatsiya Konstitutsiyasi va federal qonunlarga zid kelmasligi kerak. Oʻzbekistonda Qonun chiqaruvchi hokimiyat yaxlit davlat hokimiyatining mustaqil bir tarmogʻi boʻlib, u qonun yaratish jarayonini Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisi faoliyati orqali amalga oshiradi (qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |