Kontent qismiga oʻtish

Akrom Xoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akrom Xoʻjayev
Andijon viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1964-yil – 1965-yil
Oʻtmishdoshi Poʻlat Qayumov
Vorisi Poʻlat Qayumov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1927-yil 13-yanvar
Qoʻqon shahri
Vafoti 2009-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Ilmiy unvoni Geologiya-minerologiya fanlari doktori
Mukofotlari
Unvoni Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan geolog

Akrom Xoʻjayev (1927-yil 13-yanvar, Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri – 2009-yil) – sovet davlat va partiya arbobi, geoglogiya-mineralogiya fanlari doktori (1969), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan geolog (1977). 1950-yildan KPSS aʼzosi[1][2].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akrom Rustamovich Xoʻjayev 1927-yil 13-yanvarda Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida tavallud topgan. 1962-yilda I. M. Gubkin nomidagi Moskva Neft kimyosi va gaz sanoati institutini tugatgan[2]. 1948—1961-yillarda Oʻzbekiston SSR Xalq xoʻjaligi kengashining gaz va neft sanoati boshqarmasida ishlagan. 1961—1965-yillarda Andijon viloyati partiya qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston Xalq xoʻjaligi kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, Andijon viloyati sanoat partiya qoʻmitasi birinchi kotibi, Andijon viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi[3], Oʻzbekiston Xalq xoʻjaligi kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 1965—1985-yillari Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari[3], 1985—1988-yillarda Oʻzbekiston SSR Mineralogiya ministrligi tasarrufidagi Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti katta ilmiy xodimi, 1988—2009-yillari mazkur institutning bosh ilmiy xodimi vazifasida ishlagan. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti aʼzosi. 6—9-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1963—1979-yillar)[1].

Akrom Xoʻjayev 2009-yilda vafot etgan.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akrom Xoʻjayevning ilmiy ishlari, asosan, Oʻzbekistondagi neft-gaz konlarining paydo boʻlishi, mineral yoqilgʻi resurslari, ularni qidirib topish va foydalanishning iqtisodiy samaradorligi masalalariga bagʻishlangan. 1969-yilda Akrom Xoʻjayev „Fargʻona vodiysi shimoliy qismining geologik tuzilish xususiyatlari va neft-gazlilik istiqboli“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan[1]. Akrom Xoʻjayev Oʻrta Osiyodagi neft-gaz va yoqilgʻi resurslari hamda geologiya boʻyicha 50 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 6 ta monografiya muallifi hisoblanadi[2]. Akrom Xoʻjayev Moskva (1971, 1976), Nice (1973), London shaharlarida (1976) oʻtkazilgan neft-gaz kongresslari ichtirokchisi.

  • Geologiya i neftegazonosnost Severnoy Fergani. (ruscha: Геология и нефтегазоносность Северной Ферганы.) (1969);
  • Mineralniye toplivniye resursi Uzbekistana i ekonomika ix ispolzovaniya. (ruscha: Минеральные топливные ресурсы Узбекистана и экономика их использования.) (1972);
  • Neftyaniye i gazoviye mestorojdeniya Uzbekistana. (ruscha: Нефтяные и газовые месторождения Узбекистана.) (2 tomlik, 1973—1974);
  • Toplivno-energeticheskie kompleksi Sredneaziatskogo ekonomicheskogo rayona. (ruscha: Топливно-энергетические комплексы Среднеазиатского экономического района.) (1974);
  • Ekonomicheskaya effektivnost poiskovix i razvedochnix rabot na neft i gaz v Uzbekskoy SSR. (ruscha: Экономическая эффективность поисковых и разведочных работ на нефть и газ в Узбекской ССР.) (1976)[1].

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 OʻzSE 1979, s. 413
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Akrom Xoʻjayev“ (rus tilida). 2015-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Akrom Xoʻjayev“ (rus tilida). 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XII tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1979 — 656-bet.