Farhod Ermanov
Farhod Ermanov | |
---|---|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi | |
Mansab davri 2022-yildan | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Qahramon Sariyev |
Xorazm viloyati hokimi | |
Mansab davri 2018-yildan – 2022-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ilgizar Sobirov |
Vorisi | Joʻrabek Rahimov[1] |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-aprel 1958-yil Qoraqalpogʻiston |
Mukofotlari |
|
Ermanov Farhod Oʻrozboyevich (1958-yil 30-aprel, Amudaryo tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, senator. 2022-yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, 2018-yil 21-apreldan 2022-yil 17-dekabrgacha Xorazm viloyati hokimi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Farhod Ermanov 1958-yil 30-aprelda Qoraqalpogʻiston ASSRning Amudaryo tumanida tugʻilgan.
Maʼlumoti oliy[2]. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha, 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[3].
1975—1976-yillarda Amudaryo tumani Mangʻit shahar profilaktika va dezinfeksiya boʻlimi xodimi[4].
1981—1995-yillarda avtomexanik, bosh muhandis, Amudaryo tumani „Mangʻit“ xoʻjaligi direktori, 1995—1998-yillarda Amudaryo tumani hokimi, 1998—2002-yillarda Amudaryo viloyati „Mangʻit“ fermer xoʻjaligi raisi[5].
2002—2004-yillarda Amudaryo tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifalarida ishlagan.
2004—2007-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, 2007-yilda qisqa muddat Toʻrtkoʻl tumani hokimi bo'lib ishladi[6].
2007—2010-yillarda qayta Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri[7].
2010—2018-yillarda Beruniy tumani hokimi.
2018-yil 21-apreldan 2022-yil 17-dekabrgacha Xorazm viloyati hokimi[8].
2022-yil 17-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi etib tayinlandi.
Farhod Ermanov ShHTga aʼzo davlatlar hududlari rahbarlarining forumi doirasida turizmga doir bir qator tashabbuslarni ilgari surgan.
- SHHTga aʼzo mamlakatlar hududlarining sayyohlik salohiyati namoyish qilish hamda sayyohlik yoʻnalishlari boʻylab oʻzaro axborot va matbuot turlarini tashkil etish;
- Tashkilot hududida mavjud turistik salohiyatni targʻib qilish, turizm sohasidagi qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
- Xorazmda SHHT mamlakatlari mehmonxona tarmogʻi filialini ochish kabilar shular jumlasidan[9].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Farhod Ermanov "Taʼlim homiysi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[10]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://m.kun.uz/news/2022/12/17/xorazm-viloyatiga-hokim-vazifasini-bajaruvchi-tayinlandi
- ↑ https://kun.uz/ru/99481999
- ↑ arxiv nusxasi, 2021-11-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-11-14
- ↑ arxiv nusxasi, 2021-11-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-11-14
- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1013880735
- ↑ https://kun.uz/ru/99481999
- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1013880735
- ↑ Naznachen i. o. xokima Xorezmskoy oblasti
- ↑ „Xorazm hokimi SHHT mamlakatlari oʻrtasida charter reyslarni tashkil etishni taklif qildi“ (2022-yil 3-avgust). Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
- ↑ „Farhod Ermanov ko‘krak nishoniga munosib ko‘rildi“ (2020-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 30-aprelda tugʻilganlar
- 1958-yilda tugʻilganlar
- Qoraqalpogʻistonda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimlari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Xorazm viloyati hokimlari
- Oʻzbekiston senatorlari
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari