Erkinjon Turdimov
Turdimov Erkinjon Oqboʻtayevich | |
---|---|
Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич | |
Sirdaryo viloyati hokimi | |
Mansab davri 2025-yil 22-yanvardan – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Akmaljon Mahmudaliyev |
Samarqand viloyati hokimi | |
Mansab davri 2018-yil 11-iyul – 2024-yil 28-noyabr | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Turobjon Joʻrayev |
Vorisi | Adiz Boboyev |
Surxondaryo viloyati hokimi | |
Mansab davri 2016-yil 20-dekabr – 2018-yil 11-iyulgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Tojimurod Mamaraimov |
Vorisi | Bahodir Poʻlatov |
Navoiy viloyati hokimi | |
Mansab davri 2008-yil 12-dekabr – 2016-yil 20-dekabrgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Bahriddin Roʻziyev |
Vorisi | Qobul Tursunov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-iyul 1969-yil Samarqand |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Turdimov Erkinjon Oqboʻtayevich (Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич; 1969-yil 10-iyul, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani) — oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi. 2025-yildan Sirdaryo viloyati hokimi. 2008-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991—1995-yillarda „Oʻzsanoatqurilishbank“ning Sirdaryo filialida boʻlim mutaxasisi, „Oʻzsanoatqurilishbank“ning Zarafshon boʻlimi pul muomalasi boʻlimida bosh mutaxasis, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, Zarafshon boʻlimi boshqaruvchisi, 1995—1996-yillarda Zarafshon shahar hokimining oʻrinbosari, 1996—2000-yillarda Oʻzbekiston Milliy banki Navoiy boʻlimi boshqaruvchisi, 2000—2008-yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi, 2008-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, 2008-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi[2]. Erkinjon Turdimov 2008—2016-yillarda Navoiy viloyati hokimi[3][4], 2009—2016-yillarda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, 2016—2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi[5], 2018—2024-yillarda Samarqand viloyati hokimi vazifasida ishlagan[6]. 2025-yil yanvar oyidan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[7].
Ommaviy chiqishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkinjon Turdimov vaqti-vaqti bilan OAV nazariga tushib turadi. Jumladan, 2018-yilda soxta hisobot bergan rahbarlarni jazolashni taklif qilishi[8].
Barcha jamoada qorovul, farrosh, haydovchi va boshqa texnik xodimlar shtatlari bor. Garchi xizmati muhim bo‘lsa-da, ularga e’tibor yetarli emas. Maoshi juda kam bo‘lgani uchun bu kasb egalari idoraga nomigagina kelib ketadi, sidqidildan ishlamaydi. Ko‘p jamoalarda ularning munosib sharoitda ishlashi, dam olishi uchun imkoniyat yaratilmagan, ish qurollari, maxsus kiyim uchun mablag‘ ajratilmaydi. Bunday toifadagi kishilar bayramlar munosabati bilan rag‘batlantirishda ham esdan chiqib qoladi. Tashkilotlar rahbarlari, kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari bu masalalarga yil boshida alohida e’tibor qaratib, jiddiy o‘ylab ko‘rsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi
— Erkinjon Turdimov, [9]
2019-yilda Turdimov qurilishdagi pinhona kelishuvlar korrupsiyaga yo‘l ochganligi haqida ham gapirib oʻtgan[10]. 2020-yilda Samarqand viloyatida sogʻlom turmush tarzi targʻiboti doirasida viloyatdagi barcha rahbarlarni 10 kun davomida ishga piyoda qatnashga chaqiruvi ham muhokamalar keltirib chiqargan edi[11].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[12].
Erkinjon Turdimov Afgʻoniston vazirligi medali bilan taqdirlangan. Medalni Afgʻoniston Islom Respublikasi Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy topshirgan[13].
2024-yil 24-avgustda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi tarkibi toʻgʻrisida
- ↑ http://senat.gov.uz/ru/senators/view/28[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://lex.uz/docs/2624289[sayt ishlamaydi]
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
- ↑ Senat, 2016-12-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-27
- ↑ Samarqand viloyati hokimi ishdan olingan, uning oʻrnini Erkinjon Turdimov egallaydi
- ↑ „Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim boʻldi“. kun.uz (2025-yil 22-yanvar). 2025-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 23-yanvar.
- ↑ „Erkinjon Turdimov soxta hisobot bergan rahbarlarni jazolashni tavsiya qildi“ (2022-yil 2-avgust). Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
- ↑ http://m.xabar.uz/uz/jamiyat/erkinjon-turdimov-qorovul-farrosh-haydovchi
- ↑ „Erkinjon Turdimov: «Qurilishdagi pinhona kelishuvlar korrupsiyaga yo‘l ochgan»“. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
- ↑ „Erkinjon Turdimov: «O‘n kun ishga piyoda qatnayman»“. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 15 YILLIGI MUNOSABATI BILAN DAVLAT XIZMATCHILARI HAMDA ISHLAB CHIQARISH VA IJTIMOIY-IQTISODIY SOHALAR XODIMLARIDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASH TO‘G‘RISIDA“. www.lex.uz. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
- ↑ „Самарқанд вилояти ҳокими Афғонистон вазирлиги медали билан тақдирланди“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 10-iyulda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Navoiy viloyati hokimlari
- Surxondaryo viloyati hokimlari
- Samarqand viloyatining hokimlari
- Sirdaryo viloyatining hokimlari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Yashayotgan insonlar
- Samarqand viloyati kishilari
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston hokimlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston senatorlari