Karim Kamolov
Karim Kamolov | |
---|---|
Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi | |
Mansab davri 2020-yil 29-martdan – 2020-yil 22-avgustgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Oʻktam Barnoyev |
Vorisi | Botir Zaripov |
Buxoro shahri hokimi | |
Mansab davri 2017-yildan – 2020-yilgacha | |
Buxoro shahri hokimi | |
Mansab davri 1994-yildan – 2007-yilgacha | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1954 Buxoro, OʻzSSR |
Maʼlumoti | Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti |
Mukofotlari |
Karim Jamalovich Kamolov (1954-yil, Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2020-yil 22-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek davlat arbobi, 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1999—2004), Buxoro shahar hokimi (1994—2007, 2017—2020) va Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karim Kamolov 1954-yilda Buxoroda tugʻilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutini tamomlagan.
Buxoroning 49-okrugidan 2-chaqiriq Oliy Majlis deputati (1999—2004)[2]. 1994—2007-yillarda Buxoro hokimi. 2007—2017-yillarda — MChJ 20-trest bosh direktori. 2017-yilda yana Buxoro hokimi boʻldi, ushbu lavozimda 2020-yil 29-fevralgacha faoliyat yuritdi. 2020-yil 29-martdan 22-avgustgacha Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishladi.
2020-yil 22-avgustda Toshkentda COVID-19ga chalinganligi sababdan vafot etdi, 30-iyundan boshlab koronavirusni davolashda edi[3]. Buxorodagi Xazrati Imom qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Doʻstlik“ va „Mehnat Shuxrati“ ordenlari bilan taqdirlangan (29.08.2019)[4].