Kontent qismiga oʻtish

Xayrullo Bozorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xayrullo Hayitboyevich Bozorov
 Fargʻona viloyati hokimi
Mansab davri
2020-yildan – hozirgi vaqtgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Shuhrat Gʻaniyev
 Namangan viloyati hokimi
Mansab davri
2015-yil – 2020-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahodir Yusupov
Vorisi Shavkat Abdurazzoqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-yanvar 1976-yil
Chortoq tumani, Namangan, OʻzSSR
Kasbi Iqtisodchi, menejer
Maʼlumoti Namangan muhandislik-qurilish instituti
Mukofotlari

Xayrullo Hayitbaevich Bozorov (1976-yilda tugʻilgan, Chortoq tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi, 2015-yildan 2020-yilgacha Namangan viloyati hokimi. 2020-yil 25-sentyabrdan boshlab Fargʻona viloyati hokimi[1]. II, III, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi. O’zLiDeP a’zosi.

Xayrullo Bozorov 1976-yil 16-yanvarda Namangan viloyati Chortoq tumanida tugʻilgan.

Xayrullo Bozorov boshlang'ich ta'limni Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 9-umumta'lim maktabida olgan[2][3][4]. 1997-yilda Namangan sanoat-texnologıya institutini (hozirgi Namangan muhandislik-qurilish instituti) iqtisodchi-menejer mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-2005-yillarda Namangan shahar davlat soliq inspektsiyasida bosh inspektor, boʻlimi boshligʻi, inspektsiya boshligʻi boʻlgan. 2005-2007-yillarda Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, guruh rahbari vazlfalarida ishlagan. 2007-2008-yillarda Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2008-yildan 2009-yilgacha Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani hokimi boʻlgan. 2009-yildan 2014-yilgacha Namangan viloyati Chust tumani hokimi boʻlgan. 2014-2015 yillarda Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi lavozimini egallagan[5].

2015-yilda Namangan viloyati hokimi etib tayinlandi[6]. 2020-yil 25-sentyabrdan Fargʻona viloyati hokimi[7].

2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga, 2015-yilda esa yana Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylangan[8]. 2020-yilda yana Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylandi. Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi a'zosi[9].

2010-yil 25-avgustda Oʻzbekiston Prezidentining Farmoni bilan  "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan[10].

2020-yil 28- avgustda Oʻzbekiston Prezidentining Farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan[11].

2020-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni topshirilgan[12].

Mamlakatimizda futbolni rivojlantirish va uni ommaviyligini oshirish yo‘lidagi xizmatlari uchun 2021-yilda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining yil laureatlarini taqdirlashga qaratilgan «UZ Football Awards» marosimida “Futbol rivoji uchun” sovrini bilan taqdirlangan[13].

  1. „Хайрулло Бозоров Фарғона вилояти ҳокими этиб тасдиқланди“. Bugun.uz. 2022-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 5 февраль.
  2. „O‘zbekistonda «Bilimlar kuni»: Barcha viloyatlarda hokimlar maktabda dars o‘tdi“. Qaraldi: 19-avgust 2022-yil.
  3. „O‘zbekiston amaldorlari maktabda dars o‘tishdi (foto)“ (2019-yil 9-aprel). Qaraldi: 19-avgust 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
  4. „Viloyat hokimi Chortoqda o‘zi ta’lim olgan maktabda “Mustaqillik darsi” o‘tdi“.
  5. https://centrasia.org/person2.php?st=1421450712
  6. http://kengash.namangan.uz/ru/19-russkij/deputaty/27-bozarov-khajrullo-khajitbaevich
  7. https://namangan24.uz/itisodiyot/hayrullo_bozorov_farona_viloyatiga_hokim_buldi.html
  8. https://www.gazeta.uz/ru/2015/01/16/senators/
  9. „Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi“.[sayt ishlamaydi]
  10. „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘gʻrisida“.
  11. „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“.
  12. „Uchta viloyat hokimi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi“.
  13. „Xayrullo Bozorov “Futbol rivoji uchun” sovrini bilan taqdirlandi“.