Kontent qismiga oʻtish

Bektosh Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bektosh Rahimovich Rahimov
Бектош Раҳимович Раҳимов
 OʻzSSR Kompartiyasi Samarqand viloyati soveti birinchi kotibi
Mansab davri
1974-yil – 1982-yilgacha
Oʻtmishdoshi Vladimir Qodirov
Vorisi Rashid Ashuraliyev
 OʻzSSR Kompartiyasi Xorazm viloyati soveti birinchi kotibi
Mansab davri
1963-yil – 1968-yilgacha
Oʻtmishdoshi Fahriddin Shamsiddinov
Vorisi Madyor Xudoyberganov
 OʻzSSR Kompartiyasi Andijon viloyati soveti birinchi kotibi
Mansab davri
1968-yil – 1974-yilgacha
Oʻtmishdoshi Ashur Haydarov
Vorisi Inomjon Usmonxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-fevral 1924-yil
Samarqand
Vafoti 5-yanvar 2009-yil(2009-01-05)
(84 yoshda)
Samarqand
Mukofotlari


Bektosh Rahimov (1924-2009)[1] — OʻzSSR davlat arbobi, iqtisod fanlari nomzodi, Sovet Ittifoqi mehnat qahramoni, SSSR Oliy Soveti deputati (1976-1986).

Mehnat faoliyatini 16 yoshida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 1942-1945-yillarda armiyada xizmat qilgan. 1944-yilda VKP(b) safiga kirdi. 1945-1948-yillarda demobilizatsiyadan so‘ng boshlang‘ich maktab direktori, tuman xalq taʼlimi bo‘limi inspektori.

1948-yildan — mas’uliyatli xoʻjalik va partiya ishida.

1948-1950-yillarda — Narpay tuman kengashi raisi.

1950-1952-yillarda — Oʻzbekiston KP (b) MK huzuridagi partiya maktabi talabasi. Partiya maktabini tugatgach, u yerda muallimlik qilish uchun qoldiriladi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabi Oʻzbekiston Kompartiyasi qoʻmitasi kotibi etib saylanadi.

1953-yilda Toshkent davlat universitetini sirtdan tamomlagan, soʻng Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining masʼul tashkilotchisi, keyinroq Narpay kompartiyasining 1-kotibi etib tayinlangan.

1963-yildan 1968-yilgacha — Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi.

1968-yil fevral oyida O‘zbekiston Kompartiyasi Andijon viloyati qo‘mitasining 1-kotibi lavozimiga o‘tkazildi va 1974-yilning dekabrigacha ishladi.

1974-yil 27-noyabrdan 1982-yil fevralgacha — Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyati qoʻmitasining 1-kotibi.

1986-yilgacha O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

1976-yildan 1986-yilgacha — KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod.

SSSR Oliy Kengashining 7, 8, 9, 10-chaqiriqlari deputati.

1986-yili Paxta ishi boʻyicha sudlangan. 1991-yilgi farmon bilan tiklandi, mukofotlari qaytarildi.

1991-2002-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi kengashining raisi boʻlgan.

Toshkent shahrida yashagan. 2009-yil 5-yanvarda vafot etgan

  • Рентабельное хозяйство (1984),
  • Организация труда в животноводстве (1985),
  • Высокодоходная отрасль животноводства (1985)
  • Внутрихозяйственный расчет и его внедрение в АПК (1989)
  • Организация и оплата труда в сельском хозяйстве (1992)
  1. Spravochnik po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza 1898 — 1991