Rimajon Xudoyberganova
Rimajon Matnazarovna Xudoyberganova | |
Xorazm viloyati deputatlar kengashi raisi | |
---|---|
Mansab davri 1990 – 1992-yil yanvar | |
Vorisi | lavozim tugatilgan |
SSSR xalq deputatlari syezdi deputati | |
Mansab davri 1989 – 1991 | |
Prezident | Mixail Gorbachyov |
Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Xorazm viloyati komiteti birinchi kotibi | |
Mansab davri 1988-yil 12-sentyabr – 1991-yil 14-sentyabr | |
Oʻtmishdoshi | Mirahad Mirqosimov |
Vorisi | lavozim tugatilgan |
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati | |
Mansab davri 1987 – 1991 | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-aprel 1942-yil Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafoti |
16-noyabr 2022-yil (80 yoshda) Urganch tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi |
Fuqaroligi |
SSSR Oʻzbekiston |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Kasbi | tikuvchi |
Faoliyati | tikuvchi, davlat, jamoat arbobi, siyosatchi |
Maʼlumoti |
Toshkent toʻqimachilik instituti Ijtimoiy fanlar akademiyasi |
Mukofotlari |
|
Rimajon Xudoyberganova (1942-yil 22-aprel, Xorazm viloyati — 2022-yil 16-noyabr, Urganch tumani) — sovet va oʻzbek davlat, siyosat, jamoat arbobi. Xudoyberganova Xorazm viloyati partiya komitetining birinchi kotibi (1988—1991)[1][2][3][4], Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti (1987—1991)[4] va SSSR xalq deputatlari syezdi (1989—1991)[5][6][4] deputati boʻlgan.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rimajon Matnazarovna Xudoyberganova 1942-yil 22-aprelda Xorazm viloyatida tavallud topgan[7]. 1960-yilda Urganch shahridagi Maksim Gorkiy nomidagi 1-oʻrta maktabni tamomlaydi. 1960—1966-yillarda Toshkent toʻqimachilik institutida oʻqigan[1] hamda bir vaqtning oʻzida Toshkentdagi „Qizil Tong“ tikuvchilik fabrikasida tikuvchi-toʻquvchi boʻlib ishlagan. 1966-yilda institutni tugatgach, Urganch tikuvchilik fabrikasiga ishga yuborilib[1], brigada, boʻlimga rahbarlik qiladi. Xudoyberganova 1967-yildan bosh muhandis, 1972-yildan esa zavod direktori[7][4], 1976—1983-yillari Urganch va Xiva tikuvchilik fabrikalari negizida tashkil etilgan Xorazm viloyati tikuvchilik birlashmasi bosh direktori lavozimida ishlagan[4].
1976-yilda toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari va faoliyatidagi muvaffaqiyati uchun u "Hurmat belgisi" ordeni bilan taqdirlangan. 1978-yilda SSSR oʻqituvchilarining birinchi syezdiga vakil (delegat) etib saylangan.
1980-yillarda Xudoyberganova partiya safida ishlaydi[1]. 1983-yil iyul oyida KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasini tamomlagach[1], Xorazm viloyat partiya komitetining sanoat, transport va kommunikatsiyalar boʻlimi mudiri lavozimiga ishga yuboriladi[4]. 1984-yil avgust oyida taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha masʼul hisoblangan viloyat ideologiya komitetining kotibi etib saylanadi. 1985-yil oktyabr oyida viloyat deputatlari kengashining sessiyasida Xudoyberganova viloyat ijroiya komitetining raisi etib saylandi[8][4]. 1987-yilda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan[1].
1988-yil sentyabrda Xorazm viloyat partiya komitetining birinchi kotibi etib saylandi[7][4]. SSSRda oʻsha davrdagi viloyat rahbari etib tayinlangan yagona ayol kishi boʻlgan. Bu lavozimda 1991-yilgacha faoliyat yuritgan.
1989-yilda muqobillik asosida Xudoyberganova SSSR xalq deputati etib saylanib[5][6], SSSR Oliy Sovetining Millatlar Sovetiga aʼzo boʻladi (to 1991-yilda SSSR Xalq deputatlari syezdi oʻzini oʻzi tarqatib yuborgunga qadar)[2][4]. 1990-yilda davlat organlari tuzilmasidagi oʻzgarishlar munosabati bilan Xudoyberganova xalq deputatlari viloyat kengashi raisi etib saylanadi, SSSR davlati parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, 1992-yilning yanvar oyida bu lavozim tugatilguniga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritadi.
1992-yildan xoʻjalik boshqaruvi faoliyati bilan shugʻullana boshlagan. 1992—1998-yillarda viloyat „Pillachilik“ boshqarmasi raisi, 1998-yil maydan 2007-yil iyungacha „Xorazmpilla“ aksiyadorlik jamiyati raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2007-yilda Xudoyberganova pesniyaga chiqadi[1][7]. Pensionerlik davrida Xorazm viloyati nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli boʻlgan[9][10]. 2022-yil 16-noyabrda Xudoyberganova 80 yoshida vafot etadi[7][11].
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- SSSR Xalq maorifi aʼlochisi va SSSR Toʻqimachilik sanoati aʼlochisi (1978-yil);
- YUNESKOning kumush medali sohibi[1] (1991-yil, Xorazm vohasidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish borasidago faol mehnati uchun);
- „Oʻzbekiston mustaqilligining 1 yilligi“ esdalik nishoni sohibi (1992-yil);
- "Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi" esdalik nishoni[12] sohibi (2002-yil);
- I darajali "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni sohibi[1] (2019-yil, koʻp yillik samarali mehnati uchun);
- "Doʻstlik" ordeni sohibi (2021-yil)[9][10][13][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „„Prezidentga meni ishdan olavering deganman“ — Xorazmni uch yil boshqargan Rimajon Xudoyberganova bilan suhbat“ (2020-yil 21-fevral). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Sentrizbirkom SSSR. 1988—1991. Tom III“ (rus tilida) (pdf) 113-sahifa. aprel.org (2022). 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Rimajon onaga yuksak e’zoz va ehtirom ko‘rasatildi“ (3-sentyabr 2021-yil). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 4,8 „Xudaybergenova Rimadjan Matnazarovna“ (rus tilida). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ 5,0 5,1 „Alfavitniy spisok narodnix deputatov SSSR (26 marta 1989 - 26 dekabrya 1991, polniy)“ (rus tilida) (2022-yil 28-yanvar). 2013-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ 6,0 6,1 „Spisok narodnix deputatov SSSR ot Uzbekskoy SSR, izbrannix ot territorialnix, natsionalno-territorialnix okrugov i obshestvennix organizatsiy“ (rus tilida) (pdf). „Pravda Vostoka“ gazetasi №83 2-sahifa (07.04.1989). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 „Xorazmni 3 yil boshqargan Rimajon Xudoyberganova vafot etdi“ (2022-yil 16-noyabr). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ „Spisok delegatov“ (rus tilida). 2022-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ 9,0 9,1 „Mukofotlar muborak“ (2021-yil 25-avgust). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ 10,0 10,1 „Mahalla tizimi xodimlarining bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi“ (2021-yil 25-avgust). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ „Skonchalas Rimajon Xudoyberganova, rukovodivshaya Xorezmom 3 goda“ (rus tilida) (2022-yil 16-noyabr). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ „Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (18.07.2001-yildagi PF-2899-son)“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ „O nagrajdenii v svyazi s tridsatiletiyem nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi gosudarstvennix slujashix i rabotnikov proizvodstvennoy i sotsialno-ekonomicheskoy sfer“ (rus tilida) (2021-yil 25-avgust). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.