Kontent qismiga oʻtish

Marks Jumaniyozov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Marks Jumaniyozov
 Xorazm viloyati hokimi
Mansab davri
1992-yil 27-yanvar – 11-sentabr 1996 yil
Hukumat boshligʻi Abdulhoshim Mutalov
Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim taʻsis etilgan
Vorisi Iskandar Yusupov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-avgust 1938-yil
Xorazm viloyati
Vafoti 27-dekabr 2012-yil(2012-12-27)
(74 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Maʼlumoti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
Mukofotlari

Marks Jumaniyozovich Jumaniyozov (1938-yil 18-avgust, Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Oyoqdo'rmon qishlogʻi, Oʻzbekiston SSR — 2012 yil 27-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek davlat arbobi, Xorazm viloyatining birinchi hokimi, Qishloq va suv xo'jaligi vaziri. 1994-yilda "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan[1].

2008-yilda Marks Jumaniyozovning "Esimda qolgan onlar" nomli kitobi ommaga taqdim etilgan. Mazkur kitobda butun hayoti davomida o'z xalqiga xizmat qilgan va o'z elining mehriga, hurmatiga sazovor bo'lgan fidoiy va mehnatkash inson Marks Jumaniyozov sevimli kasbi muhandislik, qishloq xo'jaligi mutaxassisligi haqida jo'shib, faxrlanib yozgan. Marks Jumaniyozov nafaqat qishloq xo'jaligi xodimi bo'lib qolmasdan hayotida juda ko'p sohalarga qiziqib, ularning vakillari bilan uchrashib, do'stlashib bahslashib turgan. Risolada turli soha vakillari haqida qiziqarli ma`lumotlar berilgan.[2]

Ayniqsa, Xorazm vohasining san`atga shaydo eli va bu elning qadimiy betakror musiqasi, qator elga taniqli san`atkorlari Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov, Otajon Hudoyshukurov kabilar haqida ham chuqur va qiziqarli ma`lumotlar berilgan.

Marks Jumaniyozov o‘zining mehnatsevarligi va rahbarlik qobiliyati bilan Xorazm tarixida yorqin iz qoldirgan. Uning ishi nafaqat hududda, balki butun O‘zbekiston agrar sohasida sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

Marks Jumaniyozov 1938-yil 18-avgustda Yangibozor tumani, Oyoqdo'rmon qishlogʻida (hozirgi Xorazm viloyatining Yangibozor tumani) tugʻilgan, keyin Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgandan soʻng mexanik-muhandis sifatida oʻqigan. „Xorazmsovxozvdstroy“ trestini boshqargan va sholi etishtirish uchun qumli erlarni oʻzlashtirishga katta hissa qoʻshgan. 1975-1990 yillarda Xonqa, Urganch va Yangibozor tumanlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1990-yil apreldan Xorazm viloyati „Selxoznabremont“ uyushmasining raisi boʻlib ishlagan[3].

1992-yil 27-yanvarda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Xorazm viloyatining birinchi hokimi etib tayinlandi[4][5]. 1996-yilgacha hokim lavozimida ishlagan[6].

1997-yil noyabrga qadar Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri, soʻngra Davlat karantin xizmati boshligʻi sifatida ishlagan[7].

2012-yil 27-dekabrda Toshkentda vafot etgan[8].