Kontent qismiga oʻtish

Siroj Nuriddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Siroj Nuriddinovich Nuriddinov
Oʻzbekiston KP Toshkent viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1956-yil fevral – 1959-yil 23-mart
Oʻtmishdoshi Orif Alimov
Vorisi Rasul Gʻulomov
Oʻzbekiston KP Namangan viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1959-yil – 1961-yil 30-may
Oʻtmishdoshi Hasan Joʻrayev
Vorisi Abdulxay Toirov
Oʻzbekiston KP (b) Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1946 – 1949
Oʻtmishdoshi Abdurazzoq Mavlonov
Vorisi Aziz Toʻxtaboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1911
Toshkent, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1966-yil 9-iyun
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Turmush oʻrtogʻi Yodgor Nasriddinova
Taʼlim KPSS MQ qoshidagi Oliy partiya maktabi
Mukofotlari

Siroj Nuriddinovich Nuriddinov (1911, Toshkent, Rossiya imperiyasi — 1966-yil 9-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1946—1949 va 1956—1959).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1938-yildan VKP (b) aʼzosi. 1953-yilda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi — KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan. Mehnat faoliyatini zavodda usta sifatida boshlagan.

  • 1937—1941-yillarda Oʻzbekiston komsomoli shahar qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston komsomoli tuman qoʻmitasining birinchi kotibi,
  • 1941—1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi;
  • 1945—1946-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Toshkent shahar qoʻmitasi ikkinchi kotibi;
  • 1946—1949-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi;
  • 1949-yilda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari respublika kengashi raisi;
  • 1949—1950-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) MK kotibi;
  • 1953—1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi MK maktablar boʻlimi mudiri,
  • 1954—1955-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi,
  • 1955—1956-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi birinchi kotibi,
  • 1956—1959-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi,
  • 1959—1964-yillarda Oʻzbekiston Respublika kasaba uyushmalari kengashi raisi.

SSSR Oliy Kengashining 3—6-chaqiriqlari deputati.

1966-yil 9-iyunda vafot etgan.

Ya. S. Nasriddinova (1920—2006) bilan turmush qurgan. Bolalari: Qizlari — Lola (1939-yilda tugʻilgan), Raisa (1942-yilda tugʻilgan), Zulfiya (1950-yilda tugʻilgan), oʻgʻli Baxtiyor (1947-yilda tugʻilgan)[manba kerak] .