Chexoslovakiya
Chexoslovakiya (Československo), Chexo-Slovakiya (Česko-Slovensko) - Markaziy Yevropadagi davlat (1993-yilgacha mavjud boʻlgan). 1918-yil Avstriya-Vengriya imperiyasining parchalanishi natijasida chex va slovak xalkdari yerlarida tashkil boʻlgan. 1938-yil oktyabr — 1939-yil martda Germaniya tomonidan bosib olingan. 1945-yil mayda Chexoslovakiya hududi ozod etilgach, yagona, mustaqil davlat sifatida qayta tiklandi; 1948-yil xalq demokratik respublikasi deb eʼlon kilindi. Hokimiyat tepasida Chexoslovakiya KP turgan (1989-yilgacha). 1960—1990-yil martda Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi (CHSSR) deb ataldi. 1968-yilda avj olgan jamiyatni demokratik yangilash jarayoni 1968-yil avgustda Varshava shartnomasi tashkiloti aʼzolari boʻlgan 5 davlat (SSSR, Bolgariya, Vengriya, German Demokratik Respublikasi, Polsha) qoʻshinlari tomonidan barbod etildi. 1990-yildan Chexoslovakiya federativ davlat sifatida Chex va Slovak Federativ Respublikasi (CHSFR) nomida boʻldi. 1992-yil noyabrda CHSFR parlamenti 1993-yil 1-yanvardan chexoslovak federatsiyasi tugatilganligi va u Chexiya hamda Slovakiya respublikalariga ajratilganligi toʻgʻrisida federal qonun qabul qildi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |