Kontent qismiga oʻtish

Jahongir Ortiqxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jahongir Ortiqxo’jayev
 Toshkent shahrining sobiq hokimi
 
Mansab davri
2018-yil 21-dekabrdan
(2018-yil 26-apreldan v.b.) – 2023-yil 16-yanvargacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rahmonbek Usmonov
Vorisi Bahtiyor Rahmonov[1]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-yanvar 1975-yil (1975-01-02) (49 yosh)
Kasbi iqtisodchi
Maʼlumoti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi

Jahongir Ortiqxoʻjayev – Toshkent shahrining sobiq hokimi[2][3]. „J-United Group“ kompaniyalar guruhining (Akfa, Imzo-Akfa, Tashkent city, Oqtepa – sohil boʻyi, Choshtepa turar- joy, Artel, Discovery Invest, DreamCity Development, Stargate systems, Prime tower group, Obod shahar qurilish, Jako, Lucem, MediaPark, Atlas, EcoBozor, Senior & Seniorita, Vesta Electric, Royal sun-panel, Amilov, Autograph Gallery, Benkam (Navoiy) , BizDoner, Qanotchi, Engelberg, Airfel, KFC, Lider-line, Gold aluminium-plastic Co, Zomin sunrise, Zoʻr TV telekanali, Multi-mafe, Avalon brendlarini oʻz ichiga oladi) asoschisi, 2018-yil 21-dekabrdan 2023-yil 16-yanvarigacha Toshkent shahar hokimi boʻlgan[1][4].

1975-yil 2-yanvarda tugʻilgan. Millati – oʻzbek.

1991—1996-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.

2011-yildan 2017-yilgacha Artel Engineering kompaniyasiga rahbarlik qilgan.

20172018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlagan.

2020-yildan – Oʻzbekiston yoga federatsiyasi prezidenti.

2018-yil 21-dekabrdan 2023-yil 16-yanvargacha Toshkent shahar hokimi vazifasida faoliyat yuritgan[5].

2018-yil 14-sentabrida Ortiqxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati deputati etib saylangan.

2023-yil 30-yanvar kuni Jahongir Ortiqxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining senatorlari qatoridan chiqarildi[6].

2015-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlandi[7].

2021-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi faxriy unvonini oldi.

Turmush oʻrtogʻi – Nigora Ortiqxoʻjayeva, „J-United Group“ kompaniyalar guruhining ayni paytdagi boshqaruvchisi. 5 nafar farzandi bor: Zulfiya, Iroda, Robiya, Komila, Adnan.

Qizi – Iroda, Oʻzbekiston Prezidentining sobiq maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning oʻgʻliga turmushga chiqqan.

Qizi – Komila, 2021-yilda turmushga chiqqan, „Ocard“ MChJ (Ocard va Blanc Bleu brendlari ostidagi ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi korxona) rahbari.