Kontent qismiga oʻtish

Oʻktam Barnoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻktam Barnoyev
 Bosh vazirning oʻrinbosari
Mansab davri
28-fevraldan – 2020-yil 20-sentyabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Vorisi Shuhrat Gʻaniyev
 Buxoro viloyati hokimi
Mansab davri
2016-yil 16-dekabrdan – 2020-yil 27-fevralgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Muhiddin Esonov
Vorisi Karim Kamolov
 Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2008-yil 15-apreldan – 2010-yil 17-dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Aʻzam Bahromov
Vorisi Zoir Mirzayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-oktyabr 1964-yil
Romitan tumani
Vafoti 20-sentyabr 2020-yil(2020-09-20)
(55 yoshda)
Germaniya
Maʼlumoti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi

Oʻktam Isayevich Barnoyev (1964-yil, Romitan tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2020-yil 20-sentyabr, Germaniya) — oʻzbek davlat arbobi. Samarqand, Buxoro viloyatlari hokimi va Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Oʻ. I. Barnoyev 1964-yilda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tugʻilgan. 1981—1986-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida oʻqigan.

1986-yil Buxoro viloyat birlashgan korxonalar maʼmuriyatining texnik direktsiyasining muhandisi.

1997—2000-yillar — Buxoro viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining iqtisodiyot va islohotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

2000—2002-yillar — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimida rahbar.

2002—2004-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi agrosanoat kompleksining yetakchi mutaxassisi,

2004—2005-yillarda Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi.

2005—2007-yillar — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi.

2007-yil — 2008-yil 15 aprel — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari.

2008-yil 15-aprel — 2010-yil 17-dekabr — Samarqand viloyati hokimi.

2011—2016-yilar — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi „Oʻzsuvnazorat“ suv inspektsiyasi boshligʻi,

2016-yildan „Oʻzagroximiya“ AJ inspektsiyasi rahbari va boshqaruv raisi.

2016-yil 16-dekabr — 2020-yil fevral — Buxoro viloyati hokimi[1]. 2020-yil 27-fevralda Oʻ. I. Barnoevning nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Oʻzbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga koʻrib chiqildi va ma'qullandi[2][3][4]. 2020-yil 28-fevralda Oʻzbekiston Prezidenti Bosh vazirning yangi oʻrinbosarini tasdiqladi[5]. 2020-yil 6-iyuldan boshlab shuningdek, Oʻzbekistonning otchilik va ot sporti federatsiyasining raisi lavozimini egallaydi[6][7].

2020-yil 30-iyunda Oʻktam Barnoyevning COVID-19ga challingani maʼlum boʻldi[8][9].

2020-yil 20-sentyabrda nemis klinikasida vafot etdi[10].