Sodiq Abdullayev
Abdullaev Sodik Sabitovich | |
---|---|
Toshkent viloyati hokimi v.b. | |
Mansab davri 2016-yil 4-fevraldan – 26-iyulacha | |
Oʻtmishdoshi | Ahmadjon Usmonov |
Vorisi | Islom Ergashxoʻjayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
23-noyabr 1967-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Abdullayev Sodiq Sobitovich — 2016-yil fevral-avgust oylarida Toshkent viloyati hokimi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1984-1985-yillar — Toshkent shahri 20-aloqa boʻlimi xat tashuvchisi.
1985-1987-yillar — Harbiy xizmatda.
1987-1992-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi davlat banki hisoblash markazi operatori, texnigi, dasturchi-mexanigi.
1992-1995-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻquv boʻlimi iqtisodchisi, katta iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi.
1995-1996-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy axborotni tahlil qilish va statistika departamenti boʻlim. boshligʻi, kredit hisob-kitob munosabatlarini tahlil qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi.
1996-1997-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy axborot va kredit hisob-kitob munosabatlarini tahlil qilish departamenti direktorining oʻrinbosari — boshqarma boshligʻi.
1997-1998-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy axborot va kredit hisob-kitob munosabatlarini tahlil qilish departamenti direktori.
1998-2000-yillar — „Zamin“ davlat aksiyadorlik ipoteka banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari.
2000-2001-yillar — „Zamin“ davlat aksiyadorlik ipoteka banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari.
2001-2007-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari hisob-kitobi jamgʻarmasi direktori.
2007-2012-yillar — Toshkent viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
2012-2016-yillar — Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi.
2016-2016-yil - Toshkent viloyati hokimi[1].
2016-2017-yillar Yangiyoʻl tumani hokimi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tarjimai holi, 2016-04-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-27
- ↑ Senat, 2017-09-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-27