Samoyiddin Husenov
Samoyiddin Kosimovich Husenov | |
---|---|
Buxoro viloyati hokimi | |
Mansab davri 1996 – 2011 | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Mavlon Rahmonov |
Vorisi | Muhiddin Esonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1946-yil Buxoro |
Husenov Samoyiddin Kosimovich (1946-yil, Buxoro) – davlat arbobi, Buxoro viloyati hokimi (1996—2011-yil dekabr)[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samoyiddin Husenov Toshkent politexnika institutining Buxoro fillialini (hozirda Buxoro muhandislar texnologiya instituti) tamomlagan. 1963-yilda Buxoro ipak-oʻrash kombinatining mutaxassisi boʻldi. 1971-yilda u partiya organlarida ishlay boshladi[2]. 1986-yildan Buxoro viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, rejalashtirish komissiyasi raisi boʻlib ishlagan. 1992-yilda Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari, iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi boshligʻi boʻldi[3].1994-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari boʻlgan. 1996-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning buyrugʻi bilan u Buxoro viloyati hokimi etib tayinlandi[4]. 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Buxoro viloyat deputatlar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Samoyiddin Husenov Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan[5]. OAV maʼlumotlariga koʻra Samoyiddin Husenov korrupsiya va urugʻ-aymoqchilikka bogʻliq ayblovlar bilan lavozimidan olingan[6][5].
1997-yilda Oliy Majlisning 2-chaqiriq deputati boʻldi. 1999-yilda 2-chaqiriq Oliy Majlisning deputati etib tayinlandi. 2005-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylandi[7]. 2017-yilda Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash „Nuroniy“ jamgʻarmasining Buxoro viloyati kengashi raisi etib saylangan[8]. 2020-yildan esa Buxoro viloyat Nuroniylar kengashi raisi lavozimiga tasdiqlandi[8].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yil dekabr oyida Samoyiddin Huseynovning oʻgʻli Sharofiddin Huseynov va qarindoshlari korrupsion jinoyatlarda nohaq ayblanib, qamoqqa olingan[6]. 2012-yil 8-oktabrda sud hukmi eʼlon qilingan. Unga koʻra, Sharofiddin Huseynov 13 yilga, yana bir kichik oʻgʻli 10 yilga, jiyani Visoliddin Huseynov 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan[6]. Keyinchalik 2016-yilda barcha nohaq ayblanib qamalib chiqqan Husenovlar Oliy Sudning tegishli qarorlariga muvofiq oqlanishgan.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Mehnat shuxrati“ ordeni.
- ikki marta „Oʻzbekiston Qahramoni“ mukofotiga nomzod boʻlgan[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://centrasia.org/newsA.php?st=1171003860
- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1013880830
- ↑ https://regnum.ru/news/1242604.html
- ↑ https://uz.sputniknews.ru/20160922/3763940.html
- ↑ 5,0 5,1 „O‘zbekiston bosh vaziri Buxoro hokimini lavozimidan bo‘shatgan“ (2022-yil 27-dekabr). Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Buxoro sobiq hokimining o‘g‘illari va qarindoshlari qamaldi“.
- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1013880830
- ↑ 8,0 8,1 „Buxoroning sobiq hokimi viloyat Nuroniylar kengashi raisi etib tayinlandi“ (2020-yil 11-iyun). Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.
- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1013880830