Poʻlat Bobojonov
Bobojonov Poʻlat Razzoqovich | |
---|---|
![]() | |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2017-yil 4-sentyabrdan – 3-mart 2025-yil | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Abdusalom Azizov[1] |
Vorisi | Aziz Toshpoʻlatov |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2012-yil 24-yanvardan – 2017-yil 4-sentabrgacha[2] | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ollobergan Olloberganov |
Vorisi | Ilgizar Sobirov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-yanvar 1961-yil Bogʻot tumani, Xorazm viloyati |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Unvoni | General-leytenant[3] |
Bobojonov Poʻlat Razzoqovich (Бобожонов Пўлат Раззоқович, 1961-yil 1-yanvar, Bogʻot tumani, Xorazm viloyati) – oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri[4] (2017—2025) hamda Xorazm viloyati hokimi[1] (2012—2017) boʻlgan.
2023-yil 18-fevraldan Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi[5].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]1977-1982 yy. – Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1982-yilda Harbiy xizmat oʻtagan.
1982—1983-yillarda Gurlan tumani prokurorining yordamchisi vazifasida ish oʻrganuvchi.
1983—1985-yillarda Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi prokurori.
1985—1991-yillarda Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi boshligʻi.
1991—1992-yillarda Xorazm viloyati Gurlan tumani prokurori.
1992—1996-yillarda Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari.
1996—1999-yillarda Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari – nazorat inspeksiyasi boshligʻi.
1999—2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashkiliy-kadrlar siyosati masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining yetakchi konsultanti.
2000-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining hududiy organlar kadrlari bilan ishlash shoʻbasi bosh inspektori vazifasini bajaruvchi.
2000—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.
2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
2006—2011-yillarda Jizzax viloyati prokurori.
2011-yilda qisqa muddat Buxoro viloyati prokurori.
2011—2012-yillarda Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari.
2012—2017-yillarda Xorazm viloyati hokimi vazifalarida faoliyat olib borgan.
2017-yildan 2025-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti[6].
2023-yil 18-fevraldan – Oʻzbekiston Voleybol Federatsiyasi raisi[5].
2025-yil 3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayevga oʻrinbosar etib tayinlanadi[7].
Vazir sifatidagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Poʻlat Bobojonov Ichki ishlar vaziri sifatida Oʻzbekistonda aholiga yaqindan xizmat koʻrsatadigan tizim yaratilganligini maʼlum qilgan[8]
Keyingi yillarda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Shuning barobarida bevosita ichki ishlar organlariga doir 4 ta qonun, 30 dan ziyod farmon, qaror va farmoyishlar, 150 dan ortiq hukumat va idoraviy hujjatlar qabul qilindiki, mazkur huquqiy hujjatlarda belgilangan asosiy norma va vazifalar bugun hayotda oʻz ifodasini topmoqda
— Poʻlat Bobojonov, [9]
2019-yilda Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba Jasliq qamoqxonasidagi mahkumlar soni haqida aniq maʼlumot bergan[10]. Vazirga koʻra, oʻsha vaqtda „Jasliq“ qamoqxonasida 395 nafar mahkum saqlangan.
2020-yil yakunlari boʻyicha hisobotida Poʻlat Bobojonov ichki ishlar tizimida jinoyatchilikka qarshi kurashda raqam ortidan quvish emas, jinoyatchilikning asl sabablarini bartaraf etish orqali fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga asosiy eʼtibor qaratilganligi haqida axborot bergan[11].
Tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Poʻlat Bobojonov 2016-yildan keyin tayinlangan vazirlar orasida OAVdan „uzoq“ vazir sifatida tanqid qilingan[12].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003-yil 28-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.
2024-yil 25-avgustda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Xorazm viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
- ↑ Viloyat hokimining biografiyasi
- ↑ Milliy gvardiya qoʻmondoni va Ichki ishlar vaziriga ham yangi harbiy unvonlar berildi
- ↑ „Шавкат Мирзиёев Халқ депутатлари Хоразм вилояти кенгашининг навбатдан ташқари сессиясида нутқ сўзлади“.
- ↑ 5,0 5,1 Poʻlat Bobojonov Voleybol federatsiyasi raisi, Bekmurod Abdullaev esa uning birinchi oʻrinbosari etib saylandi
- ↑ „Федерацию футбола возглавил Умид Ахмаджонов“.
- ↑ „Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi“. kun.uz. Qaraldi: 2025-yil 4-mart.
- ↑ „Poʻlat Bobojonov: O‘zbekistonda aholiga yaqindan xizmat koʻrsatadigan tizim yaratildi“ (2019-yil 20-dekabr). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
- ↑ https://xabardor.uz/uz/x/938269
- ↑ „Po‘lat Bobojonov «Jasliq»dagi mahkumlar sonini ochiqladi“ (2019-yil 5-avgust). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
- ↑ „Ilgari jinoyatchilik koʻlamiga raqamlarga qarab baho berar edik, buning ortida inson taqdiri yotganligini unutib qoʻyardik — Poʻlat Bobojonov“ (2021-yil 12-mart). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
- ↑ „Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov nega OAV dan uzoqda?“ (2021-yil 2-dekabr). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
- 1-yanvarda tugʻilganlar
- 1961-yilda tugʻilganlar
- Bogʻot tumanida tugʻilganlar
- Xorazmda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Shon-sharaf ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Oʻzbekiston ichki ishlar vazirlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʻzolari
- Oʻzbekiston generallari
- Oʻzbekiston huquqshunoslari
- Xorazm viloyati hokimlari