Kontent qismiga oʻtish

Temir Xidirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Temir Xidirov
 Qashqadaryo viloyati hokimi
Mansab davri
1992-yil 27-yanvar – 1995-yil
Prezident Islom Karimov
Vorisi Ozod Farmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-noyabr 1945-yil (1945-11-14) (78 yosh)
Qarshi tumani, Qarshi tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR

Temir Poʻlatovich Xidirov (tugʻ. 1945-yil, Gʻungan qishlogʻi, Qarshi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — davlat arbobi, Qashqadaryo viloyati hokimi.

Temir Poʻlatovich 1945-yil 14-noyabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanining Gʻungan qishlogʻida tugʻilgan. 1968-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan va shu yili Qashqadaryo viloyati sugʻorish tizimlari boshqarmasi muhandisi, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi birlashgan boshqarmasi bosh muhandisi boʻlgan. Shuningdek, Yakkabogʻ PMK boshligʻi va Qashqadaryo viloyati „Eskiangkadarkanalstroy“ tresti PMK boshligʻi boʻlgan.

1973-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining aʼzosi boʻlgan. 1976-yildan boshlab O'zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasi sektor mudiri lavozimida ishlagan. 1980-yilda Toshkent Oliy partiya maktabini ham tamomlagan. 1983-yilda O'zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasida instruktor boʻlib ishlagan. 1984-yildan buyon Qashqadaryo viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri va Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman qoʻmitasining birinchi kotibi. 1988-yildan O'zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasi kotibi va 1990-yildan Qashqadaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi. 1991-yil may oyidan O'zbekiston Kommunistik partiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi boʻldi[1].

1992-yil 27-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning buyrugʻi bilan Temir Xidirov Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan[2]. 1995-yilgacha Qashqadaryo viloyati hokimi boʻlgan.

  1. https://centrasia.org/person2.php?st=1013880809
  2. arxiv nusxasi, 2021-04-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-30