Jamshid Xoʻjayev
Jamshid Xo'jayev | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 16-iyuldan | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Sardor Umrzoqov |
Mansab davri 2017-yil 1-noyabrdan – 2019-yil 28-yanvargacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Elyor Gʻaniyev |
Vorisi | Sardor Umrzoqov |
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri | |
Mansab davri 2019-yil 28-yanvardan – 2022-yil 16-iyulgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Bahodir Yusupov |
Vorisi | Aziz Voitov |
Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari | |
Mansab davri 2022-yil 16-iyul[1] | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
3-mart 1979-yil Fargʻona viloyati |
Maʼlumoti |
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Birmingem universiteti |
Mukofotlari |
Ushbu maqola iqtisodchi haqida. Pedagog haqida Jamshid Xoʻjayev (pedagog) maqolasiga qarang.
Jamshid Abduhakimovich Xoʻjayev (1979-yil, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek moliyachisi va davlat arbobi. 2022-yil 30-dekabrdan hozirgi kunga qadar — Bosh vazir oʻrinbosari[2][3].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamshid Xo‘jayev 1979-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tavallud topgan.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan "Umid" jamg‘armasi stipendiyasi sohibi. 2002-yilda Yevropa davlat boshqaruvi institutini (EIPA) tamomlagan, shundan so‘ng 2003-yilda Birmingem universitetida (Buyuk Britaniya) xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. Ixtisosligi - xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi
Commerzbank (Germaniya), IMF (AQSh), Standard Bank (Janubiy Afrika), JPMorgan Chase (AQSh), Bank of Russia (RF), Natixis (Fransiya), KB Kookmin, (Janubiy Koreya), DBS (Singapur), Credit Suisse (Shveysariya) va boshqa koʻplab tashkilotlarning bir qator xorijiy treninglari va malaka oshirish kurslarini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat faoliyatini 2000-yilda O‘zbek xalqaro banki “O‘zprivatbank” 2-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 2003- 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bo‘lim boshlig‘i, departament direktori, 2017-yilda O‘zbekiston milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab, g‘aznachilik, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihalarni moliyalashtirish va boshqa bo‘limlarga rahbarlik qilgan.
2017-yil avgust oyida — Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari — Davlat byudjeti tushumlarining to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan[4].
2017-yildan 2019-yilgacha — O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2019-yil 28-yanvardan — 2022-yil 16-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri.
2020-yil noyabr oyidan — FAO Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasi 32-sessiyasi raisi.
2020-yil dekabrdan 2022-yil may oyigacha — Mustaqil Davlatlar Ittifoqi (MDH AIC) agrosanoat majmuasi boʻyicha hukumatlararo kengash raisi[5][6].
2021-yil 10-sentyabrdan Toshkent davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajaruvchi[7] lavozimlarida xizmat koʻrsatgan.
2020-yil 1-sentyabrda — Xoʻjayevning nomzodi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi siyosiy kengashi aʼzosi sifatida tasdiqlangan[8].
2022-yil 17-iyuldan 30-dekabrgacha — Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri.
Uning bevosita ishtirokida xalqaro moliya va tovar bozorlaridagi 17 ta yetakchi jahon banklari, jumladan, AQSH, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar banklari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan, shuningdek, eng yirik axborot va "Reuters" va "Bloomberg" analitik kompaniyalariga ham rahbarlik qilgan.
Bank tizimida 2000-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻzbekiston Markaziy bankidagi 14 yillik mehnat faoliyatining 8 yili davomida ushbu bankda rahbar lavozimida ishlagan.
Xo‘jayev rahbarligida jahonning yetakchi davlatlari (Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari) ilg‘or tajribalari asosida mamlakatimiz oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish bo‘yicha ishlar, xalqaro bozorlarni kundalik monitoring qilish mexanizmi va jahonning bir qator yetakchi banklari bilan hamkorlik ishlari yoʻlga qoʻyilgan.
Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish, uning faoliyatini tartibga solishning to‘liq meʼyoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish, shuningdek, jamg‘armaning resurs bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ham bevosita ishtirok etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://kun.uz/uz/news/2022/07/16/jamshid-xojayev-tashqi-savdo-vaziri-lavozimiga-qaytdi
- ↑ miit.uz. „Жамшид Ходжаев одобрен на должность вице-премьера“ (ru). miit.uz (2022-yil 30-dekabr).
- ↑ Министерство инвестиций и внешней торговли Республики Узбекистан. „Жамшид Ходжаев возглавил Министерство инвестиций и внешней торговли“ (Русский). Министерство инвестиций и внешней торговли Республики Узбекистан. https://mift.uz/ru+(2022-yil 17-iyul). 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
- ↑ „Жамшид Ходжаев возглавил Министерство сельского хозяйства“ (ru). Газета.uz (2019-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
- ↑ „32-я сессия Региональной конференции ФАО по Европе 2-4 ноября 2020 г.“ (ru). Tashkent city - Congress centre. 2021-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
- ↑ UzDaily. „Европа и Центральная Азия обязуются обеспечить продовольственную безопасность, устойчивость и инклюзивность агропродовольственных систем“. UzDaily (16/05/2022).
- ↑ газета.uz. „Жамшид Ходжаев стал врио ректора Аграрного университета“. газета.uz (11 сентября 2021, 18:15).
- ↑ https://uzlidep.uz/ru/
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.