Kontent qismiga oʻtish

Qarshi

Koordinatalari: 38°52′01″N 65°48′0″E / 38.86694°N 65.80000°E / 38.86694; 65.80000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Naxshabdan yoʻnaltirildi)
Qarshi
shahar
Qarshi
Gerb
38°52′01″N 65°48′0″E / 38.86694°N 65.80000°E / 38.86694; 65.80000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
Hukumat
 • hokim Normumin Xolboyev Yaxshiyevich
Ilk eslatilishi eramizdan avvalgi 331-yillar
Avvalgi nomlari Nasaf, Naxshap
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Aholisi
 (2022-yil 1-yanvar)
283 200 kishi
Zichligi 3 776 kishi kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 75
Avtomobil kodi 70
Qarshi xaritada
Qarshi
Qarshi
Qarshi shahridagi prezident Islom Karimov haykali
Qarshi shahri hokimiyat binosi

Qarshi (Naxshab, Navtaka, Nasaf, Behbudiy – 1926—1937-yillarda) – Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926-yildan), viloyat markazi (1943-yildan).

Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro temir yoʻl va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Maydoni 7,5 ming gektar. Aholisi 283,2 ming kishi (2022)[1]. Qarshi Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshap, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, XIV asrdan Qarshi deb atala boshlagan.

Qarshi shahrining oʻzbek tarixida oʻziga xos oʻrni bor. Birinchidan, Qarshi – Movarounnahrdagi birinchi yirik turkiy tilli shahar. U payti Xorazmda (Urganch), Fargʻonada (Andijon), Shosh vohasida (Toshkent), Sirdaryo boʻylarida bir qancha yirik shaharlarda turkiy til hukmron edi, lekin Movarounnahrda bunday shahar yoʻq edi. Qarshining qurilishi bilan bu yerda turli-tuman aholi joylashdi, ammo turkiy shaharda hukmron tilga aylandi. U payti moʻgʻullarning oʻzi ham allaqachon turkiy tilda gapirardi. Xususan, Kebakxonning ona tili turkiy til boʻlganini arab sayyohi Ibn Battuta qayd etgan. Chigʻatoy ulusi, undan keyin Temuriylar davrida turkiy til rasmiy yozishmalar tili boʻlib xizmat qildi.

Hozirda Qarshi shahrida paxta tozalash, yogʻ-ekstraksiya, sut, motor taʼmirlash, taʼmirlashmexanika, uysozlik, plastmassa buyumlari zavodlari, goʻsht va un kombinatlari, tikuvchilik fabrikasi, qurilish materiallari, temir yoʻl transporti, toʻqimachilik korxonalari bor. Shaharda 6 ta bozor, 17 ta bank filiali aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti Qarshi filiali, tibbiyot, pedagogika va boshqa jami 13 kasb-hunar kolleji, 3 akademik litsey, 9 litsey va litsey-internat, 2 gimnaziya, 46 umumiy taʼlim, shuningdek, bolalar musiqa maktablari, 4 teatr (shu jumladan, viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri va boshqalar), viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, filarmoniya, 13 kutubxona, 3 madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat koʻrsatadi. 22 kasalxona, ambulatoriya-poliklinika va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Qarshidan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Termiz kabi shahalarga avtobus, poyezd qatnovlari, Qarshi aeroportidan Qarshi – Moskva, Qarshi – Toshkent yoʻnalishlaridagi havo yoʻllarida samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Qarshida Koʻk Gumbaz masjidi (XVI asr), qadimiy hammom (XVI asr), Qashqadaryo ustidagi qadimiy koʻprik (1583), Sharafboy madrasasi (XVIII asr boshlarida), Charmgar masjidi (XIX asr oʻrtalari), Bekmir madrasasi (1905), Abdulazizxoʻja madrasasi (XIX asr), Qilichbek madrasasi (XIX asr) va boshqa meʼmoriy obidalar saqlanib qolgan.

Shahar matkazidagi kurant

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentyabrdagi "Qarshi shahrining 2700-yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida"gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi "Qarshi shahrining 2700-yilligini nishonlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroridan keyin shaharda keng koʻlamda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Koʻkgumbaz masjidi, tarixiy koʻprik va boshqalar meʼmoriy obidalar taʼmirlandi. Shaharda Nasaf, Geolog sport majmualari, tennis korti, yopiq suzish havzasi, sport-sogʻlomlashtirish inshootlari, Qarshi „Markaziy“ stadioni (20 ming oʻrinlik), Olimpiya zaxiralari sport kolleji va boshqalar qurilgan. Viloyat teleradiokompaniyasi, Qarshi jamoatchilik va Qashqadaryo kabel televideniyelari ishlab turibdi.

Qarshidan Nasafiy taxallusi bilan koʻplab olimlar, shoirlar yetishib chiqqan. Shulardan Alisher Navoiyning „Majolis unnafois“ asarida tilga olingan Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy, undan tashqari, Mahmud Nasafiy (musiqa va sanʼat sohasida), Qusam Shayxlar (diniy ilmlar sohasida) shuhrat qozonganlar.

Qadimiy Qarshi shahri 2006-yilda UNESCO shafeligida 2700-yillik yubileyini nishonladi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshi nomining kelib chiqishi toʻgrisida turli fikr va taxminlar mavjud. V. V. Bartold shaharning nomi moʻgʻul xoni Kebekxon qurdirgan Qarshi (qadimiy turkiychada saroy maʼnosini anglatgan) bilan bogʻliq deb taʼkidlaydi. Qutadgʻu bilig (Saodatga eltuvchi bilim) dostonida Qarshi atamasi saroy va qarama-qarshi turish maʼnosida qoʻllangan. Boburnomada ham bu nom moʻgʻul tilidan olinganligi taʼkidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning qarshi – saroy, qasr maʼnolari koʻproq qoʻllanadi.

Ilk tarixi (miloddan avval VIII-II asrlar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshi shahrining tarixi miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga borib taqaladi. Yerqoʻrgʻonda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida, ayni shu davrda Qarshi shahar sifatida shakllanganligi va qalin devor bilan oʻralganligi maʼlum boʻldi. Yirik savdo yoʻllariga yaqin joylashgan bu shahar Soʻgʻdiyonaning yirik shaharlaridan biriga aylandi. Shahar tarixining katta qismi soʻgʻdiylar bilan bogʻliq – Qashqadaryo vohasini miloddan avvalgi 1-mingyillikda oʻzlashtirishni boshlagan bu eroniy xalq bugungi Qarshi oʻrnida ilk shaharni qurgan deb taxmin qilinadi. Naxshap (Naxshob, Naqshob – notoʻgʻri shakllar), keyinroq esa Nasaf nomi bilan mashhur boʻlgan bu shahar Iskandar Maqduniy davrida ham, arablar kelganda ham yirik shaharchilik markazi boʻlgan. Miloddan avvalgi 545-539 yillarda Kir II sharqiy Eron viloyatlari va Markaziy Osiyodagi Xorazm, Soʻgʻdiyona, Margʻiyona viloyatlari va sak qabilalarini oʻziga boʻysindirdi. Naxshap ham Soʻgʻdiyonaning bir qismi sifatida Ahamoniylar hukmdorligi ostiga oʻtdi.

Shahar ilk bor miloddan avvalgi 331-yillar, yaʼni aynan Iskandar istilosidan oldingi yillarga oid bir oromiycha hujjatda tilga olinadi. Unda Nikshapiya (Naxshap) va Kisha (Kesh) shaharlari atrofidagi yerlarni chigirtka bosgani bois hosil nobud boʻlgani aytiladi. Shunday qilib, yunonlar bosqini arafasida Qashqadaryo vohasi zaxirasiz qolgan deyish mumkin. Naxshap miloddan avvalgi IV asrda Iskandar Maqduniy tomonidan ishgʻol qilindi. Iskandar, salavkiylar va Yunon-Baqtriya davrida bu yerda yunon madaniyati keng tarqaldi.

Shaharning yana bir nomi Novtak – Navtaka – yangi bino deb talqin qilinadi. Miloddan avvalgi VI asrda shahar kengayib, ichki devor bilan oʻralgan (hozirgacha saqlangan), maydoni 35 gektarni tashkil etgan. Iskandar Maqduniy fathi davrida shahar vayron qilingan. Shundan keyin uning vohadagi yetakchi shahar sifatidagi maqomi pasayib borgan.

Islomgacha boʻlgan davr (miloddan avval II – milodiy VII asr)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miloddan avvalgi III—II asrlarda shahar tashqi qalʼa devori bilan oʻralgan (maydoni 150 gektar boʻlgan). II—I asrlarda (hozirgi temir yoʻl stansiyasi hududida) yangi harbiy-siyosiy markaz maqomini olgan Zahhoki Moron qalʼasi bunyod etildi. Bu qalʼa ham Naxshap nomini olib asta-sekin kengaya bordi (qoldiqlari hozirgi Shulluktepa deb ataladi). Miloddan avvalgi II asrda Naxshap Parfiyona davlati tarkibiga kirdi. Bu davrda shahar ikki qatlamli devor bilan oʻralgan. Ikkinchi himoya devori 150 gektarga yaqin hududni tashqi xavfdan saqlab turgan. Yerqoʻrgʻon tashqi devori asosi 8 metr qalinlikda boʻlib, har 60 metrda yarim doirali minoralar boʻlgan. Devorning tepa qismida devor ichi koridori, oʻq-yoychilar xonalari mavjud boʻlgan.

Xioniylar va eftaliylar davrida Naxshap gullab yashnadi, Soʻgʻd vohasining savdo, hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi. Kidariylar 468-yilda oʻz qarorgohini Naxshapga koʻchirdilar.

V asrda shaharda dahshatli yongʻin yuz berdi. Butun shahar yonib kul boʻldi. Undan keyin Naxshap tiklangan boʻlsa-da, turk hoqonlari va sosoniylar hujumlari natijasida xarobaga aylandi. Faqat VI asr oxiri VII asr boshlaridagina tashlandiq shahar xarobalari ustida kulollar mahallasi bunyod etildi va asta-sekin shahar oʻzini tiklay boshladi.

Islom fathidan keyingi Naxshab

[tahrir | manbasini tahrirlash]

VIII asrning boshida Movarounnahrning boshqa shaharlari kabi Naxshap ham fath etildi (710-yil). Shahar esa endi Nasaf deb atala boshladi. Shaharda ilk masjid qurildi. Istaxriy, Ibn Havqal va Muqaddasiy kabi musulmon joʻgʻrofiyunlarining bergan maʼlumotiga koʻra, Naxshap qalin devor bilan oʻralgan va toʻrt darvozaga ega boʻlgan.

Savdo yoʻllarining xavfsizligi, tarixda birinchi chek tizimi yoʻlga qoʻyilishi, islomdan oldingi savdogarlardan olinadigan soliqlarning bekor qilinishi butun xalifalikda boʻlgani kabi Nasafda ham savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishiga olib keldi.

IX asrning boshida Nasaf Somoniylar davlati tarkibiga kirdi. XI asrda qoraxoniylar qoʻliga oʻtdi. Moʻgʻullar bosqini arafasida Nasaf Xorazm sultonligi tarkibiga kirar edi. IX—XIII asrlarda Naxshap (Nasaf) ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topdi. X asrda Nasafda oʻsha davr musulmon olamida ilmiy kongress – majlisi tadris oʻtkazilgan. Oʻrta asrlarda Nasaf orqali Eron va Hindistonni Rossiya va Yevropa davlatlari bilan bogʻlagan muhim karvon yoʻllari oʻtgan, savdo-hunarmandchilik rivojlangan.

Moʻgʻullar davrida Nasaf (XIII-XIV asrlar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1220-yillarda Nasaf Chingizxon qoʻshinlari tarafidan vayron etildi. Aholining koʻpchiligi qirib yuborildi. Masjid va madrasalar vayron etildi. Shundan keyin shaharda hayot deyarli toʻxtab qoldi. Undan keyingi davrda (XIV asrda) voha markazi 3-marta hozirgi Qarshi shahrining eski shahar qismi oʻrnida qayta tiklandi.

XIV asrning boshlariga kelib Nasaf oʻzining mavqeini birmuncha tiklay boshladi. 1320-yilda Chigʻatoy ulusini qoʻlga kiritgan Kebekxon (1318—1326) moʻgʻul elitasi oʻtroq hayotga oʻtishi borasida qatʼiy siyosat yuritgan, hatto buni majburiy qilib qoʻygan. U poytaxtni Qashqadaryo vohasiga koʻchirgan, buzilib ketgan Nasafdan 2 farsax (12-14 km) uzoqlikda qasr qurdirib, poytaxtni Qarshi deb atalgan bu qalʼaga koʻchirgan hamda uning hayotini taʼminlash uchun zarur boʻlgan bozorlar, karvonsaroylar, tomoshagohlar, yashash kvartallaridan iborat shaharcha qurdirgan. Shahar hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, bino qoldiqlari Qarshida XIV asrning 1-yarmida bir qancha koshinkor imoratlar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi. XIV asrning 2-yarmida shahar qoʻrgʻoni atrofi gʻisht va paxsa devor bilan oʻralgan, shaharda Odina masjidi qurilgan. Qalʼa atrofida 2,5-3 metr chuqurlikda xandaq qazilgan Xandaq ustida 4 ta koʻtarma koʻprik boʻlgan. Shahar qoʻrgoni hududi 40gektarni tashkil etgan. Keyinchalik bu shaharcha kengayib, Movarounnahrning markaziga aylangan. Shahar esa shu saroy nomi bilan Qarshi deb atala boshlagan (turkiy „qarshi“ soʻzi forscha „saroy“ soʻzining sinonimidir. Bu soʻz Qoshgʻariyda uchraydi). Nasaf aholisi sekin-asta Qarshi atrofiga koʻchib oʻta boshladi. Mana shu paytdan boshlab Qarshi Nasafning ikkinchi nomiga aylandi va XIX asrga kelib Nasaf nomini isteʼmoldan chiqardi.

Kebakxon pul islohoti oʻtkazgan. Uning davrida Buxoro, Samarqand, Termiz shaharlarida hayot qayta jonlandi. Shu shaharlarda zarb qilingan tangalar „kepakiy“ nomini olgan. Qizigʻi shundaki, rus tilidagi „kopeyka“ soʻzi bilan bu soʻz talaffuz jihatdan juda yaqin. Kebekxon davrida moʻgʻullarning Rusya ustidagi taʼsirini hisobga oladigan boʻlsak, „kopeyka“ning „kepaki“dan olingani unchalik ajablanarli emas.

Temuriylar davrida Nasaf (XIV-XVI asrlar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Temur strategik ahamiyatga molik boʻlgan Nasafni himoya devori bilan oʻratdi. Ammo, Amir Temurning vatani boʻlgan Keshning mavqei koʻtarilishi natijasida Nasaf biroz eʼtibordan qoldi. Shuning uchun temuriylar davridan biron koʻzga koʻrinarlik yodgorlik qolmagan.

Buxoro xonligi (Shayboniylar, ashtarxoniylar) davrida Qarshi (XVI-XVIII asrlar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshi shayboniylar hukmronligi ostiga oʻtgandan soʻng tez rivojlana boshladi. Shayboniylar davrida Qashqadaryo daryosi ustiga koʻprik qurildi va bu inshoot hozirgacha saqlanib qolgan. Undan tashqari Koʻkgumbaz jomeʼ masjidi kabi obidalarning koʻpchiligi aynan shayboniylar davrida barpo etilgan. Shayboniylar davlatchiligi qurilayotgan ilk yillar Qarshi va uning aholisi uchun daxshatli boʻlgan. 1510-yili Mahmudobod jangida sulola asoschisi Muhammad Shayboniyxonning halok boʻlishi Eron shia qoʻshinlarining Xuroson va Movarounnahr tomon yurishiga yoʻl ochdi. Qizilbosh qoʻshinlar koʻmagida temuriy shahzoda Bobur Movarounnahrning katta qismini egalladi va Samarqandga kirdi. 1512-yil kuzida Eron qoʻshinlari Najmi Soniy rahbarligida Qarshi shahrini egalladi. Shahar aholisi yoppasiga qatl etildi. Faqat oʻzbeklarni tutib qatl etish taklifi rad etilib, aholining koʻpchiligi boʻlmish chigʻatoylar, shuningdek, tojiklar ham qirgʻinga uchradi. Mahalliy diniy avtoritetlar boʻlmish saidlar ham qizilboshlardan omon qolmadi. Qarshi qatliomi Movarounnahrda oʻzbeklarga xayrixoh kayfiyatni va qizilboshlarga nisbatan nafratni keskin oshirib yubordi. Viloyatda vujudga kelgan bu ruhiyat, bu atmosfera oʻzbek tarixi va siyosatining yangi yulduzi – Ubaydullaxon sahnaga chiqib kelishiga zamin yaratdi. XVI asrda shahar yaqinida yirik Namozgoh masjidi, hammom binolari qad koʻtargan. Shayboniylar sulolasining eng yirik namoyondalaridan biri Abdullaxon II Qarshida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlarini olib bordi. Uning hukmronlik yillarida Qarshida Abdullaxon madrasasi (1590-1591), Boqiboy madrasasi, hammom (1592-1593), Abdullaxon koʻprigi va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega binolar barpo etiladi va ularning baʼzilari hozirgi kungacha saqlanib turibdi.

Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasi davridan Qarshi Buxoro xonligi taxti merosxoʻrlari turadigan joyga aylandi. Imomqulixon davrida (1614—1615-yillarda) Qashqadaryodan Qarshi choʻliga kanal chiqarilgan. XVII—XVIII asrlarda Qarshi Qashqadaryo vohasidagi birinchi shaharga aylandi. Qarshi XVI asrdan XX asr boshlarigacha Buxoro xonligi, soʻngra amirligining Qarshi bekligi nufuzli markazi boʻlgan. Hunarmandchilik rivojlangan, pul zarb qilingan. 1740-yilda Eron shohi Nodirshohning Movaraunnahrga yurishi ortidan Buxoroda ashtarxoniylar taxtdan agʻdariladi. Yuzaga kelgan vaziyat maydonga yangi kuchlar chiqishini talab qilardi. Bundan mangʻit biylari, xususan Qarshi begi Muhammad Hakimbiy mangʻit va uning oʻgʻli Muhammad Rahimxon unumli foydalanadi.

Qarshi Buxoro amirligi davrida (XVIII-XX asrlar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1785-yilda Amir Shohmurod oʻzini amir deb eʼlon qildi va Buxoro xonligi amirlikka aylantirildi. Buxoro amirligi davrida Qarshi amirlikning ikkinchi ahamiyatga ega boʻlgan shahriga aylandi. Hatto nufuzi va hajmi jihatdan Samarqandni ham ortda qoldirgan Qarshi, Buxoro amirligi valiahdlarining (yani taxt vorislarining) rasmiy qarorgohi boʻlib qoldi. Mangʻitlar oʻzbek sulolasi davrida Qarshida hammom, madrasa, xonaqoh, sardoba va sugʻorish inshootlari bunyod etilgan. Shahar va uning atrofi obodonlashgan. XVII-XIX asrlarda Qarshi Oʻrda, Qoʻrgʻon, ichki shahar va shahar tashqarisidagi rabotlardan tashkil topgan edi. Oʻrda mahalliy hokim qarorgohi hisoblanib, toʻrtburchak shaklidagi devor bilan oʻralgan hamda bitta darvozaga (Saqlov darvozasi) ega boʻlgan. Qarshi oʻrdasi hajmi boʻyicha (2,5 gektar) Shahrisabz oʻrdasi va Buxoro arkidan katta edi. N.Xanikovning maʼlumotlariga koʻra, 1841-yilda shaharda uchta kontsentrik joylashgan himoya devori mavjud boʻlgan, tashqi tomondan esa uni rabotlar oʻrab turgan. Vengriyalik olim Herman Vamberi 1863-yilda Qarshida boʻlib, shaharda 10 ta karvonsaroy, katta bozor boʻlganligini yozadi. Aholisining 25 mingga yaqin asosiy qismi oʻzbeklar deb taʼkidlaydi. Oxirgi Buxoro amiri Said Olimxon 1898-yildan 1910-yilgacha Nasaf voliysi vazifasini bajardi.

Shoʻrolar davrida Qarshi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1919-yilda Mahmudxoʻja Behbudiy Qarshida qatl etilgandan soʻng, shahar 1926—1937-yillarda.[2] Ammo, keyinchalik aholi koʻnikkan Qarshi nomi qaytarildi. Shoʻrolar davrida Qarshi asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan Qashqadaryo viloyatining markaziga aylandi. Shaharda boshqa shaharlar kabi shoʻrolar arxitekturasiga oid binolar qurildi. Bir-biridan uncha farq qilmaydigan, koʻrimsiz koʻp qavatli binolar oʻzbek mahallalariga muqobil oʻlaroq koʻplab qurila boshladi. Bu esa Qarshining qadimiylik ulugʻvorlik siyogʻini yoʻqotishiga olib keldi. Baʼzi masjid-madrasalar omborxona hatto qiynoqlar qoʻllanadigan turmaxonalarga aylantirildi. „Toshturma“ degan sovuq nomga ega boʻlgan bunday turmalardan biri shaharning 2700-yilligi yubileyiga qadar oʻz vazifasini bajarib keldi.

Qarshi Pomir-Oloy togʻ tizimining gʻarbiy chekkasida, Qashqadaryo daryosidagi Qarshi vohasida, Qoʻngʻirtogʻ togʻ etagida, Qarshi dashtining sharqiy qismida joylashgan. Shahar yeri yuzasining ustki qavati, asosan, daryo va soylar oqizib kelgan oqiziqlar – loyqalar, qumoq va qumloq yotqiziqlar qum bilan qoplangan.

Shahar Toshkent shahridan 400 km janubi-gʻarbiy qismida (520 km avtomobil yoʻli orqali) joylashgan. Qarshi-Xonobod aviabazasi Qarshidan 10 km sharqda joylashgan. 1970-yillarning boshlarida Amudaryodan sugʻorish kanali (Amu-Qarshi bosh kanali) qurildi. Iqlimi keskin kontinental.

2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, aholi soni 275 018 kishi. Aholining milliy tarkibi oʻzbeklar, qisman ruslar, tojiklardan tashkil topgan.

Qarshi shahri iqtisodiyoti xizmat koʻrsatish sektoriga asoslangan. Aholining katta qismi savdo, bank, taʼlim, sogʻliqni saqlash kabi xizmat koʻrsatishga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yuritadi. Qarshida Yerqoʻrgʻon ulgurji, Osiyo avtomobil, Farhod xoʻjalik mollari, Orzu, Qarshi buyum bozorlari shahar aholisi va aglomeratsiyasi uchun xizmat koʻrsatmoqda. Shaharda 21 ta bank, jumladan Xalq banki, Agrobank, Oʻzmilliybank, Ipoteka-bank, Oʻzsanoatqurilishbank, Ipak yoʻli banki, Asakabank, Hamkorbank, Aloqabank, MKBANK, Turonbank, Qishloq Qurilish bank, Invest Finance bank, Trastbank, Asia Alliance bank, Davr-bank, Garant bank, Kapitalbank, Anorbank, TBC Bank, Tenge Bank filiallari faoliyat koʻrsatmoqda.

Transport tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshi Qashqadaryo viloyatining markazi hamda viloyatdagi asosiy trasnport tuguni hisoblanadi. Shahar avtomobil, temir va havo yoʻllari orqali xorijiy mamlakatlar, respublikaning boshqa shaharlari hamda viloyat tumanlari markazlari bilan bogʻlangan.

Qarshi aeroporti xalqaro maqomga ega aeroportlardan biri. Aeroportdan Qarshi-Toshkent, Qarshi-Moskva yoʻnalishlariga aviaqatnovlar tashkil etilgan. Aeroportda 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab „beshinchi havo erkinligi“ qoʻllangan holda „Ochiq osmon“ rejimi qoʻllanib kelinadi[3].

Qarshi temir yoʻl vokzali Oʻzbekiston temir yoʻllari aksiyadorlik jamiyatiga tegishli boʻlgan temir yoʻl vokzali. Qarshi vokzali orqali respublikaning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Andijon shaharlariga temir yoʻlda borish mumkin. Qarshi-Toshkent (kuniga 2-marta), Termiz-Toshkent (har kuni), Uzun-Toshkent (har kuni), Termiz-Andijon, Termiz-Xiva yoʻnalishlarida qatnovchi poyezdlar Qarshi vokzalida toʻxtab oʻtadi. Toshkent-Qarshi yoʻnalishida Afrosiyob tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Aarsgi vokzali 2015-yilda kapital taʼmirdan chiqarilib, hozirgi koʻrinishga keltirilgan.

Qarshida, shuningdek, shaharlararo yoʻnalishda qatnaydigan Qarshi-Toshkent zamonaviy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shahar ichida jamoat transporti unchalik rivojlanmagan. Bugungi kunda Jamoat transporti avtobuslardan iborat boʻlib, avtobus parkining katta qismi Isuzu HC 40 avtobuslaridan tashkil topgan va jamoat transporti kengayayotgan Qarshini toʻla qamrab olmaydi. 2020-yilning 22-avgust kuni Qarshi shahriga Xitoydan Golden Dragon rusumli avtobuslar olib kelinib, 1-yoʻnalish (Temir yoʻl vokzali – Yerqoʻrgʻon bozori), 2- va 7-yoʻnalishlarda aholiga xizmat koʻrsatmoqda.[4]

Taʼlim va sogʻliqni saqlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshida taʼlim turlari, amaldagi „Taʼlim toʻgʻrisida“gi Qonunga binoan, maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta va oʻrta-maxsus taʼlim, professional taʼlim, oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari taʼlimdan iborat.[5]

Shaharda maktabgacha taʼlim va tarbiya Qarshi shahar maktabgacha taʼlim boʻlimi[6] tomonidan tartibga solinadi. Boʻlimga shahardagi bir necha oʻnlab maktabgacha taʼlim tashkilotlari qaraydi.

Umumiy oʻrta va oʻrta-maxsus taʼlim shahardagi 46 ta umumiy va bir nechta ixtisoslashtirilgan maktablar, jumladan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi, Prezident maktabi yordamida tashkillashtirilgan. Ushbu maktablar faoliyati Qarshi shahar xalq taʼlimi boʻlimi[7] (Xalq taʼlimi vazirligiga qaraydi) tomonidan tashkillashtiriladi.

Qarshi davlat universiteti, Qarshi iqtisodiyot va muhandislik insituti, Toshkent axborot texnologiyalari instituti Qarshi filiali, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti Qarshi filiali shahar va viloyat yoshlarini oliy taʼlim bilan qamrab oladi.

Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari" milliy roʻyxatiga Qarshida joylashgan 28 arxeologiya va 25 arxitektura yodgorliklari, 6 monumental sanʼat yodgorliklari va 1 nafar diqqatga sazovor joy kiritilgan[8]

Arxeologiya yodgorliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshi shahrida jami 28 ta arxeologiya yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.

Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1 Xoʻjapanatepa XII—XIV asrlar Gungon MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2 Kattepa V—VII asrlar Kat MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
3 Qalʼai Zahoki-Maron tepa I—II asrlar Zahhoki Moron MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
4 Jangaltepa XI—XII asrlar Navroʻz MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
5 Naymantepa (Qoʻshtepa) I—III asrlar Shayxali MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
6 Avultepa V—VII asrlar Shayxali MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
7 Temirtepa II—VII asrlar Shayxali MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
8 Eshon shahidtepa IX—XIII asrlar Otchopar MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
9 Qoʻgʻirtepa V—VIII asrlar Maftunquli MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
10 Latiptepa IV—VIII asrlar Maftunquli MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
11 Xontepa XI—XIII asrlar Xontepa MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
12 Kultepa XI—XIII asrlar Xontepa MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
13 Karaxavaltepa XII—XIV asrlar Ravoq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
14 Sigirtepa V—VIII asrlar Shayxali MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
15 Shayxalitepa V—XII asrlar Shayxali MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
16 Otchopartepa I—VII asrlar Otchopar MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
17 Kamanditepa XI—X asrlar Boʻston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
18 Kofirtepa VI—XI asrlar Qarliqbogʻot MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
19 Artisttepa I—VI asrlar Shayxali MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
20 Shayxtepa V—XII asrlar Shayxali MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
21 Loʻlitepa I—VI asrlar Shayxali MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
22 Qoʻrgʻonchatepa II—VIII asrlar Boʻston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
23 Zogʻzatepa IV—VIII asrlar Lagʻmon MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
24 Navotepa V—VIII asrlar Navo MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
25 Xoʻja mozortepa V—VIII asrlar Navo MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
26 Qilichbektepa I—VI asrlar Qilichbek Qoʻgʻoncha MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
27 Dagaytepa IV—VIII asrlar Arabxona MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
28 Sherqultepa XV—XVII asrlar Otchopar MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Arxitektura yodgorliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshi shahrida jami 25 ta arxitektura yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.

Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1 Koʻk Gumbaz masjidi XV asr Qarliqbogʻot MFY Nasaf koʻchasi 274-uy Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2 Oʻzbek hammomi XV asr Navroʻz MFY Nasaf koʻchasi 41-uy Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
3 Bekmir madrasasi 1904-yil Darvozatutak MFY I.Karimov koʻchasi 388a-uy Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
4 Qilichboy madrasasi 1911-yil Darvozatutak MFY I.Karimov koʻchasi 118-uy Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
5 Qashqadaryo koʻprigi XIV asr Ravoq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
6 Abdulaziz madrasasi 1911-yil Darvozatutak MFY I.Karimov koʻchasi 309-uy Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
7 Chaqar masjidi XVIII asr Chaqar MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
8 Sharafboy madrasasi XV asr Chaqar MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
9 Mahallot masjidi XVIII asr Mahallot MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
10 Qoʻrgʻoncha masjidi XVIII asr Qoʻrgʻoncha MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
11 Haramjoʻy masjidi XVI asr Haramjoʻy MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
12 Charmgar-I masjidi XIII asrlar Charmgar MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
13 Charmgar-II masjidi XIX asr Charmgar MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
14 Odina masjidi XIV asr Darvozatutak MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
15 Sardoba XIV asr Darvozatutak MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
16 Jizza-Magʻzon masjidi XIX asr Magʻzon MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
17 Aral masjidi XIX asr Aral MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
18 Qarshi qalʼa devori XIV asr Darvozatutak MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
19 Zogʻza masjidi XVIII asr Zogʻza MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
20 Aralovul masjidi XVIII asr Aralovul MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
21 Shayx Ali maqbarasi IX asr Shayxali MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
22 Kulol masjidi XVIII asr Chaqar MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
23 Xoʻjaqurbon madrasasi XIV asr Darvozatutak MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
24 Muguz ota maqbarasi XIV asr Shayxali MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
25 Jizza tepachugʻ masjidi XVIII asr Magʻzon MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
26 Shuhrat qoʻrgʻoni XIX asr Tabassum Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Monumental sanʼat yodgorliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshi shahrida jami 6 ta monumental sanʼat yodgorligi roʻyxatga olingan.

Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1 El yurt tayanchi majmuasi 2006-yil Roguzar MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2 Motamsaro Ona majmuasi 2004-yil Geolog MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
3 Shon shuhrat qoʻrgʻoni 1980-yil Xoʻjaxiyol MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
4 Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga oʻrnatilgan yodgorlik 1980-yil Kat MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
5 Islom Karimov haykali 2018-yil Mustaqillik MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
6 Abdulla Oripov haykali 2018-yil Mustaqillik MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1 Abu Ubayda ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi XIV asr Gulshan MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekinga foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan

Mashhur kishilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshi shahridan bir qancha taniqli olimlar, shoir, faylasuflar yetishib chiqqan. Hadis ilmining bilimdonlaridan Abul Abbos al-Mustagʻfiriy, Abu Turob Naxshabiy, yetuk shoir va olimlar Ziyoviddin Naxshabiy, Muyididdin Nasafiy, Sayido Nasafiy, huquqshunos alloma Najmiddin Nasafiy, kalom ilmining namoyandasi Abul Muʼin Nasafiy, faylasuf Aziziddin Nasafiy, mohir meʼmorlar Ali Nasafiy, Olim Nasafiy va boshqalar shular jumlasidandir.

  1. https://www.qashstat.uz/uz/?preview=1&option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.download&catid=297&id=3306&Itemid=1000000000000
  2. http://dic.academic.ru/dic.nsf/enc3p/150150
  3. https://www.lex.uz/docs/-4474527
  4. https://daryo.uz/2020/08/24/qashqadaryoga-xitoydan-30-ta-zamonaviy-avtobus-olib-kelind/[sayt ishlamaydi]
  5. https://lex.uz/docs/-5013007
  6. arxiv nusxasi, 8-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 8-avgust 2021-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  7. arxiv nusxasi, 8-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 8-avgust 2021-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  8. [https://lex.uz/ru/docs/4543266 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“]. Lex.uz. Qaraldi: 20-sentyabr 2020-yil.